Rasm. 5.6. Qazilma devorlarini mahkamlash usullari:
a – tirgakli; b – ankerli; v – konsolli; g – konsolli burg’ilab to’ldiriladigan qoziqlar yoki “grunt
ichidagi devor”; d – turli turdagi po’lat shpuntlardan;
e – gorizontalь shchitli tortqichli; j – inventarь quvurli tortqichli rama;
z – to’siqlarning inventarь shchitlari(zabirka); 1 – yaxlitzabirka shchiti; 2 – grunt bilan
to’ldiriladigan bo’shliq; 3 – yog’ochli ustun; 4 – tortqich; 5 – tirgak;
6 – pona – anker; 7 – kotlovan tubi; 8 – ankerli tortgich; 9 – oralari ochiq zabirka shchiti; 10 –
quvurli tortqichli rama;11 – po’lat shpuntlar turi; 12 – tortuvchi mufta; 13 – shpuntli devor; 14 –
burg’ilab to’ldiriladigan qoziqlar; 15 – shuning o’zi, obsadnoy quvurda; 16 – metall tortqich; 17 –
tortqichli rama ustuni;
18,19 – tortqichning ichki va tashqi quvuri.
Yog’och ustunlar va qiya tirgovichlar o’rniga temir quvurli ustun hamda teleskopik tirgak-
tortqilar qo’llaniladi, ularning uzunligi vintli-burama muftani aylantirish hisobiga o’zgaradi. Bu
inventarь
tirgak-tortqili ramalar ye
ngilligi, oson montaj va demontaj qilinishi tufayli samaralidir.Temir quvurli
ustunlar balandligi bo’yicha tirgak-tortqilarni mahkamlash uchun teshiklarga ega.Teleskopik turdagi
tirgak tashqi va ichki quvurdan,aylanadigan mufta hamda tayanch qismdan tashkil topgan(5.6 rasm, z).
Transheya eniga qarab ustunlar orasidagi masofa tashqi quvurdan ichki quvurni chiqarish bilan
o’rnatilib,bolt-stopor yordamida quvurlardagi teshiklarni bir-biriga keltirib,qayd qilish bilan
mahkamlanadi. Qazilma devorlariga shchitlarni to’liq siqib mahkamlash vintli muftani oxirigacha
aylantirib, burash bilan amalga oshiriladi.