|
Xandak qazishda bajariladigan ishlar tartibi
|
bet | 1/4 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 176,63 Kb. | | #272218 |
Bog'liq 18-variant karer aerologiyasi
Mavzu Xandaklar aerologiyasi inshootlari va ularning sinflari.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Xandak qazish Xandak qazishda bajariladigan ishlar tartibi Suv tashlovchi inshootlar turlari va ularni qo’llanish shartlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Handak qazish orqali bir qator turdagi gidromelioratsiya obektlari qurilishini hisobga olsak, hozirgi kunda va kelajakda ushbu ishni bajarish uchun texnikalar va texnologiyalar uzluksiz ravishda ishlab chiqarilishi ham kutilgan holat.
Shu sababli handak qurilishini tashkil etish hamda undagi samaradorlikni oshirishni amalga oshirish mumkin.
Xandak – tabiiy yoki sun’iy yer yuzasidan pastda sun’iy inshootni ko‘tarish uchun vaqtinchalik profilli qazilmadir.
Gruntdan quriladigan barcha inshootlar qazilma va ko‘tarma turlarga bo‘linadi. Qazilma ko‘rinishidagi tuproq inshootlari yer sathidan pastda joylashadi
Ko‘tarma ko‘rinishidagi inshootlar esa yer yuzasiga grunt to‘kish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Oldindan hosil bo‘lgan qazilma yoki tabiiy chuqurga va pastliklarni qayta ko‘mish orqali hosil bo‘lgan joylarni to‘kmalarga kiritish mumkin.
Qazib olishni rivojlantirish uchun texnologik xarita nima?
Qazib olish uchun texnologik xarita quyidagicha ma'lumotlarga ega bo'ladi.
1.Loyhalarni tashkil etish va bajarish;
2.Ishlarni bajarish bo'yicha batafsil sxemalar;
3.Foydalanilgan uskunalarning ro'yxati;
4.Bosqichma-bosqich mehnat ta'rifi;
5.Batafsil baholash va nazora qilish;
6.Ish rejalari.
Lahimlarni o’tishda toza havoni lahim kavjoyiga shamollatish quvuri orqali yetkazib beradigan mahalliy shamollatish ventilatorlari qo’llanadi. Lahimni o’tish va mustahkamlash pasportida alohida bo’lim tuzilgan bo’lib, unda quyidagilar ko’zda tutilgan bo’ladi:
Boshi berk lahimlarni shamollatish uch usulda amalga oshirilishi mumkin: havoni haydash, so’rish va aralash usullar. Shaxtalarda havonihaydashga asoslangan shamollatish usuli keng qo’llaniladi.
2.1 Xandak qazish
Xandak uzunligi bo’yicha tubi va chuqurligi o’zgaruvchi kanaldir. Xandakli suv tashlagichlar asosan qirg’oqlari tik bo’lgan qoyali va yarim qoyali jinslardan tashkil topgan, frontal suv tashlagichlarni joylashtirish qiyin bo’lgan stvorlarda qo’llaniladi. Qoyali gruntlarda xandakning vodosliv tomonidagi qiyaligi esa 1:0,5 ga teng bo’ladi. Xandakka jo’shqin oqimning dinamik ta’sirini hisobga olib, mustahkam qoyali jinslarda uning tubi va qiyaliklari qoyaga qalinligi 0,7...1,2 m li plitalar ankerlanib qoplanadi. Xandakning beton plitasidagi filtratsiya bosimini olib tashlash uchun uning ostida quvurli drenaj o’rnatiladi. Xandak murakkab gidravlik sxema bo’yicha ishlaydi, yani uning uzunligi bo’yicha suv sarfi o’zgaruvchan bo’ladi va unda oqim vintsimon harakat qiladi, bu esa oqimning rejimiga va xandakning suv o’tkazish qobiliyatiga salbiy ta’sir etadi. Xandakda vintsimon harakatga yo’l qo’ymaslik uchun va ketuvchi kanal kengligi bo’yicha suv sarfini tekisroq tarqalishini ta’minlash uchun planda egri chiziqli oraliq devorlar, planda transheya tubidagi qiyshiq ostona, oqimni qarma-qarshi tomonga oraliq orqali o’tayotganda aylanma harakat beruvchi va ushbu har bir oraliq bilan almashinuvchi vodosliv tranplinlari (30.1-rasm, d) va boshqalar qo’llaniladi.
Bunday turdagi suv tashlagichlar vodoslivi frontining bosh qismi gidrouzel yuqori befga chiqarilib suv ombori havzasi qirg’og’i chizig’i bo’ylab joylashtiriladi.
Xandakli suv tashlagich tarkibiga quyidagi inshootlar kiradi (30.1-rasm): 1) keng ostonali yoki amaliy profilli vodosliv ko’rinishidagi vodoslivli qism; 2) xandak, vodosliv orqali tashlanadigan suv unga tushadi; 3) ketuvchi kanal va muvofiq energiya so’ndiruvchi qurilmali tezoqar, sharshara yoki tramplin ko’rinishidagi tutashtiruvchi inshoot Vodosliv. Xandakli suv tashlagichlar vodoslivi boshqariladigan va boshqarilmaydigan (avtomatik) bo’lishi mumkin. Boshqariladigan vodoslivda zatvorlar o’rnatilib yuqori befdagi suv sathi NDS da ushlab turiladi, avtomatik vodosliv tepasi NDS da o’rnatiladi. Boshqariladigan vodoslivlar inshoot ostonasiga ta’sir qiluvchi bosim 8 m, suv sarfi 8000 m3/s gacha, avtomatik holda jadallashgan suv sathi qiymati 2 m dan yuqori bo’lmaganda 600 m3/s suv sarfini o’tkazishda qo’llaniladi. Vodosliv tepasi odatda xandakka paralel joylashtiriladi. Xandakli suv tashlovchi inshoot vodoslivini qirg’oqqa joylashtirish nisbatan oddiy. Avtomatik tarzda ishlaydigan vodosliv flyutbeti tekis yoki amaliy profilli vodosliv ko’rinishida bo’ladi.
Xandakli suv tashlagichlar: a,b,v- kirish qismini joylashish variantlari; g,d- xandakli mos ravishda qiyshiq ostonali va almashinuvchi vodoslivlar uch qismi; 1-quyruq qismi egri chiziqli oraliq devorlar; 2-silliq shakldagi devor;3-ostona; 4-to’g’on;5- tramplin; 6-xandakli suv tashlagich; 7-planda egri chiziqli tubdagi ostonalar.
Uzunligi bo’yicha doimiy tezlikka ega bo’lgan xandakning gidravlik hisobi sxemalari: 1,2,3,4,5-uzunlik bo’yicha hisobiy kesim raqamlari
|
| |