– rasm. Yuk ko’tarish qobiliyati 23t (a) va 40t (b) bo’lgan samosval yer tashuvchilar




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/57
Sana03.08.2024
Hajmi3,21 Mb.
#269076
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
5.27– rasm. Yuk ko’tarish qobiliyati 23t (a) va 40t (b) bo’lgan samosval yer tashuvchilar. 
 
6. Gruntni zichlash va trambovka kilish. Gruntni zichlash 
 
Ustivor, ishonchli va mustahkam yer inshootini barpo etish uchun joylanayotgan gruntni zichlash 
zarur. Transheyalar va kotlovanlarning yon bo’shliqlarini grunt bilan to’ldirishda, turli to’kilmalarni hosil 
qilishda, tekislash ishlarida gruntlarni joylashtirish va zichlashtirish bajariladi. Grunt odatda tashib 
keltirilishiga qarab qatlamlab zichlab boriladi. 
To’kilmalargorizontal qatlamlar hosil qilish va uni zichlash bilan barpo etiladi. Pastki 
qatlamlarga zich loy to’kilishi mumkin, yuqori qatlamlarga esa faqat drenli (suv o’tkazuvchi) qumli 
gruntlar to’kiladi. To’kilma barcha zaminini butunlay suv o’tkazmas loyli gruntlardan hosil qilishda 
qalinligi 10...15sm yupqa drenlovchi qatlamhosil etish talab qilinadi, lekin u va boshqa qatlamlarni 
aralashtirib hamdaushbu yupqa qatlamlarni qiya qatlamlar bilan joylashtirishga ruxsat berilmaydi. 
Gruntni yaxshiroq zichlash uchun uni to’kilma chetidan o’rtasiga qarab to’kish taqoza etiladi. To’kilmani 
hosil qilish uchun loyli qum, yog’li loy, torf, organik qo’shimchali gruntlarni qo’llash tavsiya etilmaydi.
Gruntni zichlash koeffitsienti 0,95...0,98 bo’lishi eng optimal bo’lib, bu inshootningetarli 
darajadagi mustahkamligini ta’minlaydi, bunda vaqt o’tishi bilan gruntning cho’kishi sezilarsiz bo’ladi. 
SHunga bog’liq ravishdi joylanayotgan qumli gruntning optimal namligi 8...12%, loyli gruntniki esa 
19...23% atrofida bo’lishi kerak, bunday namlik gruntlarni zichlashda yaxshi samara beradi. Quruq, issiq 
ob-havoda gruntlarni zichlashdan oldin suv sepib namlash maqsadga muvofiq.
Gruntlarni zichlashning quyidagi usullari mavjud: 
bostirib tekislash, shibbalash (trambovka) va 
titratish (vibratsiya).
Bog’langan va zaifbog’langan gruntlar (qumli loy, loyli qumlarni)ni zichlash uchun 
bostirib tekislash usuli qo’llaniladi.Bog’lanmagan gruntlar (qum, shag’al, mayda tosh) ni shibbalab va 
titratib zichlash tavsiya etiladi. Gruntni zichlaydigan mashinalar quyidagi guruhlarga bo’linadi: statik 
ta’sir qiluvchi silliq, kulachokli va vibrojo’vali g’altaklar (katok), pnevmoshinali; jo’valargaega, yuk
bilan yuqoridan tushuvchi, shibbalovchi plita, vibroplitalishibbalovchi mashinalar 
Zichlovchi mexanizmlarni tanlashga talab etiladigan zichlashtirish darajasi, grunt xususiyatlari
bajariladigan ishlar hajmi, ishlarni bajarish muddati va surьati, ob-havo sharoitlari o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Gruntni statik ta’sir ko’rsatadigan bostirgich g’altak (katok)lar: silliq sirtli,kulachkali 
(mushtumchali), 
pnevmoshinali 
g’ildirakli 
bostirgichlarbilan 
zichlashkeng 
tarqalgan. 
Bu 
mexanizmlaroddiyligi va ishonchliligi, yuqori ish unumdorligi va nisbatan past narxliligi bilan ajralib 
turadi. Biroq qurilish sharoitlarida dinamik ta’sir ko’rsatuvchi mashinalar titratgich mexanizmli bostirgich 
g’altaklardan ham foydalaniladi. 
Gruntning zichlanishiga quyidagi ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi: gruntninggranulometrik 
tarkibi, bog’lanuvchanligi, boshlang’ich zichligi, namligi, joylanayotgan va zichlanayotgan qatlam 
qalinligi,qabul qilingan zichlash usullari, qo’llanilayotgan mashinalarning xarakteristikasi (tasnifi), 
zichlovchi mexanizmningbir joydan o’tish soni. 
Zichlash jarayonidan oldin bulьdozer yoki kam hollarda greyfer keltirilgan gruntni tekislaydi. 
Buldozer maydon bo’ylab bo’ylama yo’nalishda harakatlanib gruntni gorizontal qatlamlarda 
tekislaydi.Joylanayotgan va tekislanayotgan gruntning yumshoq holdagi maqbul qalinligi 0,2...0,4 m ni 
tashkil etadi.Bulьdozer o’tishining ketma-ketligi va soni gruntning hususiyati hamda to’kilmaning eniga 
bog’liq holda aniqlanadi. Tekislash to’kilma chetidan boshlanib oldin bosib o’tilgan yo’lni 0,3...0,4m 
qoplash bilan amalga oshiriladi.


