|
rasm. Gruntlarni kimyoviy qotirish5.8 rasm. Gruntlarni kimyoviy qotirish:
a – nuqtali qotirish; b – massivlarni qotirish; 1 – in’ektor;
2 – qotirish zonasi; 3 – in’ektorning teshikli qismi.
Lyossligruntlarga 5 atm (0,5 MPa) gacha bosimda faqat suyultirilgan shisha yuboriladi, u grunt
tarkibidagi kalьtsiy tuzlari bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida erimaydigan gelь hosil bo’ladi
(kremniyli kislota + kalьtsiy oksid gidrat – sernokisliy natriy).
5.3-jadval
Silikatlashda mustahkamlik va qotirish radiusi
Gruntlar
Mustahkamlik, MPa
Qotirish radiusi, m
Yirik donali qumlar
3.0...3,5
1,3...2,5
Mayda donali qumlar
1,5...2,0
0,8...1,0
Loy qatlam
0,4...0,5
0,3..1.0
Sog’ tuproq(lyossli)
0,6...0,8
0,3...1.0
Bu usul shaxta va tunnellar kavlashda hamda metropoliten qurilishida keng qullaniladi.
Bitumlash
qumli va kuchli yoriqli gruntlarni mahkamlash uchun, eng asosiysi ulardan suv
filьtratsiyasini to’xtatish uchun qo’llaniladi. Avvaldan burg’ilangan quduqlarga o’rnatilgan inьektorlar
orqali gruntga issiq bitum bosim ostida yuboriladi. Elektr toki bilan isitiladigan inьektorlargaissiq bitum
qozondan quvurlar orqali nasos yordamida 50...80 atm ga (5...8 MPa) yetadigan bosimda o’zatiladi.
Inьektor ikki quvurdan iborat bo’lib, uning ichki quvuribitum chiqishi uchun teshiklarga ega bo’lib, u
bitum chiqishini ta’minlash uchungruntga tashqi quvurdan ham pastroqqa tushiriladi.Bitumni bosim
ostida yuborish bir necha harakat bilan amalga oshiriladi. Birinchi marta 2...3 atm (0,2...0,3 MPa) bosim
ostida bitum yuborilganda bitumning hamma bo’shliqlariga oqib kirishiga imkon beriladi va bunda hajm
kamayib, grunt qota boshlaydi. Keyingi bosim ostida yuborishdan oldin bitum inьektorning
elektrisitkichiyordamida isitiladi. Qumli gruntlarni sovuq bitum emulьsiyasi bilan qotirish mumkin.
|
| |