• Turli jarayon va hodisalar
  • 4--ma’ruza. Grunt qatlamining turg‘unligi va uni tirgovich devorlarga nisbatan bosim nazariyasi




    Download 0.84 Mb.
    bet1/3
    Sana22.04.2024
    Hajmi0.84 Mb.
    #204835
      1   2   3
    Bog'liq
    4-mavzu
    Test, 6-mavzu

    4--Ma’ruza. Grunt qatlamining turg‘unligi va uni tirgovich devorlarga nisbatan bosim nazariyasi
    Reja:
    1.Grunt turg‘unligining buzilish sabablari.
    2.Qiyaliklarning mustaxkamligini baholash uslublari.

    Tayanch so’z va iboralar: Qiyalikning turg’unligi, buzilish sabablari, baholash uslublari, turli jarayon va hodisalar, turg’unlik sharti usuli, gorizontal kuchlar usuli, aylanma tsilindrik yuza bo’ylab siljish usuli,qiyalik, mustahkamlik, baholash uslublari, turg’unlik sharti uslubi, gorizontal kuchlar usuli, aylanma silindrik yuza bo’ylab siljish usuli.


    1. Ko’tarma, o’yma va tog’ yon bag’irlaridan avtomobil yo’llarini o’tkazayotganda ularni loyihalash uchun qiyaliklardagi gruntlarning mustahkamligini aniqlash asosiy vazifa hisoblanadi. Qiyalikning buzilishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar:
    1.Turli jarayon va hodisalar.
    2.Qiyaliklarning turg’unligini buzilishi.
    Turli jarayon va hodisalar – iqlim, joyning fizik, geologik sharoitiga bog’liq holda qiyaliklardagi gruntning hususiyatlari o’zgaradi, natijada qiyalikning mustahkamligi kamayadi.
    Qiyaliklarning turg’unligini buzilishi birdaniga ro’y beradigan jarayon bo’lib, bu jarayon qiyalikdagi bosim miqdorini oshishiga va ichki qarshilikning kamayishi evaziga sodir bo’ladi. Qiyalikdagi bosimning ortishi tog’ yon bag’irlariga, qiyaliklarga turli inshootlarni qurish, qiyaliklardagi namlikning ortishi natijasida ro’y beradi. Gruntning qarshiligi kamayishi esa gruntdagi ichki ishqalanish kuchini va bog’lanish kuchini kamayishi evaziga sodir bo’ladi.
    Qiyaliklarning mustahkamligi undagi gruntning turiga qarab turlicha baholanadi:
    1) Agar qiyalik sochiluvchan gruntdan iborat bo’lsa, qiyalikning mustahkamligi grunt zarralari orasidagi ichki ishqalanishiga bog’liqdir.
    Agar qiyalik sochiluvchan gruntdan tashkil topgan bo’lsa, u holda ikki tashkil etuvchidan:
    Gruntni ushlab turuvchi kuch – .
    Siljituvchi kuch - iborat bo’ladi.
    kuchga qarama-qarshi kuch qarshilik kuchi hosil bo’ladi.

    Agar qiyalikning mustahkamligi grunt zarralari orasidagi ichki ishqalanishiga bog’liq deb olsak, u holda qiyalikning turg’unligi
    bo’lib, grunt turg’un holatda,
    bo’lsa, grunt mustahkam emas.
    2) Agar qiyalik gilli gruntdan iborat bo’lsa, qiyalikning mustahkamligi gruntning qarshilik kuchini tashkil etuvchilarga: ichki ishqalanish burchagiga va bog’lanish kuchiga bog’liqdir.
    Bu kattaliklar esa o’z navbatida gruntning namligiga bog’liq bo’ladi. Namlik qanchalik yuqori bo’lsa, zarralar orasidagi bog’liqlik kamayadi va gruntning qarshiligi ham kamayadi. Shu sababli gilli gruntlarda qiyaliklardagi siljish burchagini va qiyalikning siljish nishabligini aniqlash shart.
    Ψ=α.
    Shu holatda grunt turg’un holatda bo’ladi.
    Qiyaliklarning mustahkamligini aniqlashning bir necha usullari mavjud bo’-lib,ulardan qurilish tajribasida eng ko’p qo’llaniladigan usullar quyidagilardan iborat:
    1. Turg’unlik sharti usuli.
    2. Gorizontal kuchlar usuli.
    3. Aylanma tsilindrik yuza bo’ylab siljish usuli.

    Download 0.84 Mb.
      1   2   3




    Download 0.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4--ma’ruza. Grunt qatlamining turg‘unligi va uni tirgovich devorlarga nisbatan bosim nazariyasi

    Download 0.84 Mb.