Gruntni to’kilmada zichlash xuddi uni to’kishdagi ketma-ketlik bo’yicha olib boriladi. Grunt 
bostirgich g’altakning (katokning)butun to’kilma maydoni bo’yicha ketma – ket aylanma o’tish yo’li 
bilan zichlanadi, bunda har bir navbatdagi o’tish yo’li avvalgisini 0,2...0,3 m ga qoplab amalga oshirilishi 
lozim.Butun to’kilma bo’ylab gruntni bostirib tekislash tsikli yakunlangandan so’ng navbatdagi tsikllarda 
ham gruntni zichlash xuddi shunday ketma-ketlikda olib boriladi. 
Silliq sirtli va qovurg’ali jo’valarga ega bo’lgan bostirgich g’altaklar gruntni 10sm 
chuqurlikkacha zichlaydi. Mushtumli bostirgich g’altaklar qumli loy va loyli gruntlarni 30sm,,qumli 
gruntlarni 30...35 sm chuqurlikkacha zichlashda qo’llaniladi. Bunday bostirgich g’altaklarning massasi 
turlicha ya’ni 5 t dan 30 t gachabo’ladi. 
5.28 rasmda sirti silliq (5.28 – (a) rasm) va mushtum jo’vali (5.28 – (b) rasm) ishchi organlarga 
ega bo’lgan pnevmog’ildirakli statik ta’sir ko’rsatuvchi bostirgich g’altak sxemasi ko’rsatilgan. Grunt 
zichlovchi mashinalarning bosh parametri massasi ballasti bilan birgalikda.Asosiy texnologik 
parametrlari: zichlanadigan polosaning eni, zichlanayotgan qatlamning qalinligi. Pnevmog’ildirakli 
bostirgichlar massasiballasti bilan birgalikdagi 10t dan 100t gachali qilib ishlab chiqarilayapti. O’zi 
yuradigan titratgichli bostirgichlarning massasi 8t gacha yetadi.Silliq jo’vali pnevmog’ildirakli 
bostirgichlar yordamida gruntlarni0,4m qalinlikdagi qatlamlar bilan zichlash mumkin.Bog’lovchi 
gruntlarni zichlashda bostirgich g’altakni bir joyni o’zidan yurish soni 8...12 marta atrofida bo’ladi.
a) b)v) 

Download 3,21 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– rasm. Yuk ko’tarish qobiliyati 23t (a) va 40t (b) bo’lgan samosval yer tashuvchilar

Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish