• Elektr usuli
  • Elektrokimyoviy qotirish.
  • 1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/57
    Sana03.08.2024
    Hajmi3,21 Mb.
    #269076
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
    Gruntlarni termik qotirish
    sog’ tuproqli (lyossli) va g’ovakli gruntlarni oldindan burg’ilangan 
    diametri 10...20sm li quduqlarga qizdirilgan gaz yuborib gruntni quydirib qotirishga asoslangan.Quduqlar 
    shaxmat shaklida bir-biridan 2...3m masofada 15m gacha chuqurlikgacha burg’ilanib, quduqning bosh 
    qismi beton bilan ishlanib, unda yoqilg’ini yoqib kuydiruvchi forsunka joylashtiriladi. Forsunkaga 
    alohida shlanglar orqali yoqilg’i va siqilgan havo o’zatiladi. Qo’llaniladigan yoqilg’i suyuq (neft, 
    mazut,solyar yog’i) yoki gaz ko’rinishida (tabiiy yoki generator gazi) bo’lishi mumkin. Siqilgan havo 
    keragidan ortiqcha bosim 0,15...0,5atm (15...50kPa) bilan beriladi, buni natijasida ortiqcha bosim 
    alangani forsunkadan ajralishi va uni butun quduq chuqurligi bo’yicha tarqalishiga imkon yaratadi. 
    Qo’ydirish jarayonida quduqda 600...1100

    S harorat ushlab turiladi. SHunday yuqori harorat 
    hisobiga gruntning erishi va keyinchalik pishish jarayoni amalga oshadi. Kuydirish5...10sutka davom 
    etishi mumkin, buning natijasida diametri 2...3m li keramik qoziq hosil bo’ladi. Butun kuydirish 
    davomidagi yoqilg’i sarfi quduqning 1 pog m ga 100kg ni tashkil etadi. Grunt mustahkamligi o’rtacha 
    1,0...1,2MPa ni tashkil etadi,lekin bu mustahamlik 10MPa gacha yetishi ham mumkin. 
    Elektr usuli
    bilan namli loyli gruntlar qotiriladi. Usul elektroosmos effektiningqo’llanilishiga 
    asoslangan bo’lib, buning uchun grunt orqali kuchlanishi 0,5...1,0 V/sm

    va zichligi 1...5A/m

    bo’lgan 


    doimiy elektr toki o’tkaziladi. Tokning ta’siri natijasida loy quriydi, zichlanadi va uning ko’pchish 
    xususiyati yo’qoladi. 
    Elektrokimyoviy qotirish.
    Bu usul loyli va serbalchiqligruntlarda qo’llanadi. Gruntga parallelь 
    qatorlar bilan har 0,6...1,0m masofada temir sterjenlar yoki quvurlar qoqilib, ulardan kuchlanishi 
    30...100V va qotiriladigan gruntning tik ko’ndalang 1m

    kesimiga 0,5...7 A tok kuchiga ega doimiy elektr 
    toki o’tkaziladi. 
    Elektrkimyoviy usulning o’ziga xosligi shundan iboratki, unda gruntga cho’ktiriladigan 
    qatorlararo metallsterjenlar (anodlar) va quvurlar(katodlar) almashtirilib tushiriladi, ulardan gruntga tok 
    o’tishini ko’chaytiruvchi, gruntni qotish jarayonini jadallashtiruvchi kalьtsiy xlor, natriy silikat, temir 
    xlori va boshqa kimyoviy qushimchalar eritmalari yuboriladi.
    Bu usullarni gruntning filьtratsiya koeffitsienti kam ya’ni 0,2...2m/sut bo’lganda qo’llash 
    mumkin.Gruntkalьtsiy xlor eritmasi bilan to’yinganligi va so’ng bu gruntdan elektr tokini o’tkazish 
    natijasida, gruntda orqaga qaytmaydigan o’zgarishlar bo’ladi ya’ni ularni ko’pchishi to’xtaydi, 
    mustahkamlik tavsiflari oshadi. 

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi

    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish