|
Gruntni suvda oqizib to’kilmalarni hosil qilishGruntni suvda oqizib to’kilmalarni hosil qilish.
Gruntni joylashtirish (suvda oqizib hosil qilish)
quyqadagi grunt zarrachalarining o’tirishi natijasida ro’y beradi, bunda uning tezligi kritik tezlikdan past
bo’ladi.
Dastlab
suv oqizib yuviladiganxaritasi
deb nomlangan, quyqa oqib tushadigan maydon atrofida
do’ngliklar hosil qilinadi. (bo’lьdozer yordamida bu hudud perimetri bo’ylab berilgan balandlikda grunt
do’ngliklari hosil qilinadi). Suv oqiziladigan yuvilish xaritasining eni tiklanadigan to’kilma asosining
eniga teng qilib olinadi, xaritaning uzunligi 100...200m oraliqda qabul qilinadi. Suv oqizib yuviladigan
xarita enining uning uzunligiga nisbatan optimal nisbati 1:3 dan 1:8 gacha bo’ladi. SHunga bog’liq
ravishda xaritaning uzunligi ko’pincha bu nisbatga keltiriladi, ya’ni bu uzunlik kamaytiriladi yoki
uzaytiriladi.
Bir vaqtning o’zida ish joyida kamida uchta xarita-qamrov joylashishi lozim: birinchi xarita-
qamrovda
quyqani tindirish
, ikkinchisida
quyqani uzatish
, uchinchisida esa
do’ngliklar hosil qilish
joylashadi. Bu xaritalarda navbat bilan gruntni yuvish, tindirish (suvsizlantirish) va keyingi qatlamni suv
oqizib yuvishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Har bir xarita konturi bo’ylab bulьdozer yordamida
quyqaning yuviladigan qatlami balandligida yer do’ngliklari tiklanadi va bu xarita chegarasida oldindan
o’rnatilgan, xarita chegarasiga chiqarilgan quvurga ega bo’lgan drenajli (suv yig’uvchi) quduq o’stiriladi.
Quyqani oqizib yuvish va tashishning mavjud bo’lgan estakadali va estakadasiz usullaridan
ko’proq foydalaniladi (5.33. - rasm).
Gruntni oqizib yuvib joylashtirishning
estakadali usuli
shundan iborat bo’ladiki, bunda magistral
quyqa oqizgich quvurlarii to’kilmaning bo’ylama o’qi bo’ylab inventar estakadalarga joylashtiriladi, bu
estakadalarning balandligi tiklanayotgan to’kilmaning balandligidan yuqoriroq bo’ladi.
|
| |