• Bulьdozerlar
  • 1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/57
    Sana03.08.2024
    Hajmi3,21 Mb.
    #269076
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
     
    1.
     
    Er qazuvchi transport mashinalar bilan gruntni qazish 
     
    Er qazuvchi-tashuvchi mashinalargayuk ortgichlar,skreperlar, bulьdozerlar, greyderlar va 
    greyder-elevatorlar kiradi. Ularning qullanilishida yer inshootining fazoviy shakli va geometrik 
    o’lchamlari bilan bog’liq holda, gruntni tashish uzoqligi,mashinalar alohida tiplarining tor doirada 
    ixtisoslashtirilganligi, yer qazuvchi-tashuvchi mashinalarining qo’llanilishi bo’yicha aniqlangan bir qator 
    cheklanishlarga qaramasdan ularning yordamida ishlarni olib borishning turli sharoitlarida ko’plab asosiy, 
    yordamchi va tayyorgarlik jarayonlarini bajarish mumkin. Bulьdozer va skreperlar bir tsikl davomida 
    gruntni qaziydi, uni kuchiradi, ko’tarmaga to’kadi va zaboyga bo’sh holatda qaytib keladi. Bu mashinalar 
    yordamida bajarilgan ishlarning qiymati bir cho’michli ekskavatorlaryordamida bajarilgan ish qiymatiga 
    nisbatan 3...4 marta arzondir. 
    Bulьdozerlar
    qurilishda katta hajmdagi yer ishlarini bajaradi. Asosiy texnik parametrlar bazaviy 
    mashinaning quvvati va massasi. Texnologik parametrlar – bulьdozer surgichining uzunligi xozirgi 
    paytda bazaviy traktor quvvati 600 kVt dan yuqori bo’lgan bulьdozerlar qo’llanilmoqda.
    Bulьdozerning texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga bazaviy traktorgabulьdozer jihozlari 
    bilan birgalikda almashtiriladigan qushimcha jihozlar yumshatgich, nishab qiluvchi, buta kesuvchi, 
    qanotchalar, uzaytirgich, tayanchlar (bulьdozerdan skreperlarni itargich sifatida foydalanish) o’rnatish 
    orqali erishiladi. Gidroyuritmaning keng qo’llanilishi surgichni reja bo’yicha boshqarish tizimini 
    yaxshilash va ko’ndalang qiyshayishini boshqarish imkonini berdi. Bulьdozer ishchi organini avtomatik 
    boshqarish va tekislash ishlari sifatini oshirishni ta’minlovchi avtomatik tizimlarni bulьdozerlarga 
    o’rnatish orqali ularning ish samaradorligini oshirishga erishiladi. 5.18 – rasmda zamonaviy bulьdozer 
    sxemasi ko’rsatilgan.
    Bulьdozerni kompleks texnologik jarayon tarkibida qo’llash ko’p sonli yordamchi, tayyorgarlik 
    va asosiy jarayonlarni mexanizatsiyalashni ta’minlaydi. 

    to’nka va butalarni kovlab olish; 

    gruntning o’simlik qatlamini qirqib olish va chetga surish; 



    tushadigan qiya yo’llar va gruntni tashishgamo’ljallangan yo’llarni qurish hamda ularni asrash; 

    tekislash,er inshootlari elementlarini tozalash va pardozlash; 

    drenaj ariqlarniqazish; 

    kirish yo’llarini qurish; 

    turli turdagi yer inshootlarida gruntni qazish va qazilgan gruntni joylashtirish; 

    gruntni qurilish maydoni chegarasida surish; 

    joylanayotgan gruntni qavatma-qavattekislash; 

    qiyin ishlanadigan va muzlagan gruntlarni yumshatish; 

    qazilma va yon bo’shliq (pazuxlar)larnizichlab qayta to’ldirish; 
    Bulьdozerlardan gruntni qazilmadan ko’tarmaga 100m masofagachasurishda foydalaniladi, 
    quvvatli traktorlar ishlagandabu masofa uzaytirilishi mumkin. Bulьdozerlar transheya va 
    kotlovanlarnichetida joylashgan grunt bilan yon bo’shliqlari (pazuxlari)ni qayta to’ldirishda, 
    kotlovanlarning tubini boshqa mexanizmlar bilan ishlangandan keyin tozalashda, gruntni tekislash va 
    rejalashtirishda, katta va chuqurbo’lmagan kotlovanlarni qazishda qo’llanadi. Gruntni uzoq masofaga 
    surishda bulьdozer surgichining yon tomonlariqanotlar bilan jihozlanishi mumkin. 
    .

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi

    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish