Axborot tizimlarining turkumlanishi.
Reja:
-
Axborot tizimlarining turlari
-
Faktografik tizm.
-
Hujjatli tizimlar.
Тayanch so’z va iboralar: boshqaruv tizimi, boshqaruv apparati , avtomatlashtirish, ekspert tizimlari, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari, elektron pochta, telekonferentsiyalar, yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari, loyixalashtirish, tashkiliy boshqaruv, texnologik jarayonlar.
Axborot tizimini yaratish va undan foydalanish qo’yiladigan maqsadga muvofiq bo’lishi lozim. Aks holda undan foydalanish ma’noga ega bo’lmaydi. Shu ma’noda ma’lumotlar omborlarini umumiy bir turda tasnif qilish mushkul. Ba’zi tizimlar esa umuman tasnif qilinmaydi.
Bajardigan vazifasiga ko’ra axborot tizimlarining ikki turini ajratish mumkin.
Ma’lumotlar omborini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: birinchisi-foydalanuvchilar uchun biror tashkilot (o’quv muassasasi, xususiy shaxs va h.k.) yoki firma tomonidan yaratilganva umumiy bo’lgan ma’lumotlarni beruvchi tizimlar; ikkinchisi-ma’lum dastur asosida ma’lumot beruvchi ma’lumotlar omborini yaratish. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Birinchi turdagi ma’lumotlar ombori qo’yilgan masalalarga aniq javob bera olmaydi va ularga shartli ravishda axborot – ma’lumotnomali tizimlar, axborot – izlashli tizimlari va ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlarini kiritish mumkin.
Axborotni izlovchi tizimlar (ma’lumotnomalar) to’plangan yig’ish, to’yxatlash, turlarga ajratish va undan foydalanish imkonini beradi (masalan, telefon ma’lumotnomalari, hodimlar haqida ma’lumotlar va h.k.). Bunday ma’lumotlar ombori yangi bilimlar manbai vazifasini bajarishi ham mumkin.
Ma’lumotlarni tezkor
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qullanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
-
ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
-
loyixalashtirishni avtomatlashtirish;
-
tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
-
texnologik jarayonlarni boshqarish.
Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.
Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat ob'ektlari (bank, birja, suKo’rta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar). Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Savol va topshiriqlar:
-
Axborot tizimlarining qanday turlarini bilasiz?
-
Qullanish soxasiga qarab axborot tizimlarini qanday sinflarga ajratish mumkin?
3. Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish axborot tizimlari nimaga mo’ljallangan?
4. Axborotni izlovchi tizimlar qanday vazifani bajaradi?
|