Г
Farg‘ona
Texnika
2006
ARIPOV N.M.,
MAMADALIEVA L.K.
.\юж
YO‘NALISHGA
K I R I SH
Oliy o’quv yurtlarining studentlari uchun darslik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O L I Y V A O‘ R T A M A X S U S
T A’ L I M V A Z I R L I G I
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ARIPOV N.M.Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
MAMADALIEVA L.K.
YO‘NALISHGA
K I R I Sh
Farg‘ona politexnika instituti ilmiy kengashi “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi”, “Elektr energetikasi” va “Kasbiy ta’lim (elektr energetikasi)” ta’lim yo‘nalishlari talabalariga darslik sifatida tavsiya etadgan
Farg‘ona - Texnika - 2006
Aripov N.M.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Mamadalieva L.K.
Yo‘nalishga kirish. “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi”, “Elektr energetikasi” va “Kasbiy ta’lim (elektr energetikasi)” ta’lim yo‘nalishlari studentlariga darslik. – F.: Texnika. – 2006. 80b
KIRISH
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi qurilmalari sanoat korxonalaridagi asosiy elektr jihozlari va qurilmalari hisoblanib, ular elektr energiyasini uzatish, parametrlarini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi, hamda asosiy iste’molchilardir. Elektr energiyasi elektr stansiyalaridagi sinxron generatorlarda ishlab chiqaradi, podstantsiyalar va uzatish liniyalari vositasida sanoat korxonalariga keltiriladi. Podstansiyalar va liniyalarda elektr texnika jihozlari qo‘llanilsa, korxonalarning sexlarida asinxron va sinxron motorlari o‘zgarmas tok motorlari, elektrotexnologik qurilmalar, elektr energiyasini texnologiya maqsadlarida ishlatishadi. Darslikda O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalar haqida ma’lumotlar, sanoatning asosiy tarmoqlarida mavjud bo‘lgan elektr mexanikasi va elektrotexnologik qurilmalar tо‘g‘risida materiallar keltirilgan. Elektr yuklamalarning hisobi sanoat podstansiyalari, elektr ta’minoti sxemalari, elektr energiyasini sifat ko‘rsatkichlari va reaktiv quvvatni kompensasiya qilish tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berilgan. Yoritish sistemasi, kran mexanizmlarining elektr qismlarini hisoblari keltirilgan.
«Yo‘nalishga kirish» darsligi «Elektr texnikasi, elektrmexanikasi va elektr texnologiyasi» yo‘nalishi uchun oliy kasbiy ta’limning Davlat ta’lim standarti talablari asosida tuzilgan bo‘lib, uning mazmuni va hajmi ushbu yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv reja va fan dasturiga mos keladi.
Tayanch so‘z va so’z bibrkmalari:
«Ta’lim tо‘g‘risida» gi Qonun, Qonunning maqsadi, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun hujjatlari; ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari; ta’lim olish huquqi, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi; Davlat ta’lim standartlari; ta’lim tizimi va turlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, dasturning maqsadi va vazifalari, dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari; birinchi bosqich: muddatlari va vazifalari; ikkinchi bosqich: muddatlari va vazifalari; uchinchi bosqich: muddatlari va vazifalari.
Kadrlar tayyorlashning Milliy modeli; Milliy modelning asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish; Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari, uzluksiz ta’lim va tizimi va turlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
Oliy ta’limni, oliy ta’limni boshqarish, oliy ta’lim haqida Nizom; Davlat standarti, yo‘nalishning malakaviy xarakteristikasi, oliy ta’limni yo‘nalishlarning namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, fanlarning namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari.
Pod‘yomnik, nasos, kombayn, neytral rejimi, ish rejimi, muxit sharoiti, ekskovatorlar, egiluvchan kabel, issıqlık elektr stansiyalari, suv elektr stansiyalari, O‘zbekiston energosistemasi, Sirdaryo GRESi, issiqlik elektr markazi.
Nyutonning birinchi qonuni, elektromagnit moment stator, yakor o‘ng qo‘l qoidasi, cho‘lg‘am elektr yurituvchi kuchi, kollektor, mexanik to‘g‘rilagich yakor toki, tokning o‘zgarishi. Transformator, magnit o‘zak, cho‘lg‘amlar, Stator, yakor, asosiy qutb o‘zagi, yarmo, qo‘zg‘otish cho‘lg‘ami, elektrotexnik po‘lat, magnit oqim, kollektor, shetkalar.
Ishchi mexanizm, ijro organi, yuritma, elektr yuritma (EYu), EYu afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari, EYu tushunchasi, elektr dvigatellar, mexanik uzatish qurilmasi, o‘zgartiruvchi qurilma, boshqarish qurilmasi, EYu vazifalari, EYu ga qo‘yiladigan talablar.
Qarshilik pechlari, induksion pechlar, yuqori chastotali va past chastotali induksion pechlar, dielektrik qurilmalar, elektroliz qurilmalari, elektr payvandlash mashinalari, yoyli payvandlash, kontakli payvandlash, pech transformatori, elektr yoy pechlari, rudnotermik pechlar.
Elektr ta’minoti tizimi, liniyalar, podstansiyalar, elektr energiyasi iste’molchilari, energosistema, issiqlik elektr markazi, kapital qo‘yilmalar, ekspluatasion sarflar. O’ta yuklanish, qisqa tutashuv, kuchlanish, pasayishi, eruvchan saqlagich, bimetall plastinka, eruvchan quyilma toki, elektromagnit uzuvchi, issiqlik uzuvchi, yarim o’tkazgichli uzuvchi, maksimal tok himoyasi, uzish vaqtining cho’zilishi, ustavka toki (ishlab ketish toki).
Mexanizmlar, stanoklar, quvvat, tok turi, kuchlanish, fazalar soni, kategoriyalari, chastota.
BIRINCHI BO’LIM
«TA’LIM TО‘G‘RISIDA» GI О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
1.1. UMUMIY QOIDALAR. TA’LIM TIZIMI VA TURLARI
«Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun 1997 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida qabul qilingan. Qonun besh bobdan va 34 ta moddadan iborat. Birinchi bobda «Umumiy qoidalar» ko‘rib chiqilgan bo‘lib, u 8 moddadan tashkil topgan. 1-moddada ushbu Qonunning maqsadi ko‘rsatilgan - ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim - tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
2-modda – «Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonun hujjatlari» da ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlardan iboratligi ko‘rsatilgan. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-moddada «Ta’lim soxasidagi davlat siyosatning asosiy prinsiplari» keltirilgan. Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti soxasida ustuvor deb e’lon qilingan. Ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi- ning yo‘nalishini: akademik litseyda va kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
4-moddada «Bilim olish huquqi» aniqlangan. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishdan teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi quyidagilar orqali ta’minlanadi: davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish; ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish; barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi; oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalariga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
«Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi» 5-moddada keltirilgan. Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6-moddada «Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi» aniqlangan. Ta’lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditasiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan maxrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.
7-moddada «Davlat ta’lim standartlari» ga ta’rif berilgan. Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. «Ta’lim berish tili» dan foydalanish tartibi 8-moddada keltirilgan. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi «Davlat tili haqida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Qonunning «Ta’lim tizimi va turlari» deb nomlangan ikkinchi bobi quyidagilardan iborat «Ta’lim tizimi» Respublikadagi 9-moddada aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta’lim soxasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
10-modda: «Ta’lim turlari» da quyidagilar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
11, 12, 13, 15, 16, 17 va 18 moddalarda Respublikadagi ta’lim turlariga ta’rif berilgan. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar); umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar).
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. Akademik lisey o‘uvchilarining intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularni chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta ta’lim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan extiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Maktabdan tashqari ta’lim - bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi extiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sanoat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.
1.2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI VA UNI RO‘YOBGA CHIQARISH BOSQICHLARI
Dasturning maqsad va vazifalari mazkur dasturning maqsadi - ta’lim soxasini tubida isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: «Ta’lim to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muxitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurish jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish va akkreditaziya qilish sifatiga baxo berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustivorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integrasiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash soxasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqariladi. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy saloxiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yeshdan maktabga qabul qilish ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan o‘quvchi o‘rinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta’minlangan holda izchil tayyorlanadi. Birinchi bosqich bajarilishning monitoringi asosida Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish yo‘nalishlariga aniqliklar kiritiladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mexnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muxit vujudga keltiriladi. Ta’lim muassasalarini moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabietlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to‘liq ishga solinadi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) - to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustaxkamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanadi. Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o‘zini o‘zi boshqarishi shakllari mustaxkamlanadi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jaxon axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinadi. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
|