– rasm. Skreperning harakatlanish (I) va gruntni kesish sxemalari (II)




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/57
Sana03.08.2024
Hajmi3,21 Mb.
#269076
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
5.24 – rasm. Skreperning harakatlanish (I) va gruntni kesish sxemalari (II): 
a –ellips bo’yicha; b – sakkiz ko’rinishida; v – spiralli sxema;
g – zigzagsimon sxema; 1 va 2 − mos ravishda skreperni to’ldirish va bo’shatish joylari; 3 – 
skreperning harakatlanish yo’li; 4 – grunt to’kilayotgan ko’tarma; d – ponasimon ko’rinishdagi 
qatlam; ye – qirrali qatlam; j – o’zgarmas qalinlikdagi yupqa qatlam. 
Elliptik sxema
fuqaro va sanoat qurilishida ayniqsa tekislash ishlarida tez-tez qo’llaniladi. Bu 
sxemani qazilma qazishda va gruntni ishlashning balandligi 2 m gacha bo’lgan 50...100m uzunlikdagi 
baland bo’lmagan chiziqli uchastkalarda to’kilmalar barpo etishda, chiqish-tushish yo’llari talab 
qilinmaydigan maydonlarni tekislashda qo’llash yuqori samara beradi. Sxema tekislash ishlarida, chuqur 
bo’lmagan qazilmalarni kovlashda va gruntni zahiraga joylashtirishdaqo’llaniladi. Har bir tsiklda gruntni 
bir marta yig’ish, ikki marta 180

burchakka burish amalga oshiriladi. Aynan bitta yo’nalishda (bitta 
tushish va bitta ko’tarilish) bir marta to’kish bajariladi.
 
Spiralsimon (xalqasimon) sxema
elliptik sxemaning turlaridan biri bo’lib, u balandligi 2,0...2,5m 
bo’lgan keng to’kilmalarni ikki yon tomondagi rezervlardan barpo etishda yoki chuqurligi 2,6m gacha 
bo’lgan qazilmalarni qazishda ko’proq qo’llaniladi. Eni cho’michni bo’shatish yo’li uzunligiga teng yoki 
undan katta to’kilmani barpo etishda ushbu sxemadan tez-tez foydalaniladi. Bunda maydondantushish va 
qazilmadan chiqish yo’llari talab etilmaydi, skreperni asosiy harakati barpo etilayotgan inshootga 
perpendikulyar yo’naltiriladi, tashish uzoqligi kamayadi, ish unumdorligi oshadi. 
Sakkizsimon sxema 
ham elliptik sxemaning bir turi deb sanaladi.Sakkizsimon sxemakatta hajmli 
ishlarni bajarishda, yonlama zahiralardan balandligi 4...6m bo’lgan to’kilmalarni barpo etishda, uzun 
qazilmalarni qazish va maydonlarni tekislashda, ayniqsa, murrakab relьefga ega bo’lgan maydonlarni, 
masalan grunt qazilmasining ikkita zonasi va bitta to’kilmasi yoki akkarkasa bo’lgan hollarda 
sakkizsimon sxemadan foydalaniladi.Bir tsiklda skreper gruntniikki marta yig’adi va ikki marta to’kadi, 
shuning uchun skreper harakatlanayotgandauni navbatma-navbat chapga va o’ngga burishni amalga 
oshirish imkoniyatining mavjudligi, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilaydi, ish tsiklivaqtini 
qisqartiradi.
Zigzag (ilonizi)
sxemasidan yonida joylashgan qazilmalardan uzunligi 200 m dan kam 
bo’lmagan, ishchi uchastkalarida balandligi 6 m gacha bo’lgan uzun to’kilmalar (yo’l, to’g’onlar) nibarpo 
etishda foydalaniladi.Bu sxema qo’llanganda burilishlar soni kamayadi, bitta tsiklning davomiyligi 
qisqaradi, ish unumdorligi elliptik sxemaga nisbatan 15...20% ga o’sadi.
Mokisimon-ko’ndalang sxema
to’kilmaning ikki tomonida joylashgan qazilmadagi gruntni unga 
to’kish, shuningdek chuqurligi 1,5 m gacha bo’lgan qazilmani qazishda va qazilgan gruntni ikki 
tomondagi uyumlarga surishda qo’llanadi.Gruntni yig’ishskreperning qazilma o’qiga perpendikulyar 
holatda bir tomonga va boshqa tomongaharakatlanishi orqali amalga oshiriladi. Ushbu sxemadan 


foydalanilganda skreperning burilishlar soni, yuklangan va bo’sh holatda harakatlanish yo’li uzunligi 
qisqaradi. 
 
Skreperlar harakatlanishining 
mokisimon-bo’ylama sxemasidan
to’kilmaningikki tomonida 
joylashgan zaxiradan yoki qazilajak kanal uzanidan gruntni tashish orqali baland (4...6 m) to’kilmalarni 
45º dan katta bo’lmagan qiyaliklar bilanhosil qilishda foydalaniladi. Mazkur sxema skreperning bo’sh 
holatda yurish yo’lini minimumgacha qisqartiradi, bitta tsiklda gruntni ikki marta to’kadi va burilishlar 
soni qisqartiradi. 
Qurilish maydonini vertikal tekislashda elliptik va spiralsimon sxemalar qo’llaniladi, ba’zi 
hollarda
mokisimon-ko’ndalang sxemadan
ham foydalanish mumkin. Qiyin kovlanadigan gruntlarni 
qazishda ushbu gruntlar qazilishi lozim bo’lgan qalinlikda oldindan yumshatiladi, buning uchun 
traktorlarga o’rnatilgan osma yumshatuvchilarqo’llaniladi. 
Skreperlar cho’michi bilan grunt qatlamlarini0,12...0,35 m qalinlikda va zarur bo’lgan enlikda 
kesadi (turli turdagi mashinalar uchun 1,65...2,75m). To’kilayotgan qatlamningeng katta qalinligi 
0,35...0,5 m ni tashkil etadi. To’kilayotgan grunt bir tekis qalinlikda bo’lishi to’kish faqat skreperning 
harakatlanish jarayonida amalga oshirish bilan bo’ladi.Skreperlaro’z cho’michini 12...20 m yo’l 
uzunligida to’ldiradi, guntni to’kish yo’li uzunligi esa to’ldirish yo’li uzunligiga nisbatan qisqaroq bo’ladi 
va bu masofa 9...15 m atrofida bo’ladi. Qirqib olinadigan grunt qatlamining qalinligini oshirish, 
cho’michni to’ldirish vaqtini qisqartirish va grunt bilan to’liq to’ldirish uchun traktor-itargichlar 
qo’llaniladi (2...6 ta skreperga bitta itargich). 
Gruntning turi va zarrachalarining tortishishigiga qarab skreperlar yordamida gruntni qirqishning 
quyidagi sxemalari qo’llaniladi (5.24 rasm): 
yupqa qatlam 
bilan har qanday yopishqoq gruntlarni doimiy ya’ni o’zgarmas qilinligida qazishda 
(qirqish); 
ponasimon qatlam
(qalinligi o’zgaruvchan) bilan yengil bog’lanishli gruntlarni gorizontalь 
uchastkalarda pichoqni maksimalь chuqurlikka kiritib keyin uni bir maromda ko’tarib qazishda; 
cho’qqisimon qatlam
(cho’michni navbat bilan o’zgaruvchan chuqurliklarga kiritish va ko’tarish) 
doimiy so’nuvchi amplituda bilan quruq qumli loy va loyli gruntlarni qazishda. 
Skreperlar – quvvatli va chidamli mashinalardir. Ular yuklangan holatda 18% gacha va bo’sh 
holatda 40% gacha bo’lgan qiyalikli tepalikka chiqa oladi, qiyaligi 45%gachabo’lgantepaliklardan pastga 
tusha oladi, qiyaligi 30%gacha bo’lgan ko’ndalang qiyaliklarda bemalol harakatlana oladi. 

Download 3,21 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 – rasm. Skreperning harakatlanish (I) va gruntni kesish sxemalari (II)

Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish