Bir cho’michli yuk ortkichlar
(5.25-rasm) qurilishda yer ishlarini bajarishda keng tarqalgan.
Ularning keng tarqalganligimazkur mashinalar zamonaviy modellarining mobilligi, manevrchanligi,
konstruktsiyalarining oddiyligi, ayniqsa pnevmo g’ildirakli frontal yuk ortkichlarning bu borada bir
cho’michli ekskavatorlardan ustun turishi bilan bog’liq.
5.25– rasm. Bir cho’michli yuk ortkichlar
SHu bilan birga yuk ortkichlarishlarni olib borish sharoitlari, yer inshootinng tipi va
parametrlariga ko’rabir qator cheklashlarga ega. Yuk ortkichlarni qo’llash kompleks texnologik
jarayonning quyidagi jarayonlari va operatsiyalarini mexanizatsiyalash imkonini beradi:gruntning
o’simlik qatlamini qirqib olish va ko’chirish, zaboyni tayyorlash; yer ishlarini bajaruvchi
mashinalarnisaqlash va ta’mirlash; qazilmalar tubini tozalash; yer inshootlarini barpo etishda gruntni
kovlash; yer osti inshootlarini barpo etishda gruntni kovlash va tashish; gruntni ortish; 200m masofaga
gruntni surib ko’chirish; gruntni qatlamlab tekislash; gruntni tekislash; qazilma va yon bo’shliqlarni grunt
bilan qayta to’ldirish. Bir cho’michli yuk ortkichlarning bosh parametri ularning yuk ko’tarishi.
5.26-rasm. Yuk ortkichlar osma jihozining nomentklaturasi
Asosiy texnik parametrlar − cho’mich sig’imi, dvigatelь quvvati va massa.Asosiy texnologik
parametrlar− to’kish balandligi, tsiklning davomiyligi, to’kishda cho’michning ishchi qirrasidan transport
vositasining bortigacha bo’lgan eng kam masofa. Yuk ko’tarish qobiliyati 2; 3; 4; va 6t bo’lgan bir
cho’michli ortkichlar qo’llaniladi. Yuk ko’tarish qobiliyati 15t, cho’mich sig’imi 7,5m
3
ortkichlar
yaratilgan.
Qurilishda ko’p maqsadli kichik gabaritli yuk ortkichlar keng tarqalgan. Yuk ortkich turli
ko’rinishdagi almashtiriladigan asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin, bu jihozlar ularning
qurilish maydonida qo’llanish sohasini sezilarli darajada kengaytiradi (5.26 rasm).
Grunt qazishning asosiy jarayonlaridan biri gruntni tashish jarayonidir. Tashish jarayonini
mexanizatsiyalash yerni qazuvchi- tashuvchi mashinalar va maxsus transport vositalari – avtomobil-
samosvallar hamda yer tashuvchi mashinalar yordamida amalga oshiriladi.Transport vositasining bosh
parametri – bu uning yuk ko’tarish qobiliyatidir.
Qurilishda yer ishlarini bajarishda gruntlarni tashish uchun yuk ko’tarish qobiliyati 4,5...12t
bo’lgan ZIL,MAZ KAMAZ,KRAZ markali avtomobil-samosvallar keng qo’llanilmoqda.Bu
mashinalarning konstruktsiyalari doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda va kuzov hajmini oshirish
va to’kishning turli sxemalarini, jumladan to’g’ridan va yon tomondan to’kish sxemalarini qo’llash,
kuzovni ko’tarish va tushirish vaqtini qisqartirish evaziga ularning ish unumdorligi o’stirilyapti. Yer
tashuvchi mashinalar keng qo’llanish topmoqda.Yuk ko’tarish qobiliyati 23 va 40t bo’lgan yer tashuvchi
mashinalar 5.27-rasmdako’rsatilgan.
|