1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/57
Sana03.08.2024
Hajmi3,21 Mb.
#269076
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Greyfer turlari 
“Teskari cho’michli” ekskavator
(5.10b-rasm) o’zi turgan sathdan pastda joylashganva 
chuqurligi asosan 6m gacha bo’lgan kotlovan hamda chuqurligi 7,6m gacha bo’lgan transheyalarni 
qazishda qo’llaniladi. Teskari cho’michli ekskavatorning bir tsikliga sarflangan ishvaqti to’g’ri 
cho’michlinikiga qaraganda 10...15% ko’pdir. Qazilmalarni yaruslab qazishdabu ko’rinishli jihoz amalda 
qo’llanilmaydi. 
Teskari cho’mich―bu osti ochiq vaold qismi kesuvchi cho’mich bo’lib,dasta bilan sharnirli 
biriktirilgan, u o’z navbatida strela bilan sharnirli biriktirilgan.Orqaga tortilgan sari cho’mich grunt bilan 
to’la boshlaydi. So’ng dastaning tik holatida cho’mich to’kiladigan joyga o’tkaziladi va ko’tarilib bir 
vaqtning o’zida undagi grunt ag’darilib to’kiladi. 
“Teskari cho’mich” bilan gruntni qazish ro’parava yonlama zaboyni qullab transportga ortib yoki 
uyumga to’kib amalga oshiriladi. (5.13-rasm). 
Yonlama zaboyda
ekskavator qazilmani yonidan qaziydi, 
qazilma eni kesish radiusi bilan chegaralanib (eng qulayi 0,8 
), qazish gusenitsa lentasiga ko’ndalang 
holda ya’ni ekskavatorning eng kam turg’un holatidaamalga oshiriladi.Rupara zaboyda gruntni qazish 
ekskavatorning sekin-asta orqaga yurishida amalga oshirilib, zaboy tubidan yoki tabiiy yer usti yon 
tomonidan uzatilinadigan transport vositasiga to’kiladi.Zaboy eni mexanizmning faqat me’yoriy ish 
unumdorligi talabi bo’yicha cheklangan bo’lib va u 1,5...1,6R
kes
ni tashkil etadi. Ro’para zaboyda 
ekskavatoro’z strelasini dastasi bilanbirgalikda gusenitsalar orasidagi eng past holatga tushiradi, 
shuninguchun eni kichik transheyalarning qazish chuqurligi eni katta transheyalarga qaraganda kattaroq 
(chuqurroq) bo’ladi. 
 
5.13-rasm. Qazilmalarni teskari cho’mich bilan qazishning texnologik sxemalari: 
1–ekskavator; 2–samosval; 3–nishonlar (ishorat belgilari). 
Zaboyning eng kichik chuqurligi cho’michning to’liq to’lishi (“telpakli” to’lish) sharti bilan 
aniqlanib,bu shart bog’lanmagan gruntlar uchun 1,0..1,7m ni, bog’langan gruntlar uchun 1,5..2,3mni 
tashkil etadi. Qazish yo’lining eni qazishning eng katta radiusiga bog’liq bo’lib, u gruntni transportga 
ortishda 1,2...1,5 R
0
ga teng qilib, gruntni uyumga joylashtirishda esa 0,5...0,8R
0
ga teng qilib qabul 
qilinadi. 
Odatda,eni 14m gacha bo’lgan kotlovanlarni qazish ekskavatornizigzagli harakatida ro’para 
qazish orqali amalga oshiriladi, katta enlikdagi kotlovanlar esa ko’ndalang–yon tomon yoki buylama–yon 
tomon qazish bilan qaziladi. 
Amaldagi DS talablariga muvofiq “Universal to’liq buriladigan ekskavatorlar”uchun hozirgi 
vaqtda ekskvatorning asosiy ishchi jihozi teskari cho’michdir.Ekskavator to’g’ri cho’mich, bikr greyfer, 
gidroto’qmoq, tish-yumshatgich, hamda har xil sig’imli va turli vazifalarni bajaruvchi almashtiriladigan 
jihozlar bilan komplektlanishi(to’plamlanishi) mumkin. 
Gidravlik ekskavatorlar quyidagi asosiy afzalliklarga ega: 

