Ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/57
Sana03.08.2024
Hajmi3,21 Mb.
#269076
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
 
Ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish 
 
Ko’p cho’michli uzluksiz (to’xtovsiz) harakatlanuvchi ekskavatorlar qurilishning barcha 
tarmoqlarida keng qo’llanilmoqda. Ko’p cho’michli ekskavatorning ishchi organi uzluksiz 
harakatlanuvchi zanjirga bir xil intervalda o’rnatilgan cho’michlar (zanjirli ekskavatorlar) yoki rotorga bir 
xil intervalda o’rnatilgan cho’michlar (rotorli ekskavatorlar) dan iboratdir (5.16, 5.17-rasmlar). 
CHo’michli ekskavatorlar transheyalarni 3,0m chuqurlikkacha asosan tik devorlar bilan qazishni 
ta’minlaydi, rotorli ekskavatorlar esa, agarda, rotorga qiya hosil qiluvchi o’rnatilsa transheyalarni qiyalik 
bilan qaziydi. Gruntni qazish jarayonida mashinaning va ulardagi ishchi mexanizmlarning o’zaro 
joylashish xarakteriga ko’ra ekskavatorlar 
bo’ylama va enlamakovlab oluvchi
ekskavatorlarga bo’linadi. 
CHo’michlar qazilayotgan qazilma yuzasidan og’ma yoki qiyshiq chiziq bo’ylab yuqoriga harakat 
qilganda grunt bilan to’ladi. CHo’mich harakat traektoriyasining eng yuqori nuqtasiga yetib ag’darilganda 
grunt to’kiladi va cho’mich bo’shaydi. To’kilgan grunt lentali konveyerga undan esa transport vositasiga 
yoki ko’tarma uyumga to’kiladi. 
Qurilishda yer ishlari texnologik jarayonini kompleks mexanizatsiyalashvositasi sifatida 
bo’ylama qazuvchi ekskavatorlar eng keng tarqalgandir. Ularga ko’p cho’michli zanjirli va rotorli 
transheya qazuvchilar, zanjir kurakli, rotorli cho’michsiz (frezerli), dren yotqizuvchi ekskavatorlar, ariq 
qazuvchi ekskavatorlar kiradi.Bu mashinalar bir cho’michliga qaraganda kam universalli.Ko’p cho’michli 
ekskavatorlarning qo’llanilishiga sharoitning torligi va qazilayotgan gruntni guruhi sezilarli ta’sir 
ko’rsatadi.Ekskavatorlarning bosh parametrikovlash chuqurligidir. Asosiy texnologik parametrlar: 
qazilayotgan transheyaning yuqori va pastibo’yicha eni. Ko’p cho’michli ekskavatorlar yordamida, 


quyidagi jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish mumkin: “transheya”, “kanal” turidagi yer inshootlarida 
gruntni qazish; muzlagan gruntni qazishdan oldin portlatish ishlari uchun grunt massivida teshik hosil 
qilish; ko’ndalang kovlaydigan ekskavator bilan doimiy yer inshootlarining tubini, qiyaligini, tepasini 
pardozlash.

Download 3,21 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish

Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish