– rasm. Bulьdozerning printsipial sxemasi




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/57
Sana03.08.2024
Hajmi3,21 Mb.
#269076
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
5.18 – rasm. Bulьdozerning printsipial sxemasi. 
Bulьdozerlargruntlarni ishlash qiyinligi bo’yicha uch guruhga bo’linadi.Uchinchi guruh gruntlari 
oldindan yumshatgichlar bilan yumshatiladi. 
Bulьdozerning 
ish tsikli
gruntni paraxa ko’rinishida kesib olish va to’plash, gruntni bulьdozer 
surgichibilan surib ko’chirish va bulьdozerning orqaga yurishi bilan gruntni to’plash joyiga qaytib 
kelishidan iboratdir. Gruntni to’plash tekis uchastkalarda,mumkin qadar 10...20% qiyalik 
ostidaharakatlanish bilan olib borilsa ma’quldir,bu gruntnikerakli qalinlikda qatlamlab kesish imkonini 
beradi. Qiyalikda ishlash ish unumdorligini 1,5...2,5 martagaoshiradi. Qiyalikda gruntni ko’chirishda 
bulьdozer ancha katta tezlikdagi uchinchi uzatmada harakatlanishi mumkin.
Maydonlarni tekislashda ishlarning ikkita asosiy usuli – transheyali va qatlamli usullaridan 
foydalanish mumkin (5.19 rasm). 
Transheyali usulda
qazilmalar balandligi 0,4...0,5 m bo’lgan yaruslarga 
bo’linadi. Bulьdozer surgichining eniga to’g’ri keladigan har bir uchastka bo’ylab 2...3 marta 
harakatlanibqaziladi. Qo’shni uchastkalar orasida eni 0,6 m bo’lgan qazilmagan (ishlanmagan) grunt 
polosasi qoldiriladi. Bu grunt transheyalarni qazishda ularning devorisifatida xizmat qilib, bulьdozer 
surgichining to’lishinita’minlaydi. Bu polosalar maydonni uzil–kesil tekislashdan oldin oxirgi navbatda 
surib ko’chiriladi. Mazkur usul gruntning ma’lum darajada yo’qotilishining oldini oladi va shuning uchun 
bu usul ancha unumlidir.
Qirqish qatlamlari aytarlik darajada chuqur bo’lmagan va ish maydoni murakkab shaklga ega 
bo’lgan maydonlarda 
qatlamli usulni 
qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qazilmalar qirqib olinadigan qatlam 
qalinligida bulьdozerning butun qazilma maydoni bo’ylab ketma-ket bir marta o’tishi bilan qaziladi 
(ishlanadi). 



Download 3,21 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 – rasm. Bulьdozerning printsipial sxemasi

Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish