Bosim ostida itarish
usulining kichik tezligi, qisuvchi patruboklarni doimiy ravishda
almashtirish va quvur bo’laklarini o’stirib borish (ularning uzunligi domkrat
shtokining uch karra
uzunligidan ortiq bo’lmasligi yoki 3 m dan oshmasligi kerak) zarurligini inobatga olib grunt quvur
ichidan katta bo’lmagan
portsiyalarda chiqariladi, lekin domkratlar ishlayotgan vaqtda ishchilarning
quvur ichida bo’lishi ta’qiqlanadi. Gidravlik domkratlarning nasoslari yerning ko’rinadigan
sirtiga
joylashtiriladi, domkratlarning jamlangan kuchi odatda 500 t dan oshmaydi. Gruntning qarshiligi katta
bo’lgan hollarda quvurlarni itarib surishda ko’rsatiladigan katta kuchlar quvuro’tkazgich trassalarining
qayrilishiga va ularning deformatsiyalanishiga olib kelishi mumkin.
Teshish usuli
(5.35 - rasm) – konussimon uchlikka ega bo’lgan quvurlarni itarish bilan gruntni
radial zichlashtirish evaziga unda teshiklar hosil qilish metodidir. Quvurlar
ichidan gruntni chiqarib
yubormaydiganbu usuldiametri 100...400 mm bo’lgan quvurlarni yaxshi siqiluvchan gruntlarda 3 m dan
ortiq bo’lmagan chuqurlikda va o’tish uzunligi 60mgacha bo’lgan hollarda yotqizishda qo’llanadi.Teshib
o’tkazish qurilmasi porshenining yurish qismi 150...500mm oralig’ida bo’lgan gidravlik domkrat, quvur
ichiga qo’yiladigan shompoldan tashkil topadi, bu shompol kuchni domkratdan po’lat
konussimon
uchlikning nayzasi orqali quvurga uzatadi, uchlik quvurning ko’ndalang tomoniga payvandlanadi.
SHompol domkrat shtokiga bikr qilib mahkamlanadi.