Suv tashlovchi inshootlar turlari va ularni qo’llanish shartlari




Download 176,63 Kb.
bet3/4
Sana24.09.2024
Hajmi176,63 Kb.
#272218
1   2   3   4
Bog'liq
18-variant karer aerologiyasi

Suv tashlovchi inshootlar turlari va ularni qo’llanish shartlari


Turli maqsadlar uchun mo’ljallangan va o’zidan suv o’tkazadigan gidrotexnika inshootlari suv o’tkazuvchi inshootlar deb ataladi.
Ustidan suv o’tkazmaydigan grunt to’g’onli gidrouzellar tarkibida asosan ikki turdagi suv o’tkazuvchi inshootlar uchraydi: suv tashlovchi, suv chiqaruvchi (suv bo’shatuvchi). Bu inshootlar o’zining vazifasi, planda va balandlik bo’yicha joylashuvi va konstruksiyasining o’ziga xosligi bo’yicha farqlanadi.
Ustidan suv o’tkazmaydigan to’g’onlardagi suv tashlovchi inshootlar deganda yuqori befdan pastki befga hisobiy maksimal suv sarflarini qarshiliksiz o’tkazuvchi inshootlar majmuasi tushuniladi. Suv omboridan ortiqcha suvlarni tashlab yuborish yo’li bo’ylab qurilgan inshootlar suv tashlash trakti deb ataladi.
Ular bosh (kirish) qismining joylashuviga ko’ra yuza va chuqur suv tashlagichlar bo’lishi mumkin.
Ko’ndalang kesimining konstruksiyasi bo’yicha suv tashlovchi inshootlar ochiq, yopiq (ochiq va yopiq konstruksiyalarning birikuvi) ko’rinishida bo’ladi.
Kirish (bosh) qismining konstruksiyasi bo’yicha ochiq suv tashlagichlar frontal, xandakli (transheyali), poligonal,elpig’ichsimon va boshqalar; yopiq suv tashlagichlar esa - xandakli, shaxtali, cho’michli va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi.
Boshqarish sharoitlari bo’yicha suv tashlagichlar boshqariladigan (zatvorlar bilan) va boshqarilmaydigan (zatvorsiz, avtomatik) turlarga bo’linadi.
Konstruksiyasi bo’yicha suv chiqargichlar quvurli, tunnelli va kombinatsiyalashgan (quvurli va tunnelli belgilar birikmasi) turlarga bo’linadi.
Rostlovchi zatvorlar joylashishi bo’yicha suv chiqargichlar quyidagicha farqlanadi: 1) suv chiqaruvchi trakt boshlanishidagi zatvorlar bilan (asosan quvurli suv chiqargichlar uchun), bu holatda odatda quyi qismida zatvorlar kamerasi, yuqorisida esa tutashtiruvchi mexanizmli estakadaga ega zatvorlarni boshqaruvchi minora o’rnatiladi; ayrim hollarda minora o’rnida pastki bef tomonidan yoki yuqori qiyalikda (yonbag’irda) yotqizilgan maxsus nishab galereya bo’ylab kirish mumkin bo’lgan alohida xona ko’zda tutiladi; 2) suv tashlash tarktining o’rta qismidagi zatvorlar bilan; zatvorlarni bunday joylashtirish boshqaradigan minora o’rnatib yoki o’rnatmasdan quvurli hamda tunnelli suv chiqargichlarda mumkin; 3) suv chiqargich tarktining oxirida zatvor bilan; zatvorlarni bunday joylashtirish bosimli rejimda ishlaydigan suv chiqargichlar uchun, hamda galereya ichidagi bosimli quvurli tunnellar va quvurli suv chiqargichlar uchun xarakterlidir.
Suv tashlash trakti tarkibiga quyidagi inshootlar kiradi: keluvchi kanal, rostlovchi inshoot, tashlama kanal, tutashtiruvchi inshoot, ketuvchi kanal, muz ushlovchi qurilmalar. Ammo suv tashlash trakti tarkibidagi yuqorida keltirilgan inshootlarning hammasi ham bo’lmasligi mumkin. Ko’pincha kanallardan biri bo’lmasligi mumkin, masalan keluvchi yoki tashlama kanal, ikkalasining ham bo’lmasligi ehtimoli bor.
Ochiq suv tashlash traktida inshootlarni joylashtirish misollari: 1-keluvchi kanal; 2-shlyuz - rostlagich; 3-tashlama kanal; 4-tezoqar; 5-shashara; 6-konsolli sharshara; 7-ketuvchi kanal.
Xulosa
Handak qazishni gidromelioratsiya inshootlari ichida eng keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. Bu orqali inshootlarning asosi barpo etilib buning natijasida kelajakda katta daromadga erishish mumkin.
Grunt xossalarini baholashda grunt zarralarining o‘rtacha diametri; mexanik tarkibining xilma-xilligini hisobga oluvchi koeffitsiyent; zarralarning gidravlik yirikligi; obraziv xossalarini hisobga olishga mumkinligi. Albatta bunday ko’rsatichani inobatga olishimiz kerakdur.
Karyerlarda qo‘llanadigan barcha sun’iy shamollatish usullarini ikki sinfga ajratiladi – tabiiy havo almashuvi intensivligini oshirish (jadallashtirish) va bevosita sun’iy shamollatish usullari.
Karyerlar chuqur gorizontlarini qazib olishda tabiiy havo almashuvini intensivlash zarurati tug‘iladi. Mavjud havo almashuvini intensivlash usullarining samaradorligi kichik bo‘lib, qo‘llanish sharoitlari ham chegaralangan bo‘ladi.
Karyer havosi tabiiy almashuvini intensivlash samaradorligiga uning joylashgan hududi iqlimi, relyefi, o‘simliklari, shamol yo‘nalishi va tezligi, sokin kunlar davri va yog‘inlar miqdori, quyosh radiatsiyasi miqdori kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, quyosh radiatsiyasi miqdori kon jinslari va havo haroratini belgilaydi. Bu esa Karyer atmosferasi va undagi havo almashuvining turg‘unligini ta’minlaydi. Quyosh radiatsiyasining ko‘payishi havo almashuvini yaxshilaydi, kamayishi esa, aksincha, havo almashuvini qiyinlashtiradi.



Download 176,63 Kb.
1   2   3   4




Download 176,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv tashlovchi inshootlar turlari va ularni qo’llanish shartlari

Download 176,63 Kb.