bilan to’ladi), suvga to’yingan qum esa eng kam hajmga ega bo’ladi (og’ir qum tubga cho’kadi, suv
bo’shliqlardan havoni siqib chiqaradi va o’zi yuqori qatlamga ko’tariladi), qum quruq holatda oraliq
holatni egallaydi (zarrachalar orasidagi bo’shliq havo bilan to’ladi).
Loyli (gilli) gruntlar
– bog’lovchi va plastiklik xususiyatga ega. Loy ko’p
suvni singdiradi va
bunda kuchli shishadi. Muzlaganda suvninghajmi 9% ga oshadi, buning natijasida
loyli gruntlar kuchli
shishadi,gruntlar quriganda akkarkasa ya’ni qiyinchilik bilan namlikni beradi,
hajmi kamayadi va
yoriladi. Nam holatda, loy plastik va deyarli suv o’tqazmaydi,
namlik oshgan sari loy
zarrachalariningtishlashishi kamayadi, loy oqava suvda oson yuviladi.
Qumli loy
loyning xususiyatiga ega,
loyliqum
– qum xususiyatiga ega.Loyli gruntlarda sog’
(lyoss) tuproqli gruntlaralohida ajralib turadi. Quruq holatda sog’ tuproq (lyoss) sezilarli mustaxkamlikka
va qattiqlikka ega, lekin unga suv tekkanda u uni yengil shimadi, bunda suv yoyilib ketadi, hajmi keskin
kamayadi, yuk ko’tarish qobiliyatini tez yuqotadi, cho’kuvchan bo’lib qoladi.
Gruntning granulometrik tarkibi
. Gruntni tashkil etuvchi zarrachalarining o’rtacha o’lchamiga
bog’liq ravishda mm, ular quyidagilarga bo’linadi:
loyli – <0,005; changsimon – 0,005...0,05; qum – 0,03...3;
shag’al – 3... 40; chaqiq tosh – 40..200; tosh, xarsangtosh – >200
Qumlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: mayda – hajmining 50% dan ko’prog’ini
0,1...0,25 mm o’lchamdagi zarrachalar tashkil etadi; o’rta – xuddi shunday 0,25...0,5; yirik – 0,5...3mm.
Ko’p gruntlarda loyli zarrachalarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega.Grunt
hajmida loyli
zarrachalarning miqdoriga qarab gruntlar quyidagilarga ajraladi:qum–<3%; loyli qum– 3...10%; qumli
loy –10...30%; qumli loylar – 30...60%; og’ir loy – >60%
Grunt namligi
gruntning suvga to’yinganlik darajasini tavsiflaydi va gruntdagi suv massasining
gruntdagi qattiq zarrachalarga nisbati bilan aniqlanadi. Namligiga qarab gruntlar kam namlangan (5%
gacha) nam (30%gacha), suvga to’yingan (>30%) bo’ladi. Nam va suvga to’yingan grunt g’ovaklarida
joylashgan suvlar grunt suvi deyiladi.