• 3.4 Kabellarni lotok va korobalarda joylashtirish. Kabellarni po’lat arqonlarda joylashtirish
  • Kuch kabel navlari
  • Kabellarni montajga tayyorlash ishlari.
  • Kuch kabellar haqida ma’lumotlar. Kuch kabel turlari. Kabellarni montajga tayyorlash ishlari




    Download 272.96 Kb.
    bet1/3
    Sana30.10.2023
    Hajmi272.96 Kb.
    #91070
      1   2   3
    Bog'liq
    3-ma\'ruza
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

    3-ma’ruza. 35 kV gacha kuchlanishgacha kabel liniyalar montaji
    Reja
    3.1 Kuch kabellar haqida ma’lumotlar. Kuch kabel turlari.
    3.2 Kabellarni montajga tayyorlash ishlari.
    3.3 Kabellarni yerli trasheyalarda joylashtirish. Kabellarni transheyasiz joylashtirish
    3.4 Kabellarni lotok va korobalarda joylashtirish. Kabellarni po’lat arqonlarda joylashtirish

    Kabel tuzilishida asosiy qismlardan tshqari, ekranlarni kiritish mumkin, to‘ldiruvchilar va himoya zaminlagich tolalardan iborat. Kuch kabellarining ko‘ndalang kesimi 3.1 rasm.


    Kuch kabellari farqlanishi: tok o‘tkazuvchi metal tola turi bilan - misli va alyuminli tolali kabellar, tok o‘tkazuvchi tolalarni izolyasiyalovchi narsalar turi bilan - rezinali, plastmassali va qog‘ozli izolyasiyali kabellar, tashqi muhitdan kabel tolalarini himoyalovchi izolyasiyalar turi bilan- rezinali, plastmassali va metal qobiqli kabellar; mexanik lat eyishdan himoyalash usuli bilan - zirxlangan va zirxlanmagan , tolalar soni bilan - bitta, ikkita, uchta, to‘rtta va beshta tolali kabellar.
    Kabelning har bir tuzilishi o‘zining belgi va navidan iborat. Har bir kabel navi, kabel tuzilishini bildiruvchi boshlang‘ich so‘z harfidan tashkil topgan.
    Izolyasiya zaminlangan qobiqqa (erga), tok o‘tkazuvchi tolalarning bir- biriga nisbatan etarli elektr mustahkamligini taminlaydi. Qog‘ozli, rezinali va plastmassali (polivinilxloridli va polietilinli) izolyasiyalar qo‘llaniladi. Kabel
    tolasiga yotqizilgan izolyasiya tolalar izolyasiyasi deyiladi. Ko‘p tolali kabellar parallel yotqizilgan tolalar yoki ustidan izolyasiyalanib o‘ralib ustidan yotqizilgani belbog‘ izolyasiya deb ataladi. Kabellarning qog‘oz izolyasiyasi elimshaklik tarkib bilan shimitiladi (moy konifolli yoki sintetik elektr izolyasiyali).

    3.1. rasm. Kuch kabellarining ko‘ndalang kesimi: a - dumaloq va segmentli ikki tolali kabellar; b - uch tolali belbog‘li izolyasiyali va alohida qobiqli kabellar; v - to‘rt tolali nolli tolasi dumaloq sektorli va uchburchak shaklli; 1 - tok o‘tkazuvchi tola; 2 - nolli tola; 3 - tolalar izolyasiyasi; 4 - tok o‘tkazish tolalar ustidagi ekran; 5 - belbog‘ izolyasiya; 6 - to‘ldirgich; 7 - tolalarni izolyasiyalash ekrani; 8 - qobiq; 9 - zirhli qobiq; 10 - tashqi himoya qobiq.

    Elimshaklik shimitilgan tarkibli kabellar yotqizilish imkoniyati kamchiligi, ularni og‘ma yo‘llarda yotqizilganda aynan - ularning ulangan va balandlik oraliqdagi farq zirxlangan va zirxlanmagan 6kV kuchlanishli alyuminli qobiqlar uchun - 20 m, zirxlanmagan qo‘rg‘oshinli qobiqli kabellar uchun-15m, zirxlangan qo‘rg‘oshinli qobiqli kabellar uchun-20m, elimshakli shimitilgan 10kV zirxlangan va zirxlanmagan qo‘rg‘oshinli va alyuminli qobiqlar uchun -15m dan oshmasligi kerak.


    Rezin izolyasiyalar butun qoplamali rezinali yoki rezinali tasmalarni vulqonlashtirib tayyorlangan bo‘ladi. Elektr tarmoqlarida 1000 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan toklarda va 10kV o‘zgarmas tokli rezina izolyasiyali kuch kabellari qo‘llaniladi.
    Polietilen tarkibli yoki butun qoplamali polivinilxloridli plastikli izolyasiyaga ega plastmassali izolyasiyali kuch kabellari. Borgan sari polietilenli vulqonlashtirilganlari va yana o‘zi o‘chadiganlari (yonmaydiganlari) ko‘p
    qo‘llanilmoqda.
    -Ekranlar tashqi zanjirning kabeldan o‘tuvchi elektr magnit maydon tokidan va kabel tolalarida elektr maydon atrofida bir tekislikni ta‘minlash uchun qo‘llaniladi. Ekranlar yarim o‘tkazgichli qog‘ozlardan va alyumin yoki mis yassi tasmadan (falgasidan) tayyorlanadi.
    -To‘ldirgichlar kabel qismlari tuzilishini bo‘shliqlarini bartaraf qilib zich berkitish maqsadida kerakli ko‘rinish berish va kabel tuzilishining mexanik mustahkamligini oshirish uchun zarur. To‘ldiruvchilar sifatida qog‘oz tasmalardan yoki kabel to‘qimasidan, plastmassalar ipidan yoki rezinalar qo‘llaniladi.
    -Qobiqlar, alyuminli, qo‘rg‘oshinli, toblangan po‘lat tasmali, plastmassali va yonmaydigan rezinali (nayritli) kabel qobiqlari kabelning ichki qismlarini namdan, kislotalardan, gazlardan va boshqalardan emirilib ketishdan himoya qiladi.
    -Ximyalovchi qoplama. Kabel qobig‘i tashqi ta’sirdan va kimyoviy yoki mexanik ta‘sirdan emirilib ketishi mumkin, shu sababli, ularni kimyoviy qoplama bilan qoplanadi. Bularga yostiqcha, zirxlangan qoplama va tashqi qoplamalar kiradi. Kabellarning tuzilishiga qarab bir, ikki yoki uch kimyoviy qoplamalar qo‘llaniladi. Yostiqcha shimdirilgan kabel to‘qimasidan va boshqa shunga teng keladigan tasmadan, mustahkamlangan qog‘ozdan, bitum to‘plamli yoki bitumdan tayyorlanadi.
    Kabel qobig‘ini mexanik jarohatlanishdan ishlatilish sharoitiga muvofiq po‘lat tasma yoki zirxlangan similar bilan o‘raladi.
    Kabel zirxini zanglashlardan saqlash uchun uning yuzasi (tashqarisidan) qoplama bilan qoplanadi, bu qoplama kabelning qatlamidan yoki shisha to‘qimadan, bitum to‘plami bilan shimitilgan va bitum zichlangan polivinilxloridli yoki polietilenli shlangdan tayyorlangan bo‘ladi.
    Kuch kabel navlari
    Kabelli liniya deb, aloxida impulslar yoki elektr energiyani uzatish uchun muljallagan liniyaga aytiladi. Kuch kabellari qo‘yidagi asosiy elemetlardan tashkil topgan: tok o‘tkazuvchi tolalar, himoya qoplamasi va qobig‘i,bitta yoki bir nechata ulovchi, tuxtatuvchi va uch muftalari( tekislash-lar) va maxkalagich detallaridan iborat. Kuch kabellari qo‘ydagilarga ajratiladi: tok o‘tkazuvchi material tola turi - alyuminli va mis tolali; matreallar turga kura, izolyasiyasi plastmassali va rezinali; kabel tolalarini tashqi muhit tasiridan himoya turi-kabel metalli, plastmassali va rezinali qobiqda; mexanikaviy jarohatdan himoya usuli-zixirlangan va zixirlanmagan; tolalar soniga kura-bir, uch, turt va besh tolali qilib yaratiladi.
    Kabellarni montajga tayyorlash ishlari.
    Kabellarni joylashtirishda asosiy talablar. [1,11] talablariga rioya qilinishi kerak. Eng kam bukilish radiusga ruxsatetilgan chegarasi, (3.1-jadval). Ruhsat berilganidan ortiqcha kuch paydo bo‘lganida o‘chirilishi uchun lebyodkalar va tortuvchi vositalar tortish kuchini rostlab chegaralovchi qurilmalar bilan qurilmalanishi zarur. Tortuvchi qurilma kabelni siqib turuvchi (motorli roliklar) va bo‘rilish qurilmalari kabelning shakl o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
    Kabelni joylashtirishda 1-2% zahira bilan yotqizilishi kerak. Transheyada bino ichida va ob’ektda yalpi yuzaga yotqizilganda kabel g‘amlamasi ilon izi (zmeykoy) joylashtirishda, kabel tizimalari (kronshteynlarda) bu zahira osilish o‘qini tashkil qilish uchun qo‘llaniladi.
    Kabelning g‘amlamasi aylana (o‘ramlar) ko‘rinishida taxlashga ruhsat berilmaydi. Kabellarni ulanishi va to‘xtatgichli muftalarda, ikki tomonlama bukilishida, yo‘l bo‘rilishlarida, bevosita uch muftalarida va oxirgi nuqtalarda qattiq siqib mahkamlanishi kerak va boshqa fermalar bilan qoplamalarda, devorlarda va gorizontal yotqizilayotgan ob’ektlar bo‘yicha mahkamlanishi zarur. Zirhlangan va zirhlanmagan kabellarni bino ichida va tashqarida yotqizilganida mexanik harakatlanish mumkin bo‘lgan joylarda (avtoulovlar harakati, yuklar va mexanizmlar, mutaxassis bo‘lmaganlarga yaqinlashishi imkoni bo‘lgan erlarda) er ostida 0,3m cho‘qurlikda va pol yoki er sathidan 2 m dan kam bo‘lmagan balandlikda xavfsizlik himoya chorasi ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
    Qaysi kabelning zich berkilganligi joylashtirish jarayonida bo‘zilgan barcha kabellar uchi, uch mufta va ulanish muftalar o‘rnatilishiga qadar vaqtincha zich berkligi(yopilishi) bo‘zilgan holatda bo‘ladi.

    Kabellarning eng kam ruhsat etilgan bukilish radiusi 3.1-jadval



    Kuch kabellar tavsifi

    Tashqi diametriga nisbatan eng kam martali ruhsat etilgan kabel bukilish egri chiziq ichki radiusi

    Bo‘ktirilgan qog‘oz izolyasiyali bir tolali qo‘rg‘oshin va alyumin qobiqli zirhlangan va zirhlanmagan 35 kV gacha

    25

    Ko‘p tolali bo‘ktirilgan qog‘oz izolyasiyali zirhlangan va zirhlanmagan 35 kV gacha qo‘rg‘oshin qobiqli

    15

    alyumin qobiqli

    25

    Rezina izolyasiyali, rezinli yoki polivinilxloridli qobiqli 0,66* kV gacha:
    Zirhlangan

    15

    Zirhlanmagan

    10

    Plastmassa izolyasiyali 3 kV gacha, alyumin qobiqli, zirhlangan va zixirlanmagan

    15

    Plastmassa izolyasiyali 3 kV* gacha, plastmassali yoki po‘lat gorfrirlangan qobiqda yoki zirhlangan

    10

    Plastmassa izolyasiyali 3 kV* gacha, plasmassali qobiqda zirhlanmagan

    6

    Kabellarni devorlar orqali to‘siqlardan va ishlab chiqarish kameralarida qoplamalaridan o‘tkazishda kabel qurilmalari nometal truba bo‘laklari (tayanchsiz asbestli, plastmassali va boshqa) tayyorlangan teshiklardan temir-beton tizimlaridan yoki ochiq kamarlardan o‘tkazilishi tashkil topgan bo‘lishi kerak.


    Quvurlar bo‘laklaridagi ochiq joylar, teshik va kamarlar kabellarni joylashtirish tugatilgach bo‘tun devor qalinligi bo‘yicha yoki yonmaydigan to‘siqlar bilan, misol sement qum 1:10 hajmda, to‘proq qum bilan -1:3, to‘proq- sement va qum bilan- 1:5:1:11, perlit bilan, ko‘pirtirilgan qurilish gipsi bilan-1:2 bilan yamab suvalishi lozim. Devordan o‘tishdagi oraliqlar yamalmaydi, agar bu devorlar olovbardosh to‘siq hisoblanmasa.
    Transheyalarni qazish. Mustahkamlash qoplamalari bo‘lmagan bo‘limlarda (asfaltlangan, ko‘prikli va shunga o‘xshashlar), daraxtzorlar ekilmagan va har xil er osti ob’ekt va qurilmalar (kabellar, truba o‘tkazgichlar va boshqalar) yuqorida qayd qilingan joylarda bo‘ldozerlar va transheya ekskavatorlarini qo‘llab mexanizasiyalashtirilgan usullar bilan bajariladi (3.2 - rasm).
    hahar cheti bo‘limlarida bir donali kabellarni joylashtirish maxus kabel joylashtirish yuritmalari yordamida bajariladi, U pichoq ponasi bilan to‘proqni qirqadi va siljitadi va bu hosil bo‘lgan yoriqqa kabel yotqiziladi.
    Avtomobil va temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi joylarda ochiq (transheyani qazish) yoki yopiq (gorizontal parmalab teshish) usuli bilan kabellar yotqiziladi.
    Ob’ektlar tagidan kabellarni o‘tkazishda transheyani ochmasdan gorizontal (teshish) parmalash usulida, zichlab yoki D-4601 turli pnevmatik teshgich yordamida olib boriladi.


    Download 272.96 Kb.
      1   2   3




    Download 272.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuch kabellar haqida ma’lumotlar. Kuch kabel turlari. Kabellarni montajga tayyorlash ishlari

    Download 272.96 Kb.