Gruntni shibbalash - trambovkalash
Bu usul o’ta cho’kuvchan, zichligi va mustahkamligi kam bo’lgan gruntlarda qo’llaniladi.
Bunday
gruntlarga loyli va qumli, shu jumladan suvga to’yinganlar gruntlar kiradi.Urib
shibbalash
gruntga 2...10 tonna massali yukni 3...8 m balandlikdan tashlash yo’li orqali amalga oshiriladi.
SHibbalash natijasida kotlovan zonasi va uning atrofida zichlangan grunt zonasi hosil bo’lib,
uning
chegarasida gruntning cho’kuvchan xususiyati barham topadi, zichligi va mustahkamlik xarakteristikalari
oshadi (5.30 - rasm).
Berilgan zona
chegarasida gruntni shibbalash, zarur chuqurlikdagi kotlovan paydo bo’lishiga
olib keladi, zichlangan gruntga tik va qiya ta’sir ko’rsatuvchi kuchlarni uzatish imkoniyati paydo bo’ladi.
Zichlangan gruntningyuk ko’tarish qobiliyatiniunga ishning oxirgi bosqichida qattiq materiallar – shag’al,
qum tosh aralashmasi, yirik qumni shibbalab bostirish yo’li bilan oshirish mumkin.