Statik ta’sir
maxsus ishchi organ – tish-yumshatgichning uzluksiz kuchi ta’siri ostida muzlagan
gruntni kesishga asoslangan bo’lib, bu ishchi organ gidravlik ekskavatorning ishchi jihozi – “teskari
cho’mich” yoki traktorga osilgan osma jihoz bo’lishi mumkin (5.21-rasm).
5.42 – rasm. Muzlagan gruntni dinamik ta’sir ostida yumshatish:
a – to’qmoqning erkin tushishi bilan gruntni yumshatish sxemasi; b – gruntni dizelь-bolg’a bilan
yumshatish; v – vibrobolg’a bilan gruntni yumshatish;
g – 1,5 m chuqurlikkacha muzlagan gruntni xuddi shunday yumshatish; d – 1,5 m dan
pastroqqacha muzlagan grunti xuddi shunday muzlatish; 1 – to’qmoq;
2 – ekskavator; 3 – gruntning muzlagan qatlami; 4 – yo’naltiruvchi shtanga;
5 – dizelli bolg’a; 6 – vibrobolg’a.
5.43-rasm. Dizelь bolg’a va “to’g’ri cho’michli” ekskavatorning birgalikda
ishlash sxemasi
2.
Er ishlari sifatini nazorat qilish
Er inshootlarini barpo etish jarayonlari doimiy ravishda nazorat qilinadi va shu bilan birga
tekshiriladi:
qazilma va to’kilmaning joyidagi holati (plandagi va balandligi bo’yicha);
er inshootlarining geometrik o’lchamlari;
inshootlar zaminida joylashgan gruntlarning xususiyatlari;
to’kilmali inshootlarni qurishda ishlatiladigan gruntlarning xususiyatlari;
gruntlarni to’kilmalarga joylashtirish sifati va qayta to’ldirishlar (yotqizilgan va zichlangan
gruntlarni tavsiflari (ta’rif)).
Ishlarni bajarish sifatini doimiy nazoratini injener –texnik xodimlar bajaradi, operatsion nazorat
qurilish laborotoriyasining geodezik xizmat vakillarini jalb etib bajariladi.
Inshootning joydagi holati va o’lchamlarini nazorat qilganda qo’yidagilar tekshiriladi: yer
inshootlarining planda joylashishi va ularning o’lchamlari; yuqori cheti va tubining sathi (otmetka);
to’kilmaning cho’kishini e’tiborga olgan holda yuqorisining sathi, tekislangan yuzalar sathi; qazilma va
to’kilmalar qiyaligining og’ishi. Ushbu nazorat geodezik asboblar yordamida, shuningdek oddiy
instrument va moslamalar –qurilish shaytoni, ruletka, metr, shovun, shablon, qiyalik hosil qiluvchi,
o’lchov reykalari, ishorat qoziqlari to’plamidan foydalangan holda bajariladi.
Inshootlar zaminidagi, karьerlar (rezerv), to’kilma va qayta to’ldiriladigan gruntlarning
xususiyatlarini baholash ularning inshootlar zaminini loyihalash jarayonidagi talablarga mos kelishini
aniqlashdan iboratdir. Buning uchun sifat mezoni bo’lgan asosiy tavsiflar – zichlik va namlik aniqlanadi.
Ayrim inshootlar uchun zaruriyat bo’lganda gruntning granulometrik tarkibi, siljish koeffitsienti,
filьtratsion xususiyatlari nazorat qilinadi. Asosiy xususiyatlarni baholash odatda tabiiy holatdagi grunt
massividan yoki joylashtirilgan va zichlangan gruntdan olingan namunalarda o’tkaziladi.
Grunt sifatini baholash uchun namunalar zamin, kar’er va rezervlarda 0,5 m va undan chuqurroq
shurflardan olinadi. Namuna tanlash to’r bo’yicha bajariladi: bir jinsli gruntlarda tomonlar uzunligi
50...100 m bo’lgan kvadratning har bir burchagidan, bir jinslimas gruntlarda qo’shimcha ravishda har xil
gruntli uchastkalarning hammasidan olinadi. Ko’tarma va qayta to’ldirilgan joylarda namuna olish
qirquvchi halqalar usuli bilan (bog’langan va yirik qushimchasiz qumli gruntlarda), shag’al-qumli va
qushimchalari yirik fraktsiyali kichik donali gruntlarda o’yma (lunka) usuli bilan olinadi. Vertikalь
tekislashning ko’tarmalarida gruntning nazorat namunalari shaxmat tartibida har 20...40 m dan olinadi,
inshoot bo’shliqlarni qayta to’ldirishda uning qirrasidan 0.3 m masofada olinadi.
|