|
1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibiTirgakli mahkamlash
odatda keng kotlovanlarni qaziganda kotlovanlarning ichiga joylashtirilib
qurilib boriladi. Mahkamlagich ustun bilan gruntga taqalgan shchitlar va taxtalar, tiramaga siqilib
kiradigan vabo’shatiladigan tirgaklardantashkil topgan. Tik ustun-tirgaklar gorizontal va og’ma tirgak
hisobiga turg’unlikni egallaydi,bunda hosil bo’lgan yotiq anker siljishi uchburchakning burchagida
birlashgan tirgakhamda tortqi hisobiga turg’unlikkni egallaydi.Taxta shchitlar kotlovan devorlari va
ustun-tirgaklar orasiga o’rnatiladi, ular orasidagi bo’sh masofaga, bir butun konstruktsiya hosil qilish
uchun grunt solinadi va u shunda har doim turg’un bo’ladi. Bunday mahkamlashni qo’llash cheklangan,
chunki kotlovanda joylashgan tirgak va tirgovichlar asosiy ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi.
Ishlar bajarilgan sari kotlovan va transheyadagi mahkamlagichlar pastdan yuqoriga qarab
ko’chirib olinadi.
Gruntlarni sun’iy qotirish
Gruntni qotirish bu mavjud turli usullarning yig’indisi bo’lib, ularni qo’llash natijasida gruntning
mustahkamligi oshadi, natijada u yemirilmaydigan, qotirishningalohida usullari qo’llanilganda grunt suv
o’tqazmaydigan bo’lib qoladi va uningagressiv grunt suvlariga qarshiligi oshadi.
Gruntni qotirish qazilayotgan qazilma atrofida suv o’tkazmaydigan ekran hosil qilishda yoki
gruntli zaminning yuk ko’tarish qobiliyatini oshirishda qo’llaniladi.Gruntning fizik-mexanik xususiyatiga
va talab etilgan mustahkamlik tasnifiga qarab,qotirishning maqsadi va qotiriladigan gruntning boshqa
xususiyatlariga qarab gruntni qotirish usullari - tsementlash, silikatlash, bitumlash, termik, kimyoviy,
elektrokimyoviy va boshqa sun’iyqotirish usullari qo’llaniladi.
TSementlash
yirik va o’rta donali qum hamda yoriqliqoyatosh jinslarni qotirish uchun bosim
ostida gruntga in’ektor orqali tsement qorishmasiniyuborish bilan amalga oshiriladi. Inьektor (5.7-rasm)
alohida zvenolardan tuzilgan silliq vaperforli (teshilgan) uzunligi 1,5m va ichki diametri 19...38mm
bo’lgan quvurdan tuzilgan; pastki qismida o’tkir uchlik, yuqori tepa qismida kallak-nagolovnikka ega
bo’lib, unga bosim ostida qorishma yuborish uchun shlang ulangan. Inьektorlarni 15m chuqurlikgacha
pnevmatik (siqilgan havo bosimli) to’qmoqo’rib titratib, vibrochuktirgichlar bilan botiriladi(kirgiziladi),
katta chuqurlikka boktirish uchun oldindan quduq burg’ilanadi, unga quvurlar tushiriladi.
Qotirilayotgan gruntning aniqlangan tasnifiga bog’liq holda, gruntning hisobiy mustahamlik
qiymatlariga qarab massa bo’yicha 1:1 dan 1:10 gacha bo’lgan tarkibda tsement qorishmasi
(tsement:suv)inьektorlar orqali yuboriladi; odatda inьektor quvurining 1pog. m. ga to’g’ri keladigan eng
maqbul (optimal) bosim 1atm ga tengdir. Qotirish radiusi yorilgan qoyatoshlarda 1,2...1,5 m, yirik donali
qumlarda 0,5..0,75 m, o’rtacha yiriklikdagi qumlarda 0,3...0,5m gacha bo’ladi. Qotirilgan gruntlarning
mustaxkamligi 3,5 MPa ga yetishi mumkin. Kerakli yutilishga erishilganda yoki berilgan bosimda
qorishma sarfi keskin kamayganda (20 min davomida quduqqa o’zatiladigan qorishma 10 l dan kam
bo’lsa) quduqqa bosim ostida qorishma yuborish to’xtatiladi.
|
| |