Yer inshootlarining turlari
Gruntni ishlash natijasi bu yer inshooti bo’lib, u grunt massivida gruntdan qurilgan yoki grunt yuzasida
barpo etilgan, muhandislik inshootini ifodalaydi. Yer inshooti quyidagilarga bo’linadi:
grunt yuzasiga nisbatan
– qazilma, ko’tarma, yer ostida qazilmalari, qayta to’ldirishlar;
xizmat muddati bo’yicha
doimiy va vaqtincha;
funktsional maqsadi bo’yicha
– kotlovan, transheya, chuqurlar, quduqlar, uyumlar, to’g’onlar, dambalar,
yo’l ko’tarmalari, tunnellar, tekislangan maydonlar, yer osti qazilmalari;
geometrik o’lchamlari va fazoviy shakli bo’yicha
–chuqur, sayyoz, uzun o’lchovli, to’plangan, oddiy,
murakkab va boshqalar. Eng xarakterli yer inshootlari 5.1 rasmda keltirilgan.
Doimiy inshootlarga
– uzoq muddat xizmat qilish uchun muljallangan – yerli to’g’onlar,
kanallar, relьsli va relьsiz yo’llarning tushamasi, tekislashda barpo etiladigan qazilmalar va to’kmalar.
Vaqtinchalik
yer inshootlariga turar joy va sanoat
binolarining poydevorlari, ko’priklar va
to’g’onlarni barpo etishda kavlanadigan qazilmalar, vodoprovod, oqava suv, gaz va boshqa tarmoqlarni
yotqizish uchun qazilgan transheyalar, vaqtinchalik yo’llarning ko’tarmalari kiradi.. Har bir
yer inshooti
turg’un, mustaxkam va suv bilan yuvilishdan himoyalangan bo’lishi kerak.