|
- rasm. Teshish usuli bilan gruntni qazish5.35- rasm. Teshish usuli bilan gruntni qazish:
a −domkrat shtoki uzunligida gruntni bosib; b −
shuning uzi nayzani shompolning yangi teshigiga
qayta o’rnatish bilan; 1 – tayanch devori;
2 – nasos; 3 – domkrat; 4 – shtok va shompolni
mahkamlash flanetsi (gardish);
5 – shompoldagi teshiklar(L qadam bilan); 6 –
quvur; 7 – quvurning uchligi;
8 – domkrat shtoki; 9 – nayza (shtir).
Domkrat ishga tushirilgandan keyin quvur
domkrat shtoki uzunligida ko’chiriladi, so’ngra domkrat shtokni boshlang’ich holatga qaytarishuchun
yoqiladi, u bilan birgalikda domkratga bikr mahkamlangan shompol ham orqaga ko’chiriladi, unda uning
uzunligi bo’ylab qator yorib o’tiladigan teshiklar mavjud bo’lib, bu teshiklar almashtiriladigan
domkratning shtok uzunligiga muvofiq o’yilgan bo’ladi. Metall nayza bitta teshikdan olinib, shompolning
qo’shni teshigiga qo’yiladi va domkrat yangidan ishga tushiriladi. Quvurlarning birinchi zvenosi butun
uzunligi bo’yicha itarilgandan keyin, quvurlarning xuddi shunday yangizvenosi payvandlanadi va jarayon
takrorlanadi. Ushbu usulni toshsiz va shag’alsiz gruntlarda qo’llanilib, qazib o’tish tezligi 1,5 m/soat ga
yetishi mumkin.
Kotlovanning chuqurligi trassa chizig’ining boshlang’ich nuqtasida quvurlar joylashishi va
yo’naltiruvchi qurilmalarning konstruktsiyasiga bog’liq bo’ladi. Gidravlik domkrat uchun tayanch devor
yog’och g’o’lalardan, temirbeton plitalardan yoki po’lat tayanchdan barpo etiladi. Quvurning gruntga
ishqalanish kuchini kamaytirish uchun uchlik diametri teshadigan quvur diametriga qaraganda kattaroq
diametrda olinadi, quvurni gruntga siljitib kiritish konussimon uchlik yordamida gruntni zichlash evaziga
amalga oshiriladi.
Gidravlik domkrat nasoslari yer yuzasidakam siqiladigan gruntlarda (qum, loyli qum)
joylashtirilib. quvurning me’yoriy ko’chishini ta’minlash uchun domkratdan beriladigan gorizontal
kuchlarga qo’shimcha tarzda ko’ndalang va titratuvchi kuchlar beriladi.
Hozirgi paytda transheyasiz texnologiyaning ancha ilg’or usullari keng qo’llanilmoqda. Bu
usullarning umumiy mohiyati shundan iboratki, bunda dastlab gruntda quduq tayyorlanadi, so’ng unga
kommunikatsiyalar yotqiziladi. Gruntda quduq tayyorlash uchun uchta asosiy turdagi jihozlar
qo’llaniladi: gorizontal, qiya va yo’naltiribburg’ilash, pnevmatik teshik teshgichlar va mikroshchit
moslamalari.
|
| |