• Erni surish usuli
  • Gidromonitorlar bilan gruntni qazish.
  • 1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/57
    Sana03.08.2024
    Hajmi3,21 Mb.
    #269076
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
    Gidromonitor usul – 
    quruq zaboyni kuchli suv oqimi bilan yuvish va suyultirilgan grunt 
    (quyqa)ni tashishdan iborat. Bu usul foydali qazilmalarning yuzini ochish ishlari (foydali qazilmalarga 


    bemalolerkin yetib borish uchun gruntlarning yuqori qatlamlarini ochiq usulda qazish va keyin 
    qazilmalarni ochiq usulda qazib olish)da, qumli, qumli loy, loyli va boshqa gruntli qazilmalarini qazishda 
    qo’llanadi 
    Erni surish usuli
    - suv ostidagruntni qazish, suyultirilgan gruntni so’rib olish va quvurlar 
    vositasida tashish bilan bajariladi. Bu usul kanallar qurish, dambalar, to’g’onlar, ko’tarmalarniyuvish, 
    hududlarnitekislashda, dengiz va daryo inshootlarini qurishda qo’llaniladi. 
    Gruntni gidromexanik qazish−eng qulay va iqtisodiy tejamkor usul bo’lib, bunda avtomobil 
    yo’llari, temir yo’llarini qurish va gruntni tashish uchun transport vositalariga zaruriyat bo’lmaydi. 
    Ishlarni olib borishning quruq usulida gruntni namlash, tekislash va zichlash kabi ishlar bu yerda 
    bajarilmaydi, chunki bu ishlarni suv bajaradi. Gruntni qazish narxi ekskavator yordamida qazish bilan 
    uzaro solishtirilganda 30...40%ga past; mahsulot ishlab chiqarish 1,5...2 marta yuqori. Agar yer ishlarini 
    bajarishning butun tsiklining narxini olsak, u holda gidromexanizatsiya usulidabajarilgan ishlarning narxi 
    boshqa usullarnikidan 10...18 marta pastdir. 
    Gidromonitorlar bilan gruntni qazish.
    Suv usti zaboylarida quruq grunt gidromonitor usuli 
    bilan yuviladi. Bunday qazishning asosiy texnologik vositasi gidromonitor bo’lib, uning uchiga diametri 
    50...175 mm bo’lgan uchlik (nasadka) kiygizilgan va sharnirli birikmalarga ega bo’lgan po’lat tana 
    (stvol)dan iborat bo’lib, sharnirli birikmalar suv oqimini kerakli yo’nalishda jo’natish uchun stvolni 
    vertikal va gorizontal tekisliklarda aylantirishni ta’minlaydi (5.31 rasm). 
    Suv gidromonitorga quvur orqali katta bosim ostida keladi. Suvning zarur bo’lgan bosimi 
    25...50m qumli gruntni, 80 m gacha uzunlikdagi loyli gruntni yuvish uchun va suvo’tkazish tarmog’ida, 
    birikmalarida yo’qotilgan bosimni hisobga olish bilan aniqlanadi. Gidromonitor uchliklaridan 
    (nasadkalaridan) otilib chiqayotgan suv oqimining tezligi yuvilayotgan grunt turigabog’liq bo’ladi va 
    tezligi 10...40m/s atrofida bo’ladi. 
    Suv oqimining gruntga zarbali ta’sir ko’rsatishi natijasida mavjud bo’lgan grunt monoliti 
    yemirilib ancha kichik bo’lgan tashkil etuvchilarga ajraladi, ular suv bilan birgalikda quyqa hosil qiladi. 
    Gruntning quyqalanishi (quyqa tarkibi) 1:8 dan 1: 15 gacha proportsiyada amalga oshiriladi ya’ni 
    qazilayotgan 1 m

    gruntga 8 dan 15 m

    gacha suv to’g’ri keladi. 
    Gidromonitorlar bilan gruntni yuvish pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab olib boriladi. 
    Pastdan yuqoriga
    qarab yuvishda (
    ro’para zaboy
    ) gidromonitor zaboy tubiga o’rnatiladi, suv oqimi 
    zaboyning tub qismini yuvadi, o’zining xususiy massasita’siridayuqori qism birin-ketin qulay boshlaydi. 
    Ag’darilgan grunt quyqa hosil qilish oqibatidaengil yuviladi, bu quyqa qiya joylashtiriladigan maxsus 
    tayyornalgan lotoklar orqalitindirgichga yoki joylashtiriladigan joyga ko’chiriladi. Tindirgich bo’lgan 
    vaziyatlarda undagi grunt nasos yordamida quvurlar bo’ylab to’kilmadagi joylashtirish o’rniga 
    ko’chiriladi. 
    Ro’para zaboy usuli eng unumdor usuldir. Gidromonitorning yuqori unumdorligi yuvilayotgan 
    zona ustida joylashgan gruntning davriy ag’darilishi tufayli ta’minlanadi.Bu samaradorlik zaboy oldidagi 
    gruntning yuqori qatlamlarini namlash yo’li bilan ta’minlanadi, bu esa o’z navbatidagruntning oldindan 
    ag’darilishiga olib keladi yoki zaboy fronti bo’ylab gruntni portlatish hisobiga erishiladi. Gidromonitorni 
    quyqa oqimi orasida qoldirmaslik uchunquyqani ishlab turgan qurilmaning ikki tomonidan quyqa 
    yo’nalishi aylanib oqishini muntazam ravishda nazorat qilib turish taqoza etiladi. 

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi

    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish