|
Xandak qazishda bajariladigan ishlar tartibi
|
bet | 2/4 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 176,63 Kb. | | #272218 |
Bog'liq 18-variant karer aerologiyasi
Tayyorgarlik ishlari tarkibiga qurilish maydonchasini tekislash, o‘sgan daraxtlar, o‘simliklardan tozalash, mavjud eski bino va inshootlarni buzib tashlash, geodezik ta’minotni (yer yuzida inshootlar joylashish o‘rnini belgilab qo‘yish va qurilish jarayonida konstruksiyalar, inshoot bo‘laklari o‘lchamlari aniqligini nazorat qilish tizimi) tashkil qilish ћamda qurilish maydonchasiga kelish-ketish yo‘llarini, ijtimoiy infrastruktura (ishchilar posyolkasi, sog’liqni saqlash, umumiy ovqatlanish va h.o.), injenerlik kommunikatsiyalarini (ichki,tashqi yo‘llar, elektr, sovuq suv, gaz va h.o. tizimlari) hosil qilish ћamda pudratchi tashkilotlar ishlab chiqarish bazalarini tashkil qilish va tegishli idoralardan ruxsat olishishlari kiradi.
Gidromexanizatsiya – gruntni qazish, tashish va joylashtirish ishlari suv yordamida amalga oshiriladigan yer ishlarini bajarish usulidir.
Gidromexanizatsiya usulida- gruntga ishlov berilganda, qazish, tashish, to‘kish va joylashtirish ishlari, gidravlik qonunlarga asoslangan xolda, suv yordamida bajariladi. Gidromexanizatsiya usulida er ishlari umumiy ћajmlarining 4 % dan ortiq qismi bajariladi.
Bu usul suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarida asosan birikmaydigan va kam birikuvchan gruntlari mavjud xududlarda ћamda suv oqimi bo‘lgan keng o‘zanlarda qurilish ishlarida yakkayu-yagona usul sifatida qo‘llaniladi.
Gidromexanizatsiyaning keng qo‘llanilishi bu usulning ko‘pgina ijobiy sifatlari: uskunalarning soddaligi; ish unumdorligining yuqoriligi; gruntni suv ostidan qazish imkoniyati mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Gidromexanizatsiya usulining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:ko‘p miqdorda suvga bo‘lgan talab; asosan, bog‘lanmagan va kam bog‘langan gruntlarni qazish mumkinligi; suvni ko‘tarish uchun ko‘p 57 energiya talab qilinishi (1 m3 gruntga 10 m3 suv); har joyda ishlarni bajarganda qo‘llash qiyinligi.
Gidromexanizatsiya quyidagi turdagi ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladi: tuproqtepaga tashish bilan kanallarda va kotlovanlarda gruntni qazish; profilli to‘kmalar (to‘g‘onlar, dambalar)ga tashish va joylashtirish bilan konlarda gruntni qazish; kanallar va tindirgichlarni yotqiziqlardan tozalash; tog‘lardagi va o‘zanlardagi konlarda qum va shag‘alni ishlab chiqarish
Suv oqimi bilan yuvib qazish (monitor usuli) suv bilan ko‘milmagan zaboylarda qo‘llaniladi. Bu usulda suv ta’minlovchi manbada vaqtinchalik nasos stansiyasi quriladi, undan suv uzatkichlar bo‘yicha suv zaboyga kompakt oqimni tashkil qilish uchun mexanizmlar gidromonitorlarga uzatiladi. Suv oqimi bilan yuvilgan grunt pulpa ko‘rinishida tuproq suruvchi stansiya yordamida chiqarib olinadigan chuqurchaga yig‘iladi va profilli to‘kma yoki tuproqtepaga joylashtirish joyga pulpa uzatkichlar bo‘yicha uzatiladi.
Joylashtirish joyida grunt aralashmasi ajraydi va tindirilgan suv, suv manbayiga tashlanadi. Ishlarni bajarish monitor usulida grunt suv tezligi 20...60 m/s bo‘lganda yuviladi, pulpa 1,5...4,0 m/s tezlikda tashiladi, joylashtirish joyida pulpa oqimining tezligi 0...0,5 m/s ni tashkil qiladi.
|
| |