|
1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibiyumshatish
qoya toshli, muzlagan va boshqa turdagi zich hamda ishlov berish qiyin
bo’lgan gruntlarda bajariladi. Ushbu maqsadda ekskavator strelasiga osma uskunalar –shar yoki qoziqli
bolg’alar osiladi, traktor yoki bulьdozerga tirkamali yumshatgich yoki plug ildiriladi.Juda ham zich
gruntlarni yumshatishda portlatish ishlari qo’llaniladi.
Er ishlarini bajarishda yordamchi jarayonlar
Qazilma devorlarini vaqtincha mahkamlash
Bino inshootning yer osti qismini barpo etishda qazilma qiyaliklariga va devorlarga alohida
talablar qo’yiladi.Ularni mahkamlash zarurligi shu bilan bir qatorda mahkamlovchi konstruktsiyalar,
barpo etilayotgan inshootning yer osti qismi konstruktsiyalari va gidrogeologik sharoitlarga bog’liq.
Er osti suvlari mavjud bo’lmagan tabiiy namlangan gruntlarda tik (vertikalь) devorlar
mahkamlanmasligiga ruxsat etiladi:qumli va yirik toshli gruntlarda qazilma chuqurligi 1m; loyli qumlarda
– 1,25m; qumli loy va loylarda – 1,5 m; o’ta zich gruntlarda – 2m dan oshmaganda.
Katta chuqurlikda qazilma devorlariningo’pirilishi va ko’chishining oldini olish uchun ular
qiyalik bilan barpo etiladi, ularning parametri QMQ bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi.Qiyalik bilan
barpo etishning zarurligi o’z navbatida yer inshootlari gabaritlarining ma’lum miqdorda ortishiga, shu
bilan birga grunt ishlari hajmi, material va mehnat sarfi oshishiga olib keladi.
Er ishlari hajmini kamaytirish uchun,shuningdekqurilish maydonining torligi sababli
qazilmalarni qiyalik bilan qazishning iloji bo’lmagan hollarda yoki grunt suvlari mavjud bo’lgan
vaziyatdaqazilmalar vertikal devorlar bilan quriladi.
Er inshootlari devorlarini vaqtincha mahkamlash, yog’och yoki po’lat shpuntlar bilan,devorlarni
tirgakli mahkamlovchi tayanch ustunliyog’och shchitlar bilan bajarilishi mumkin. (5.6. rasm).
SHpuntli to’siq
mavjud usullardan eng ishonchlisi, lekin u eng qimmatlisidir ham. SHpunt
mavjud bino va inshootlar yaqinidagisuvga to’yingan gruntlarni qazishda qo’llaniladi. Gruntga bo’lajak
kotlovan chuqurligidan 2...3m chuqurroqqa (hisobiy ko’rsatgich) temir yoki yog’ochli shpunt qoqiladi,
shunda qazilma tashqarisidagi gruntning turg’unligi va tabiiy holati ta’minlanadi. Temir ustunlar sifatida
prokat profillar (shveller, dvutavr, quvurlar) yoki maxsus ishlab chiqarilgan prokatdan foydalaniladi
(5.6.d- rasm).
SHpunt yaxlit yagona devor ko’rinishida bo’lishi mumkin, agar uzlukli bo’lsa,qazish chog’ida
ustunlar orasida yog’och zabirka – shchitlar, alohida taxtalar, to’rt qirrali yog’och bruslar lar qoqiladi.
|
| |