Er osti suv satxini pasaytirish usullaridan qaysi birini qo’llash suvga to’yingan qatlamning
qalinligiga,
grunt filьtratsiyasiga, yer inshooti va qurilish maydonining o’lchamlariga (parametrlariga)
bog’liq.
Er osti suvlarining intensiv chiqarib tashlanishi shahar hududida juda ham xavfli, chunki ular yer
yuzasining cho’kishiga, bino va inshootlarning deformatsiyalanishiga, injener tarmoqlari o’qining
so’rilishiga olib keladi. SHuning uchun yer inshootlarini yer osti suvi ta’siridan himoyalashda tabiatni
qo’riqlash choralari ham ishlab chiqilishi kerak.