• 5.15 – rasm. Mini ekskavatorlar . Bir cho’michli ekskavatorlarning o’ziga xos jihatlari.
  • 1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/57
    Sana03.08.2024
    Hajmi3,21 Mb.
    #269076
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
    Mini ekskavatorlar
    keyingi yillarda ayniqsa tor sharoitlarda ishlar bajarilayotganda yoki yer 
    ishlarini bajarishda yuqori aniqliq talab qilinganda keng qo’llanilmoqda. Mini ekskavatorlar og’irligi 
    bo’yicha quyidagi to’rt o’lchamli guruhga bo’linadi: 1,5; 2,5; 3,5 va 5,0 t. Ekskavatorlarning yuqori 
    turg’unligini saqlash uchun ulariloji boricha uzun va keng gusenitsalar hamda chiqib turuvchi tayanch 
    vazifasini bajaruvchi mustahkam bulьdozer surgichi bilan jihozlangan. Bular ekskavator guruh 
    o’lchamlariga bog’liq ravishda surgich yerga tushirilganda 2,3...3,7m ga teng bo’lgan kovlash 
    chuqurligiga va 2,6...3,7m ga teng bo’lgan to’kish balandligiga ega bo’lish imkoni beradi. 
    Mini ekskavatorlar uchun keng miqyosda almashtiriladigan ishchi organlar to’plami nazarda 
    tutilgan. Standart cho’michlar turli enlikda va maxsus vazifalar uchun ishlab chiqarilib, ular loyli gruntlar 
    uchun cho’michlar, eni 800 va 1000 mm transheyalarni tozalash uchun ejektorli, o’tkir cho’michlar, 
    bundan tashqari gidroto’qmoq; va shnekli burg’i bilan, jihozlangan cho’michlar. 
    Bunday ekskavatorlar kompaktligi va yuqori manevrligi ajralib yirik yer qazuvchi texnika ishlay 
    olmaydigan yerlarda ishlashi mumkin 
    Mini ekskavatorlardan bino ichkarisida, inshoot devorlariga yaqin joylashgan poydevor 
    kotlovanlarini qazishda, kabel va quvur yo’llarni yotkizish uchun transheyalarni qazishda, yo’l 
    qurilishida, devor to’siqlarini tayanch ustunini o’rnatish uchun chuqur qazishda, daraxt o’tqazish va 
    hududni obodonlashtirish ishlarida, gidro to’qmokni qo’llab demontaj ishlarini bajarishda foydalaniladi. 


    5.15 – rasm. Mini ekskavatorlar

    Bir cho’michli ekskavatorlarning o’ziga xos jihatlari.
    Ekskavatorlarningish unumdorligini 
    rejalashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: 

    cho’michning to’lish koeffitsienti 0,75 – 1,1 chegarada o’zgaradi; 

    ekskavatordanfoydalanish zaboyda ko’chirishda yo’qotilgan vaqtnihisobga olgan holda K= 
    0,92...0, 98;

    ekskavtorning zaboyda yuksiz yurishi bo’yicha yo’qotilgan vaqtnihisobga olgan holda undan 
    foydalanish K = 0,74...0,94;

    gruntni yumshatilish koeffitsienti keng oraliqlarda o’zgaradi: yengil gruntlar uchun – 0,88; 
    o’rtacha gruntlar uchun – 0,8; og’ir gruntlar uchun – 0,75; va qoyatoshli gruntlar uchun – 0,67. 
    Ekskavatorlarni ob’ektlarda qullash samarasi bir oylik mehnat unumdorligida: 
    CHo’mich sig’imi, m
    3
    ................... 0,5 1,0 2,0 
    Unumdordorlik, ming m
    3
    ......0,8...1,2 1,2...2,0 2,0...3,3 
    Ayrim holatlarda bir cho’michli ekskavatorlar bilan ( eski markali shu qatorda boshqaruvi 
    arqonli bo’lgan) zaminga zarar yetmaslik va ortiqcha qazilishini oldini olish uchun, transheya va 
    kotlovanlar loyixa chuqurligidan 5... 10 sm kam qaziladi. Bunday holatlarda ekskavatorlarning ish 
    samaradorligini oshirish uchun, ekskavatorning cho’michiga kurakchali pichoq kiygizib qo’llash mumkin. 
    Bu moslama kotlovan va transheya tubini tozalash operatsiyasini mexanizatsiyalash imkonini yaratib uni 
    ±2 sm aniqliqda bajarishni ta’minlaydi va bunda tubni qo’lda tozalashga ehtiyoj qolmaydi. 

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi

    Download 3,21 Mb.
    Pdf ko'rish