|
rasm. Suv sathini pasaytiruvchi vakuumli va elektroosmotik ninafilьtrli qurilmalar sxemasi5.5 rasm. Suv sathini pasaytiruvchi vakuumli va elektroosmotik ninafilьtrli qurilmalar sxemasi
1 – vakuum nasos; 2 – ninafilьtr yordamida suv sathi tushirilgandagi depression egri chiziq; 3 –
filьtrlovchi zveno; 4 – markazdan qochma nasos;5 – po’lat quvur (anod);
6 – ninafilьtr (katod); 7 – elektr quritishdan keyingi depression egri chiziq
Filьtratsiyaga qarshi sun’iy parda va ekran hosil qilish
Kotlovan, transheya, yer osti qazilmalarini to’sish va ularda qurilish ishlari olib borilayotganda
ularga yer osti suvlari tushishini oldini olish uchun, gruntning fizik-mexanik hususiyatiga, uni xolatiga,
suvga to’yingan qatlamini quvvatiga qarab, gruntni maxkamlashni (qotirishni) quyidagi usullari mavjud:
muzlatib, qorishma-qotirgichni gruntga in’ektsiyalash, filьtratsiyaga qarshi tiksotrop ekran va parda xosil
qilish, shpuntli to’siq qurish.
Suvga kuchli to’yingan gruntlarda yer osti inshootlarini barpo etishda,chuqur qazilmalarni
qazishda
tabiiy
yoki
sun’iy muzlatish
yordamida filьtratsiyaga qarshi parda hosil qilinadi.
0,15...0,25m qalinlikdagi
filьtrga qarshi tiksotrop ekranlarni,
urib kirgizadigan, kesadigan,
titratadigan va suv-havoli mexanizmlarni qo’llab amalga oshiriladi. Uradigan mashina sifatida koprli
agregat qo’llaniladi, u gruntga bir-biriga zich holda joylashgan bir necha po’lat shpunt yoki ichi bo’sh
qoziqlarni kirgizadi. So’ng birinchi kirgizilgan element gidravlik traktor bilan tortib olib tashlanib, hosil
bo’lgan bo’shlikka tiksotrop xususiyatiga ega loyli tsement yoki loyli qorishma quyiladi.
Tiksotropsuspenziya, o’zini og’irligidan 7 barobar ko’p suvni shimadigan, suvga to’yingandan so’ng
quyuqlashish va o’zidan suvni qochirish xususiyatini egallaydigan, bentonit loydan tayyorlanadi.
Sug’urib olingan elementni keyingi cho’ktirilgan(tushirilgan) element bilan birgalikdaular
ko’ndalang kesimining enidan katta bo’lmagan masofaga cho’ktirish kerak. Bu jarayon filьtrga qarshi
parda hosil bo’lmaguncha qaytariladi. Bo’shliq hosil qiluvchi elementlarni titratgich jihozlardan
foydalanib cho’ktirish va sug’urib olish mumkin.Grunt qatlamida chuqurligi 10m gacha diametri 0,5m
quduq burg’ilanadi. Quduqdan burg’i sug’urib olinayotgan chog’da uning to’liq vali orqalibosim ostida
tsement uzatiladi va u yumshatilgan grunt bilan aralashtiraladi. Gruntda tsement-gruntli qoziqhosil
bo’ladi.So’ng qoziqni diametridankichik masofada yangi quduq bo’rg’ulanadi, unda tsement ustun barpo
etiladi. Ikki ustun orasida yana quduq burg’ilanadi, bunda qisman ikkita qushni qoziq materiallarini
egallagan holda.Natijada qator birlashgan qoziqlardan berkitilgan filьtrlashga qarshi xususiyatiga ega
devor hosil bo’ladi. Jihozlar nafaqat tik balki yotiq (15
0
har qanday yo’nalishda) qoziqlar qurish imkonini
yaratadi.
Oxirgi yillarda chet el qurilish amaliyotida dren qoziq va dren devor yordamida tik drenaj qurish
qabul qilingan. Oldin diametri 90 sm atrofida va chuqurligi 6m gacha quduq obsadnoy (o’rnatilgan)
quvurda qaziladi. Tayyor quduqqa ichiga quvur mahkamlangan armatura karkasi o’rnatiladi, quvurning
ost qismida unga suv kirishi uchun bir qator teshiklar bor. Obsadnoy quvur va ichki drenaj quvuri
oralig’iga betonquyuvchi quvur tushiriladi va keyin qoziqni betonlash quvurni vertikal ko’tarish usuli
bilan oboriladi. Qoziq asosiga filьtr beton uzatilib va bir vaqtning uzida obsadnoy quvur ko’tarila
boshlaydi. Keyin qoziq oddiy beton bilan betonlanadi.
Gruntni
|
| |