|
Yer ishlarini bajarishning yer osti usullari Yer ishlarini bajarishning yer osti usullari
Er ishlarini bajarishning yer osti usullari jadal harakatga ega bo’lgan transport magistrallari
kesishgan joylarda quvurlarni yotqizish zaruriyati yuzaga kelgan vaziyatlarda qo’llaniladi, bu
magistrallarni hattoki qisqa muddatga ham to’xtatib bo’lmaydi. Quvurlarni yotqizish, kollektorlar va yer
osti o’tish yo’llari, transport tunellarini qurishning bunday sharoitlarida gruntni qazishning transheyasiz
usuli qo’llanadi. Transheyasiz usul yer osti qazilmalarini yer yuzasidan gruntni ustki qismini ochmasdan
turib bajarishni, ya’ni kommunikatsiyalarni bevosita yer qa’riga yotqizishni ko’zda tutadi. Gruntlarni yer
ostida qazishning bir nechta – bosim ostida itarish, teshib o’tish, gorizontal burg’ilash kabi usullari
mavjud.
Bosim ostida itarish
diametri 700...1800 mm bo’lgan po’lat quvurlarni 80 m gacha uzunlikda
yotqizish uchun qo’llanadi. Quvurlarni bosim ostida o’tkazish qurilmasi (5.34 - rasm) bitta rama yoki bir
nechta gidravlik domkratlardan tashkil topgan bo’lib; ular quvurlarning uchiga qisib kiydirilgan flanetslar
orqali quvurning ko’ndalang tomoniga kuch beradi. Quvurning qarama-qarshi uchi pichoqli xalqa bilan
jihozlanadi, quvurning oxirgi uchiga payvandlab mahkamlangan bu pichoqli xalqa gruntning qarshiligini
kamaytirish uchun xizmat qiladi, chunki uning diametri quvur diametridan katta bo’ladi. Qoziqlar yoki
yog’och bruslar qatoridan tashkil topgan “maxsus devor” domkratlarning tayanchi sifatida xizmat qiladi.
Quvurni domkrat shtoki uzunligida birinchi marta itargandan keyin uni teskari harakatlantirib
dastlabki holatga qaytarish amalga oshirilib, qisuvchi flanets va quvurning ko’ndalang yon tomoni orasiga
domkrat shtoki uzunligiga teng bo’lgan qisuvchi patrubok (kalta quvur) o’rnatiladi va bosim ostida
itarish tsikli takrorlanadi. Patruboklar shtok uzunligiga va shtokning ikkilangan uzunligiga teng bo’ladi.
Bosim ostida itarish natijasida quvur oxiri priyamkaga yetganda, quvurga qo’shimcha ya’ni
navbatdagi quvur bug’ini (zvenosi) payvandlanadi, quvur ichidagi grunt kanatli tortgichga ega bo’lgan
kurak bilan chiqariladi yoki suv bilan yuviladi.
|
| |