Qiya (gorizontal) yo’naltirilgan burg’ilash qurilmalari




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/57
Sana03.08.2024
Hajmi3,21 Mb.
#269076
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Qiya (gorizontal) yo’naltirilgan burg’ilash qurilmalari
diametri 50...1420 mm bo’lgan 
quduqlarni 0,5 km uzunlikda kavlashda qo’llanadi. Bu qurilmalarning ajralib turuvchi o’ziga xos jihati 
shundaki, ular ro’para kelgan to’siqlarni aylanib o’tish bilan quduqlarni egri chiziqli trassa bo’yicha 
tayyorlash va bir vaqtning o’zida ularning ichidan, jumladan suvli to’siqlar tubi ostidan ham har xil 
turdagi kommunikatsiyalarni tortib o’tkazish imkonini beradi. 
Bu texnologiyaning mohiyati quyidagilardan iboratdir. Ishlarning birinchi bosqichida 
rejalashtirilgan trassada nazorat qilishning kompьyuterlitizimi yordamida burg’ilash boshchasi yoki 
diametri 60...150 mm bo’lgan qirqgich bilan shtanganing uzatmali moslamasiga montaj qilingan pilotli 
quduq burg’ilab kavlanadi. Burg’ilash boshchasi berilgan nuqtada ochiq yuzaga chiqqanda u yechiladi va 
uzatmali shtangaga diametri 200 dan 1420 mm gacha bo’lgan kengaytirgich biriktiriladi (quduqqa 
tortilayotgan kommunikatsiya diametriga bog’liq holda), unga vertlyuga (sirg’a) yordamida 
quvuro’tkazgich yoki kabelь birlashtiriladi. So’ngra shtanga aylantirib tortib cho’zilganda pilotli quduq 
kengaytiriladi va bir vaqtning o’zida kengaytirilgan quduqqa kommunikatsiya tortiladi.
Pilotli quduqni burg’ilash jarayonida ichi bo’sh uzatmali shtanga bo’yicha burg’ilash 
boshchasiga yuqori bosim ostida (800 atm gacha) bentonit qorishmasi uzatiladi. SHunga o’xshash tarzda 
orqaga qaytishda kengaytirgichga xuddi shunday qorishma uzatilinadi, u quduq devorlari ag’darilishining 
oldini oladi va quduqqa yotqiziladigan kommunikatsiyalarning tortilishini yengillashtiradi.
Transheyasiz qazib o’tish uchun gorizontal yo’naltirilgan burg’ilash qurilmalaridan eng yaxshisi 
– grunt raskatchik qo’llaniladi. Gruntni to’plab va quduqdan uni chiqarib oluvchi burg’ilovchi asbobdan 
farqliroq, grunt raskatchik, tog’ jinsiga burab kirgiziladi, uni radial yo’nalishda zichlaydi va suradi. Quvur 
devorlari shunchalik zichlanadiki, ularni bentonit qorishmasi bilan mahkamlashga ehtiyoj qolmaydi, 
raskatchik o’tgandan so’ng kommunikatsiya atrofidagi grunt cho’kmaydi,jumladan yotqizilgan quvurni 
eskpluatatsiya qilish davrida ham bu grunt cho’kmaydi, bu esa uning xizmat qilish muddatini ancha 
oshiradi. Raskatchikning burg’ilash asbobidan farq qiladiganmuhim jihati raskatchikning o’zi buralib 
kiruvchi mexanizm bo’lganligi tufayli, bu uni grunt ichida surish uchun sezilarli ravishda kam bosuvchi 
kuch talab qilishidadir. 
SHuning uchun raskatchikka ancha kichik quvvatli nasos stantsiyasi talab qilinadi. Bundan 
tashqari raskatchik uzatmasini montaj qilishda o’qli bosuvchi zo’riqishni qabul qilish uchun burg’ilovchi 
asboblarga nisbatan kam quvvatli ankerli moslama talab qilinadi. Diametri 80, 140, 200, 260 va 370 mm 
bo’lgan quduq qazuvchi raskatchiklarni ishlab chiqarish o’zlashtirilgan.
Raskatchiklarni to’ldiriladiganqoziq, anker, grunt ichidagi devorlarni qurish, gruntni tekshirish 
va chuqur zichlash uchun qo’llash mumkin. Raskatchik yordamida quvuro’tkazgichlarni ham ta’mirlash 
mumkin: raskatchik eski quvurga burab kirgiziladi, uni buzadi va bir vaqtning o’zida yangi quvurni 
ichkariga (eski quvur o’rniga) tortadi. 

Download 3,21 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qiya (gorizontal) yo’naltirilgan burg’ilash qurilmalari

Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish