Ekspluatatsion ish unumdorligini hisoblashda cho’michning to’lish koeffitsienti(0,7...0,9), ishchi
vaqtdan foydalanish koefitsienti (0,6...0,8), gruntning yumshatilish koeffitsienti (0,6....0,9), zanjirning
harakatlanish tezligini inobatga olish lozim bo’ladi.Zanjirning harakatlanish tezligiga gruntning zichligi
va uning ser namliligi ta’sir ko’rsatadi.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlarning asosiy tasniflari (xarakteristikasi):
cho’mich sig’imi, l..................................... 20 30;
kovlash chuqurligi, m
........................... 7 gacha9gacha;
mehnat unumdorligi, m
3
/soat ..................35 55
Suv va gaz quvurlari, elektr kabellari, oqava suvlar, telefon tarmoqlarini o’tkazish uchun
mo’ljallangan
transheya kovlagichlar
ko’rib chiqilganekskavatorlarning turlarigakiradi.Zamonaviy
transheya kovlagichlar pnevmo g’ildirakli to’liq gidrostatik mashina bo’lib, qiyin sharoitlarda ishlash
uchun ular yuqori quvvatga ega va ularning maksimalь kovlash chuqurligi 1,8 m gacha.Mashina plug,
cho’mich, kesadigan disk, kabelli barabanni,surgichni va burg’ilovchi moslamalarniushlab turuvchi
sifatidagi qo’shimcha jihozlar bilan ta’minlangan.