• 7.2. Rama konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi
  • 7.3-rasm
  • 7.5-rasm
  • 7-ma‘ruza rama konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi Reja




    Download 199,08 Kb.
    Sana27.09.2024
    Hajmi199,08 Kb.
    #272712
    Bog'liq
    7-maruza


    7-MA‘RUZA


    Rama konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi


    Reja:
    7.1. Payvandlangan rama konstruksiyalari haqida ma‘lumot.
    7.2. Rama konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi.


    7.1. Payvandlangan rama konstruksiyalari haqida ma’lumot

    Ramalar alohida detallar va mexanizmlarni yaxlit bir agregatga biriktirishga mo‘ljallangan xajmiy fazoviy konstruksiya hisoblanadi. Ra­malarga qo‘yiladigan asosiy talablardan konstruksiya qattiqligini aytish mumkin. Payvand ramalar balkalardan tashkil topadi va ular bir-biri bilan qattiq yoki yordamchi elementlar vositasida biriktiriladi. Ramalar o‘lchamlari va shakllari turli xil bo‘lib, ularni tayyorlash usul­lari ham xar hil bo‘ladi.


    7.2. Rama konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi

    Og‘ir mashinasozlikda prokat stanlarni rama kletlari katta po‘lat quyma ko‘rinishidagi balkali zagotovkalardan yig‘iladi va payvand­lanadi. 7.1-rasmda to‘rt quyma zagotovkadan tashkil topgan prokat stani vertikal ramasi tasvirlangan. Zagotovkalarni tutashtirish joylari payvand deformasiyalar simmet­rikligi va elementlar shaklidan kelib chiqib belgilanadi. Tutashtirish joyidagi murakkab qo‘shtavr kesimi o‘rniga yaxlit kesim tanlanib, (A-A, B-B) elektroshlakli payvandlash bilan biriktiriladi. Tutashtirish joyini bunday ko‘rinishda amalga oshirish ko‘p qavatli payvandlashga qara­gan­da texnologik jihatdan oson. Elektroshlakli payvandlashdan so‘ng ra­ma payvand birikma mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida termik ishlovdan o‘tkaziladi. Rama o‘lchamlarini aniqlashtirish uchun mexanik ish­lovdan o‘tkaziladi.







    7.1-rasm. Vertikal klet ramasi

    Temir yo‘l vagonlari ramalari nisbatan murakkab elementlari yupqa devorli quyma ko‘rinishda tayyorlanadi. Misol sifatida elektrovoz arava­si ramasini ko‘rsatish mumkin. Bu rama (7.2-rasm) yonbosh (1), quyma shkvornya brusi (2), chetki (konsevoy) bruslardan tashkil topadi.


    Arava ramasi ko‘p sonli dinamik yuklanishlar ta’sirida sinaladi. Shu sababdan rama konstruksiyasi va yig‘ish-payvandlash texnologiyasi bunday sharoitda kam darajadagi kuchlanishlar to‘planishini ta‘minlashi kerak bo‘ladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda rama konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish imkoniyati mavjud. Elektrovoz aravasi ramasini tayyorlashda balkali elementlar tayyor zagotovka ko‘rinishida uzatiladi (7.2-rasm). Bu ramada yonboshdan chetki brusga o‘tish ravonligini ta‘minlash uchun burchakli uloq yordamida amalga oshirilib, uchma-uch birikma bi­lan payvandlanadi. Bunday birikmalar nisbatan yuqori darajada kuch­lanishlar to‘planishiga ega bo‘lib, toliqish darzlari hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun rama konstruksiyasi va yig‘ish-pay­vand­lash tartibini o‘zgartirib, bir tomonlama uchma-uch payvandlashdan voz kechish mumkin bo‘ladi (7.3-rasm).





    7.2-rasm. Elektrovoz ikki o‘qli aravasi ramasi.

    Yonbosh va chetki brus listlari tashqi va ichki devorlarni tashkil etib, ularning poyaslari ikki tomondan payvandlanadi. Burchak poyas chok­larini bajarish bilan umumiy yig‘ish ishlari tugatiladi. Katta o‘lchamdagi ramalarni seriyali tayyorlash transport kon­st­ruksiyalari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi (vagonlar, lokomotivlar, avto­mobillar). Misol sifatida bir bo‘ylama xrebet va sakkiz ko‘ndalang bal­ka­lardan tashkil topgan, qattiq mahkamlangan yarimvagon ramasini keltirish mumkin. Xrebet balka ikkita Z shaklidagi va qo‘shtavr balka­dan tashkil topadi. Xrebet balkasi to‘g‘ri chiziqligini ta’minlash uchun bo‘ylama choklarni payvandlashda paydo bo‘ladigan egilish deforma­siyasi o‘rnini bosuvchi dastlabki teskari egilish yig‘ish moslamasida hosil qilinadi va qisqa choklar bilan o‘rnatiladi. Ko‘ndalang balkalar ham kon­­struksiyani umumiy yig‘ishgacha tayyorlab olinadi. Yarim­vagon ramasini yig‘ish ishlari teskari holatda amalga oshiriladi. Ramani yig‘ish moslamasida birinchi navbatda ko‘ndalang balkalar o‘rnatiladi keyin esa xrebet balkasi ko‘ndalang balkalarga perpendikular ravishda yuqori gorizontal listlarga taqalish holatigacha yetkaziladi. Umumiy pay­vandlash ishlari kantovatelda davom ettiriladi.





    7.3-rasm. Arava ramasini tayyorlashda yig‘ish-payvandlash ishlari ketma-ketligi





    7.4-rasm. Yarim vagon tugunlari:
    a-shkvornya balkasini xrebet balkasi bilan biriktirish, b-oraliq balkani xrebet balka bilan biriktirish
    Yuqoridagi balkalarni umumiy yig‘ish bilan rama tayyor holga kel­tiriladi. Rama konstruksiyalarini uzluksiz liniyalarda seriyali ishlab chiqa­rishni mexanizasiyalash maxsus yig‘ish-payvandlash uskunasi yor­da­mida amalga oshiriladi. Teplovoz ramasi karkasini yig‘ish-payvand­lash uchun xizmat qiladigan konduktor-kantovatel shunday uskunaga misol bo‘ladi (7.5-rasm). Yig‘ish konduktorini asosini buriluvchi rama (1) hosil qiladi va u pnevmoprijim, tirgak va fiksatorlarga ega. Konduktorni burilishi asos (2) ga sharnirli mahkamlangan gidrodomkratlar (3) vositasida amalga oshi­riladi. Buriluvchi o‘qlar (4) gidrosilindrlar yordamida harakatga kel­tiriladi.





    7.5-rasm. Gidrodomkratli konduktor-kantovatel


    Nazorat savollari

    1. Rama konstruksiyalarini yig‘ish va payvandlashda qo‘llaniladigan us­ku­nalar qanday xususiyatlarga ega?


    2. Ramalar qanday konstruksiyalar?
    3. Ramalarga qanday talablar qo‘yiladi?
    Download 199,08 Kb.




    Download 199,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma‘ruza rama konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi Reja

    Download 199,08 Kb.