yangi 
mashinalarningmexanik 
(arqon) 
yuritmalimashinalarga 
qaraganda 
ish 
unumdorliginingkeskin oshishi; 

mashinalar solishtirma materiallar sarfi (sig’imi) va solishtirma energiya sarfi (sig’imi)ning 
kamaytirilishi; 



gidravlik ekskavatorlarning universalligini almashtiriladigan jihozlar va ishchi organlari sonini 
40 tagacha yetkazish hisobiga kengaytirish; 

ishchi jarayoning avtomatlashtirilganligi; 

boshqarish sistemasining tubdan takomillashtirilganligi va mashinistlar uchun qulay sharoit 
yaratilganligi; 

mashinalar estetik ko’rinishining yaxshilanganligi; 

gusenitsali mashinalar yurish qismlari sifatining tubdan oshirilganligi. 
Hamma turdagi universal ekskavatorlar orasida gusenitsali ekskavatorlar yetakchi o’rinni 
egallaydi, chunki g’ildirakli ekskavatorlar bilan solishtirganda ular massasi buyicha chegaralanmagan. 
Ko’pgina davlatlarda sanoat va fuqaro qurilishida asosiy yer ishlar xajmini bajaruvchi massasi 10...50 t li 
gusenitsali gidravlik ekskavatorlar eng keng tarqalgan. 
Ishchi parametrlar (kovsh sig’imi, kovlash chuqurligi to’kish balandligi) ekskavatorning 
ekspluatatsion massasiga uzviy bog’liq, shuning uchun og’irligi 50 t gacha bo’lgan yangi ekskavatorlar 
loyixalanayotganda bu parametrlar juda kam farqlanadi. 
Firmalarning asosiy diqqat e’tibori bir cho’michli ekskavatorlarningalmashtiriladigan jixozlari 
va ishchi organlarini takomillashtirishularning sonini ko’paytirishga qaratilgan. Eng avvalo bu turli 
turdagi cho’michlarni ishlab chiqish, uzaytirilgan dastalar, qo’shimcha dastalar, uzaytirilgan strelalar, 
qazish o’qi so’rilgan ishchi jixozlar, qiyaliklarni tekislash-planirovka qilish uchun cho’michlar, 
ejektorto’shiruvchi cho’michlar.Yurish moslamalarini takomillashtirishga katta ahamiyat berilyapti, 
ayniqsa keng tarqalgani gusenitsaliklarga.Bu mashinalarningyurishini va turg’unligini oshiradi va katta 
sig’imli cho’michlar bilan jihozlash uchun sharoit yaratadi. 
Oxirgi yillarda yangi ko’rinishdagi gidravlik ekskavatorlarni qo’llash ko’lami ishchi jihozlar va 
ishchi organlarni o’rnatish hisobiga ancha kengaydi. Bu o’z navbatida ulardan binolarni demontaj 
qilishda, tunellarni o’tkazishda foydalanish imkonini yaratdi. Ekskavatorlarga atrof muhitni himoya 
qilish, tashqi shovqinni pasaytirishni ta’minlash va dvigateldan chiqayotgan gaz tarkibini boshqarish 
bo’yicha yuqori talablar quyilayapti. 
Gusenitsali ekskavatorlarning asosiy texnik (xarakteristikasi) tasniflari: 
ekskavator massasi – 23,5 dan 41,0 t gacha; 
asosiy cho’mich sig’imi – 0,9 dan 2,3 m
3
gacha; 
kovlash chuqurligi – 5,24 dan 8, 24 mgacha; 
to’kish balandligi – 4,9 dan 7,5 mgacha; 
dvigatel quvvati – 110 dan to 216 kVtgacha; 
harakatlanish tezligi – 3,4 dan 7.0 km/sgacha; 
gruntga bo’lgan bosim – 0,048 dan 0,080 MPagacha; 

Download 3,21 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi

Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish