• Suvni ochiq usul bilan chiqarib tashlash
  • Suvni chiqarib tashlash va grunt suvlari satxini pasaytirish




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/57
    Sana03.08.2024
    Hajmi3,21 Mb.
    #269076
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
     
    Suvni chiqarib tashlash va grunt suvlari satxini pasaytirish 
    Er osti suvi satxidan pastda joylashgan, qazilmalarni qurish uchun suvga to’yingan grunt 
    quritilib, (suvi qochirilib) va normal sharoitda uni qazish ta’minlanadi.Bundan tashqari ishlarni bajarish 
    vaqtida kotlovanlarga, transheyalarga va qazilmalarga grunt suvi tushishini oldini olish kerak. 
    Bu masalalarni yechishining samarali texnologik usuli bu grunt suvini nasos bilan chiqarib 
    tashlashdir. Kotlovan va transheyalar qazishda gruntsuvi oqimi uncha katta bo’lmaganda suvni nasos 
    bilan chiqarib tashlash qo’llaniladi, agar oqim tez va suvga to’yingan qatlam qalinligi katta bo’lsa, qazish 
    ishlari boshlangunga qadar, grunt suvi sathinisun’iy pasaytirishning suvni chiqarib tashlashning turli 
    usullari qo’llaniladi va bu suv sathini pasaytirish deb nomlanadi. 
    Suvni ochiq usul bilan chiqarib tashlash
    oqayotgan suvni bevosita kotlovan yoki transheyadan 
    nasoslar bilan so’rib chiqarib tashlash uchun qo’llaniladi.Ochiq usulda kotlovan qiyaliklari va tubidan 
    sizilib chiqqan suv kotlovanning past qismida maxsus barpo etilgan ariqchalarga yunaltiriladi yoki 
    zumf
    deb ataluvchi suv yig’adigan chuqurga yoki lotokka yo’naltiriladi va u yerdan suv diafragmali yoki 
    markazdan qochirma nasoslar bilan chiqarib tashlanadi.Nasoslar suv oqimining kirimiga qarab tanlanadi.
    Suv yig’uvchi ariqlar eni 0,3...0,6 m va chuqurligi 1...2 m, nishabi chuqurtarafga tomon 
    0,01...0,02 m ni tashkil etib qaziladi. 
    Ochiq suvni chiqarib tashlash grunt suvlari bilan kurashishning oddiy va sodda usuli, lekin uning 
    jiddiy texnologik kamchiligi bor. Kotlovan va transheya devorlari hamda tubidan chiqayotgan yer osti suv 
    oqimi gruntni suyultiradi va mayda zarralarni yuzaga chiqaradi. Bunday yuvilish natijasida bu usul jiddiy 
    kamchiliklarga ega: 

    oqar suv tomonidan yuvilishi hisobiga qazilma zaminining tabiiy mustahkamligi kamayadi; 

    qazilma tubida suv bo’lishi grunt qazish ishlarini bajarishni qiyinlashtiradi; 

    suvni zumpflar tomoniga harakati gruntlarni ham harakatga keltiradi, shuning uchun qazilma 
    devorlarini mahkamlash talab qilinadi; 

    suvningsuv yig’uvchi ariqlar tomon harakati, qurilayotgan ob’ekt yaqinida joylashgan bino va 
    inshootlarni zaminlarini susaytirishi mumkin. 
    Ochiq usulda suvni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq bo’lmasa, u holda grunt suvlari satxini 
    sun’iy pasaytirish qo’llaniladi (suvni sathini pasaytirish). 

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suvni chiqarib tashlash va grunt suvlari satxini pasaytirish

    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish