Grunt yuzasini isitkich materiallar bilan berkitish.
Buning uchun arzon mahalliy materiallar -
daraxt barglari, quruq mox (zaxda o’sadigan o’t),torfli mayda-cho’yda, poxol to’shamalar, kipiq, qirindi,
qordanfoydalaniladi. Eng oddiy usul – qatlamining qalinligi 20...40 sm bo’lgan bunday isitgichlarni
bevosita grunt yuzasi bo’yicha joylashlashtirishdan iboratdir.Bunday yuzali isitish asosan yuzasi bo’yicha
katta bo’lmagan qazilmalar uchun qo’llanadi.
Havoli qatlam bilan berkitish.
Yanada samarali yo’llardan biri mahalliy materiallar va havoli
qatlam bilan birgalikda berkitishdir. Buning uchun oldin grunt yuzasida qalinligi 8...10 sm bo’lgan tag
to’sinlar joylashtirili bularni o’stiga qalinligi 15...20 sm qalinlikda shamol uchirib ketmaslik choralari
bilan pushtaxta (taxtaning po’stloq bilan qoplangan qismi) yoki boshqa qo’lostida bo’ladigan
materiallardan shox-shabba, xivich novdalar, qipiq, yog’och payraxalar to’kilib chiqadi.Isitiladigan
maydonning yon tomonlarini har tomondan 2...3 m ga kengaytirish maqsadga muvofiqdir, chunki bu
narsa gruntni nafaqat yuqoridan, balki yon tomondan ham muzlashdan himoyalaydi.