|
– rasm. Zamonaviy ekskavatorlarning turlari5.9 – rasm. Zamonaviy ekskavatorlarning turlari
Almashinadigan ishchi uskunalarni qo’llash quyidagi jarayonlarni mexanizatsiyalash imkonini
yaratadi; qazilma tubini tozalash, gabaritsiz va xarsang toshlarni maydalash va chiqarib tashlash; yer
inshootlari qiyaliklarini,qazilma tubini pardozlash; tor sharoitlarda, qayta to’ldirishdagruntni qatlamlab
zichlash; muzlagan va qiyin qaziladigan gruntlarni yumshatish.
Qurilish ekskavatorlari gusenitsali va pnevmo g’ildirakli yurishda chiqariladi. To’g’ri va teskari
cho’mich, draglayn hamda greyfer eng keng tarqalgan ishchi jihozlar deb hisobga olinadi(5.10-rasm).
Oldindan qazilgan gruntni ortish, yuqori qatlamni olish va tekislash ishlari uchun ortadigan
uskuna qo’llaniladi. Yer ishlarini bajarishda, masalan muhandislik tarmoqlariuchun transheyani qazishda,
tez-tez birga bir vaqtda bajariladiganjihozlarni, materiallarni, yuklarni o’zatish bilan bog’liq ishlar
bajariladi. Bunda kran yuk ko’targich uskunasi qo’llaniladi.
Tozalash va tekislash ishlarini bajarishda sifatni oshirishga, qo’l mehnatini kamaytirishga
tekislovchi jihozlarni, jumladan teleskopik strela bilan birgalikda qo’llash ishlarni osonlashtirish imkonini
beradi.
Turli ko’rinishli va gabaritli qazilmalarni qazish uchun profilli cho’mich qo’llanilishi mumkin.
Yer qazish ishlari texnologiyasini “grunt ichida devor” usuli bilan amalga oshirish uchun maxsus
shtangali uskuna xizmat qiladi. Ekskavatorning qo’llanish sohasini kengaytirish uchun jumladan qiyin
qaziladigan va muzlagan gruntlarni qaziganda, unga yumshatuvchiuskunalaro’rnatiladi: tishli-
yumshatgich va gidroto’qmoqlar. Gidravlik ekskavatorlarga o’rnatilgan qisqich ilmoqli (tutqich)
uskunaham shu maqsadda xizmat qiladi.Er ishlari olib borilayotgan qurilish maydonida uchraydigan yirik
toshlarni olib tashlashda, transportga ortishda va chiqarib tashlashda qisqich ilmoqli (tutqich) uskuna
qo’llanishi mumkin.
Ob’ektlarni qayta qurishda, tsexlarda, devor va poydevorlar oldilarida ekskavator
qo’llanilishining sababi, ularda tor joylarda ish bajaradigan jihozlar mavjudligidir. Asosiy ishchi
jihozlarning sharnirli biriktirilishi konkret sharoitlarda ishlarni bajarishga moslashish imkonini yaratadi.
Bir cho’michli ekskavator –
tsiklik-davriy harakatlanuvchi
mashina bo’lib, uning har qanday
ko’rinishdagi ishchi jihozi bilan grunt qazilganda ma’lum ketma – ketlikdagi alohida tsiklning
almashadigan quyidagi operatsiyalar yig’indisidan iborat:
■ gruntni kesish va cho’michni to’ldirish;
■ gruntli cho’michni ko’tarish;
■ ekskavatorni o’z o’qi atrofida to’kadigan joyga burish;
■ cho’michdan gruntni to’kish;
■ ekskavatorning orqaga burilishi;
■ cho’michni gruntga tushirish va gruntni kesishga uzatish.
Ekskavatorning asosiy vazifasi – qazilma, rezerv, karьer, transheya, kotlovanlarni qazish, gruntni
ag’darmaga to’kish yoki transport vositasiga ortishdir. Ekskavatorning bir to’rish joyidan qazishdagi
qazilmaning eng katta chegaraviy o’lchamlari uning ishchi parametrlariga bog’liq bo’ladi.
Bir cho’michli ekskavatorning qazilma qazilayotgandagi ishchi parametrlarigaquyidagilar kiradi:
maksimal kovlash balandligi +N (to’g’ri cho’michli ekskavator uchun) - bunda + belgisi
ekskavatorningo’zi turgan joydan yuqoritomondagi gruntqazilayotganligini ko’rsatadi;
kovlash chuqurligi (kesish) – N (boshqa turdagi ekskavatorlar uchun);
ekskavator turgan joydan eng katta va eng kichik kovlash radiusi R
max
va R
min
;
to’kish radiusi R
b
;
to’kish balandligi H
b
.
|
| |