Ankerning asosiy detali–tortuvchi element (tortqi) bo’lib,u metalldan yasaladi. Ankerli tortqining
bir uchi devor konstruktsiyasiga, ikkinchi uchi ag’darilishi mumkin bo’lgan
prizma tashqarisidagi grunt
massiviga inьektsiya qilingan qorishmaga mahkamlanadi (5.6- rasm, b).
Gruntli anker quyidagicha bajariladi.Kotlovan qazilgandan so’ng, ma’lum belgigacha gorizontga
burchak ostida diametri 20...30sm va chuqurligi 8...20m gacha bo’lgan quduq burg’ilanib qaziladi, bunda
ko’p hollardaobsadnoy (o’rnatilgan) quvur qo’llaniladi. Tortqi quduqqa kirgiziladi, so’ngra unga
bosim
ostida qorishma joylashtirilib, ankerbutun uzunligi bo’yicha yoki
uning faqat pastki qismi
monolitlanadi.Qorishma qotgandan so’ng, anker tortiladi. Gruntli ankerlar har 3...5m da joylashtiriladi.
Anker konstruktsiyalari, tortqining qanday
materialdan tayyorlanganligi, ko’tarish qobiliyati va
gruntga mahkamlash usullari bilan farqlanadi.
Eng sodda va tez-tez uchrab turadigani ankerli mahkamlash quyidagicha bajariladi.
Kotlovan
yoki transheya tubi sathida ularning devori bo’ylab 1,5...2,0 m qadam bilan (kotlovan va transheya
chuqurligiga va grunt namligiga qarab), kotlovan tubi sathidan 0,5...1,0 m chuqurlikka ustunlar qoqiladi.
Bu ustunlar kotlovanning ustki qismidan ikki plastinka ko’rinishidagi anker tortqilar bilan tabiiy og’ish
burchagidan oshadigan masofagacha tortiladi va bu plastinkalar
yotiq qoqilgan ankerga
mahkamlanadi.O’rnatilgan va mahkamlangan ustunlarningorqasigashchitlar yoki zabirka taxtalar
joylanadi. Kotlovan chetidan odamlar yurganda xalaqit bermasligi uchun
ankerli tortqilar yerga
kirgiziladi.