utkazish uchun obnoskalarda uzilishlar hosil qilinadi.
Obnoskaga asosiy rejalash o’qlari ko’chiriladi va ulardan boshlab binoning barcha asosiy o’qlari
belgilanadi. Hamma o’qlarobnoskada mixlar bilan yoki qisqacha arralanib mahkamlanadi va raqamlanadi.
Metall obnoskalarda o’qlarni belgilash bo’yoq bilan amalga oshiriladi. Kotlovanning o’lchamlari yuqorisi
bo’ylab, qazilgandan so’ng pasti bo’ylab, hamda boshqa ahamiyatli no’qtalari ko’zga yaxshi ko’rinadigan
qoziqchalar va ishora qoziqlari bilan belgilanadi. Binoning yer ostki qismi barpo etilgandan so’ng asosiy
rejalash o’qlari uning tsokolь qismiga ko’chiriladi.
Uzun o’lchovli inshootlar (transheyalar) uchun faqat ko’ndalang obnoskalar o’rnatilib, trassaning
to’g’ri uchastkalarida har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda har 20 m da o’rnatiladi. SHuningdek,
obnoskalar har bir piketda, trassa profili keskin o’zgargan no’qtalarda urnatiladi.