• Bajardi: Shadiyev O. Qabul qildi: Xalikov U. Navoiy-2023 Mavzu: Kabel liniyalar
  • Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi




    Download 6.74 Mb.
    bet1/5
    Sana01.10.2023
    Hajmi6.74 Mb.
    #85968
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Xavfsizlik odil2
    1-amaliy BIQ, muqova, 163-1016-3-son shartnoma, MAVZU 3 MASOFALI O\'QITISHNING DIDAKTI PRINSIPLARI, MAVZU 1 MASOFALI TA\'LIM.MASOFALI O\'QITISH TUSHUNCHALARI

    Oʻzbekiston Respublikasi
    Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi
    Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
    Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi
    27SV-20EE guruh talabasi Shadiyev Odilning
    Xavfsizlik qoidalari fanidan

    Mustaqil ish

    Bajardi: Shadiyev O.
    Qabul qildi: Xalikov U.
    Navoiy-2023
    Mavzu: Kabel liniyalar
    Reja:
    1. Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari
    2. Kabel va muftalarni inshootlarga osish va mahkamlash
    3. Kabellarni yotqizish. Kabel va muftalarni boshqa erga ko‘chirish
    4. Xulosa
    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari.
    Yer osti inshootlari va yo‘llarida joylashgan kabellarni ta’mirlash yoki kabellarni yotqizish bilan bog‘liq yer qazish ishlari, ushbu yer osti inshootlari va yo‘llarini ekspluatatsiya qiladigan javobgar korxona yoki sex rahbarining yozma ruxsati bilan ish rahbari tayinlanganida olib boriladi. Ruxsatnomada yer osti inshootlari va yo‘llarini joylashishi hamda yottan chuqurligi ko‘rsatilgan chizmasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Agar chizmada belgilanmagan kabel, quvur, yer osti inshooti va shuningdek qurol-yarog‘lar topilsa, ularni qaysi tashkilotga tegishligini aniqlamaguncha va tegishli tashkilotlardan ishni davom ettirishga ruxsatnoma olmaguncha yer qazish ishlari to‘xtatilishi zarur.












    Kabel trassasidan 5 m gacha yaqin joylarda kuch bilan uradigan mashina va mexanizmlardan, kabel tarmoqlarini qo‘riq maydonida esa yer qazish mashinalaridan foydalanish man etiladi.
    Kabel tarmoqlarini himoya zonalarida yer qazish mashinalaridan foydalanish, faqat qazish uchun ushbu tarmoqni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlarigagina ruxsat etiladi. Qazish ishlarini yer qazish mashinalari va pnevmatik mashinalar, hamda lo‘m va kirkalar yordamida, bevosita kabel ustida uni himoya qatlamigacha 0,3 m qolgunga qadar amalga oshirish mumkin. Yerni qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.
    Qish faslida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproqni isitgandan keyingina kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelgacha 15 sm ga yaqinlashtirish mumkin. O‘ra, xandaq va transheya qaziladigan joylar talabini e’tiborga olgan holda to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqda ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar, tunda esa ogohlantiruvchi yorug‘lik signali bo‘lishi kerak.
    O‘pirilish xavfi bor bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda transheyalar qazilayotganda ularning devorlari mustahkam mahkamlanishi kerak. To‘kilib ketadigan tuproqli yerlardagi ishlarni devorlarini mustahkamlamasdan, uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda bajarish shart.
    Yer osti suvlari yo‘q tabiiy nam tuproq yerlarda va yer osti inshootlari yaqin joylashgan yerlarda transheya va handaqlarni, mustahkamlanmagan tik devorlarining chuqurligini:
    - o‘yilgan, qumli va katta bo‘lakli yerlarda 1 m dan;
    - qumloq yerlarda 1,25 m dan;
    - qumoq va soz tuproqli yerlarda 1,5 m dan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi;
    Zich yopishqoq yerlarda tik devorlari transheyalarni rotorli yoki oddiy ekskavatorlarda mahkamlash uskunalarini qo‘ymasdan 3 m gacha chuqurlikda kovlashga ruxsat etiladi. Bunday hollarda transheyalarga odamlarning tushishi man etiladi. Odamlarni tushishi zarur bo‘lgan transheya qismlari tirgovichlar bilan mustahkamlanishi yoki yon tomonlari tabiiy qiyalik holida bajarilishi shart.
    Qish faslida yerni muzlagan qismida (yerni quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazilganda uni tirgovichlarsiz bajarishga ruxsat etiladi.
    Yer qazish sharoiti 11.8-bandda ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda o‘ra va xandaqlar qazishni tik devorlarini tirgovich bilan mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda boshlash zarur.
    Chuqurligi 3 m gacha bo‘lgan o‘ra va xandaqlarni namunaviy loyiha asosida maxsus mahkamlovchi yasamalar bilan mustahkamlash shart.


    Download 6.74 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 6.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi

    Download 6.74 Mb.