To’kilmalarning atrofidagi yer do’ngliklari suvning bir marta yuvilishi uchun 1,0...1,5 m
balandlikda tiklanadi, yuvilishning o’zi esa joylashtirilayotgan gruntning drenajlanuvchanlik qobiliyatiga
bog’lik ravishda 20 dan 100 sm gacha qalinlikda bajariladi. Suvning yuvilayotgan to’kilmadan tezroq
oqib ketish
jadalligini oshrish uchun
chiqarib tashlovchi quduqlar
quriladi, ulardagi tiniq (aralash
gruntdan bo’shagan) suv to’kilmaning chegarasidan tashqariga yo’naltiriladi.
Grunt qatlamlarining
yuvilish me’yoriga qarab quduqlar o’z balandligi bo’yicha o’stirilib boriladi.
Oqizib yuvish usuli orqali to’kilmalarni barpo etish gruntning sezilarli darajadagi zichligini
ta’minlaydi, shu tufayli uni sun’iy ravishda
zichlashtirish talab etilmaydi, to’kilmalarga esa balandlik
bo’yicha keyingi tabiiy cho’kishiga katta bo’lmagan zahirani beriladi (qumli
loy va loyli qum gruntlar
uchun 1,5%, qumli gruntlar uchun esa 0,75 %).