loyli, lyossli gruntlarda qo’llash mumkin, u mustahkamlikni, suv o’tqazmaslikni
va gruntning umumiy
turg’unligini oshirish imkonini beradi. Bu usulni quruq va suvga to’yingan gruntlarda ham qo’llash
mumkin, hattoki uni filьtratsiya koeffitsienti yuqori ya’ni 2 dan 80 m/sut gacha bo’lganda ham qo’llash
mumkin. Gruntga ketma-ket 15 atm (1,5MPa) bosim ostida suyultirilgan
shisha va kalьtsiy xlor
qorishmasi
yuboriladi, bular kimyoviy reaktsiya natijasida erimaydigan modda (kremniy kislota geli)
hosil qilib, tabiiy gruntni o’ziga birlashtirgan yagona yaxlit modda hosil qiladi (5.8 –rasm).
Xuddi tsementlashdagidek, inьektorlar ichki diametri 19...38 mm, va devor qalinligi 5 mm dan
kam bo’lmagan po’lat quvurlardan tayyorlanadi. In’ektorning pastki teshikli qismi 0,5-1,5
m uzunlikka
ega. Bosim ostida
yuborish uchun nasoslar, har qaysi o’rnatilgan inьektorga qorishmani 1 dan 15 l/min
gacha o’zatishini hisobga olib tanlanadi.
5.7-rasm. Zaminlarni tsementlash:
a – inьektorni botirish; b – qorishmani bosim ostida yuborish;
v – filьtratsiyaga qarshi pardani hosil qilishda qorishmani bosim ostida yuborish ketma – ketligi; g
– tsementlash sxemasi pasayib boruvchi zonalar bilan;
d – tsementlash sxemasi yuqorilab boruvchi zonalar bilan;
1 – otboyniy (to’qmoqli) bolg’a; 2 – bosh qismi (kallak);
3 – uzaytirgich quvur; 4 – uchlikli teshikli qism; 5 – quvur;
6 – domkratlar; 7 – qorishma uzatkich; 8 – tsementlanish zonalari;
9 – quduqlar; 1 – , 2 – , 3 – balandlik buyicha tsementlash zonalari
Mayda kukunsimon qumlarda, fosfor kislotali va suyultirilgan shishaliqorishmani 5atm (0,5MPa)
bosimda gruntga yuborish qulayroq bo’lib, reaktsiya natijasida erimaydigan gelь hosil bo’ladi(kremniy
kislotasi i fosfornokisliyli natriy).
Natriy silikat va qotirgichdan iborat bir qorishmali qotirishsust drenlovchi va filьtratsiya
koeffitsienti 0,3m/sut dan kam bo’lgan gruntlarda qo’llaniladi. Qotirilgan
gruntning mustahkamligi
0,3...0,6MPa atrofida bo’ladi.