|
-rasm. “To’g’ri cho’mich”li ekskavatorlarning yonlama zaboyda ishlashi5.12-rasm. “To’g’ri cho’mich”li ekskavatorlarning yonlama zaboyda ishlashi:
a – ish sxemasi; b – samosvalni ortishga uzatish sxemasi; 1 – zaboyning og’irlik markazi; 2 –
ekskavator qazish yo’lining o’qi; 3 – oldingi qazish yo’lining o’qi;
4 – veshka (ishorat belgisi); 5 – avtosamosval harakat yo’lining o’qi;
6 – ekskavatorning to’xtash joylari; 7 – strelaning o’rtacha burilish burchagi.
Ekskavator“draglayn”
(5.10 rasm) o’zi to’rgan joydan pastdagi gruntni qazishda: chuqur
kotlovanlarni, keng transheyalarniqazishda, ko’tarmalarni barpo etishda, suv ostidagi gruntni qazishda va
boshqalardaqo’llaniladi. Draglayn shuningdek maydonlarni tekislash (planirovka) va qiyaliklarni
tozalashda qo’llaniladi. Ekskavatorning afzalligiharakat radiusi 10m gacha kovlash chuqurligi 12m gacha
bo’lganligidadir. Ekskavatorning kovlash chuqurligi amalda cheklanmagan bo’lib, mashina
konstruktsiyasi transport vositalarini yer ustida va kotlovan tubida o’rnatish imkoniyatiga
ega,ya’niekskavatorning ishlashiga grunt suvlarisatxi ta’sir ko’rsatmaydi. Ekskavator bilan yumshoq va
zich gruntlarni shu bilan birga suvga to’yingan gruntlarni qazish samaralidir.
Ekskavator cho’michi kran tipidagi uzaytirilgan strelaga po’lat arqonda (kanatda) osilgan
bo’ladi. CHo’mich qazilmaga strela uzunligidan o’zoqroq masofaga tashlanib, yer yuzasi bo’ylab
strelatomon tortilib cho’mich grunt bilan to’ldiriladi. So’ng cho’mich yotiq holda ko’tariladi va mashina
grunt to’kiladigan joyga qayiltiriladi. Tortilib to’rgan kanat-arqon bo’shashtirilib cho’mich bo’shatiladi.
Grunt qazilganda gruntni transportga va ko’tarmaga to’kadigan
ro’para va yonlama qazishni
qo’llash mumkin. Odatda, draglaynning navbatdagi turish joyiga surilishi strela uzunligining 1/5 qismini
tashkil etadi. Qazilmaning eni, gruntnito’kish (ag’darmaga yoki transport vositasiga joylashtirish) usuli va
yer inshootining o’ziga xosligiga qarab,amalda grunt qazishningmokisimon (borib-kelish) usuli
qo’llaniladi, chunki ekskavatorning konstruktiv yechimi bunday sxemalarni qo’llashga ruxsat etadi.
Ko’ndalang mokisimon sxema
qazilmaning tubida ortishga o’zatilgan samosvalning ikki yon
tomonidan navbatma-navbat grunt to’kish davomida strela qayrilishini to’xtmagan holdagrunt qazish
imkonini beradi.
Bo’ylama-mokisimon sxemada
grunt kuzovning orqa devori oldidan yig’ilib va cho’mich
uni ko’tarib kuzovga to’kadi. Ekskavatorning ish tsiklida qayrilishlar asosiy vaqtni egallaydi, bu borada
minimal burchak qayrilishiga ega bo’lgan mokisimon sxemalarortish va to’kish uchun optimal bo’ladi.
CHo’michning ko’tarish balandligi kamayishi va ekskavatorning qayrilish burchagining qisqarishi
hisobiga (bo’ylama-mokisimon borib kelish sxemasida 0
0
ga yaqin, ko’ndalang mokisimon sxemasida
9...20
0
) ekskavatorning ish unumdorligi 1,5...2marta oshadi. Qo’llaniladigan “draglayn” qurilish
ekskavatorlari cho’michining sig’imi 0,25...2,5m
3
.
Greyfer
(5.10v - rasm) o’ziga xos holatlarda chuqur kotlovan, transheya, quduqlar va grunt
suvlari satxidan pastdagi gruntlarni qazishda qo’llaniladi. Greyferning cho’michi ikki yoki undan ko’proq
kaft kurak, kanatli yoki oxirgi paytlarda majburlab birlashtiradigan tirgovichli uzatuvchi kaftli
kuraklardan iborat. Greyfer strelaga osiladi va tik devorli qazilmalarni qaziydi. Strela cho’mich
to’kiladigan joyga qayriladi va kaft kurak majburlab ochilishi hisobiga cho’mich bo’shaydi.
CHo’michning gruntga botishi faqat o’zining massasi va tirgovichni majburlab tushirish hisobiga amalga
oshiriladi, shuning uchun shuning uchun u bilan kam va yuqori zichlikdagi gruntlarni, shu bilan bir
qatorda suv ostidagi gruntlarni qazish mumkin. Qo’llaniladigan “greyfer” qurilish ekskavatorlari
cho’michining sig’imi 0,25...2,5m
3
.
|
| |