Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi




Download 1.31 Mb.
bet14/69
Sana24.03.2017
Hajmi1.31 Mb.
#1163
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
1.6. OLIY TA’LIM HAQIDA NIZOM
Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari tarkibiga Davlat ta’lim standarti, malakali xarakteristika, namunaviy va ishchi oquv rejalari, shuningdek fanlarning namunaviy va ishchi oquv dasturlari kiradi.

Davlat ta’lim standarti Ta’lim tizimining faoliyati muayyan me’yoriy hujjatlar asosida boshqarib boriladi, ta’lim standarti bugungi kunda shulardan biri bolib qolmoqda. Standart tushunchasi me’yoriy, namuna, ochov ma’nolarini anglatadi. Standartlar, odatda, muayyan xususiyat va sifatga ega, jamiyat extiyojini qondira oladigan maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi kishilar va tashkilotlar munosabatlari va faoliyatini boshqarish usulini tayin etadi. Ta’limni standartlashtirishning maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standarti quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni kozda tutishi lozim:

- ta’lim berishning sifati masalalarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish va kadrlar tayyorlash, ta’limiy xizmatlarni tavsiya etish, mehnat bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;

- shaxs, davlat va jamiyat extiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim berish sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida fan va texnikani rivojlantirish;

- kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayonida muvofiqlik va uzluksizlikni ta’minlash;

- ta’limning barcha shakl va buginlarida oquv tarbiya jarayonini mukammallashtirshga komak berish;



- ta’limiy xizmat korsatishda raqobat bolishini ta’minlash;

Ta’limni standartlashning vazifalari: Ta’lim berish va kadrlar tayyorlash, tavsiya etiluvchi ta’limiy xizmat royxati va sifatiga yuqori talablar belgilash. Davlat va shaxs extiyoji uchun zarur bolgan ta’lim berish va uning oqibat natijasining muayyan talablarini ornatuvchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish, shuningdek, mazkur hujjatdan togri foydalanishni nazorat qilish. Milliy standart talablarining xalqaro mezonlar bilan uygunligini ta’minlash. Ta’lim togrisidagi milliy hujjatlarning shu turdagi hujjatlarga mos keluvini ta’minlash. Uzluksiz ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari va tarkibiy unsurlararo bogliqlik va muvofiqlik bolishiga erishish. Ta’lim berish va kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga erishuvda moddiy boyliklar, vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish. Oquv-tarbiya jarayoni va umuman, ta’lim uchun me’yor, qoida, korsatma va talablar belgilash. Standartlash boyicha xalqaro tajribalarni bevosita qollash amaliyotini kengaytirish, agar ulardagi talablar Ozbekiston Respublikasining ta’limi, fani, madaniyati, texnika va texnologiyasi uchun mos tushsa, chet el davlatlari milliy standartlari yorigidan foydalanish. Pedagogik texnologiyalar (oquv-oqituv va tarbiya metodikasi, oqitishning texnik vositalari va b.) ga muayyan talablar belgilash. Ta’lim darajasini, ta’lim olayotganlar va bitiruvchilar malakasini baxolash va nazorat qilishning me’yoriy-texnik va metodik ta’minotini yuzaga keltirish. Standartlash (uni ishlab chiqish va foydalanish) jamiyat extiyojlaridagi tarixiy ozgarishlarni hisobga olgan holda turmush amaliyotini tartibga solishdan ob’ektiv zaruriyatdir. Ta’lim standarti tushunchasi ostida mavjud shaxs va ta’lim tizimining kelajak ijtimoiy maqsadi, shakllanish talabining davlat me’yorlari va malaka darajasi sifatidagi asosiy qirralar tushuniladi. Ta’limni standartlash turli mamlakatlarda turlicha amalga oshirilgan. Lekin ta’limga nisbatan «standart» atamasidan foydalanish yaqinda yuz berdi. Bizning mamlakatimizda ta’limni standartlashga asosan 1993 yildan kirishildi, (1992 yildagi «Ta’lim togrisida» Qonun, 7-modda, Vazirlar Mahkamasining 1993 yildagi 406-Qarori) va quyidagilar ishlab chiqilib joriy etildi: Davlat ta’lim standartini yuritish qoidalari: Davlat ta’lim standartining manbai, vazifalari va tarkibi aniqlandi; ta’limning ma’lum buginlari bitiruvchilari uchun talablar va x.k. Ammo umumiy ta’lim tizimida bolgani kabi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etishda nazariy-metodik, ayniqsa, tashkiliy soxada bir qator kamchiliklarga yol qoyildi. Lekin shunga qaramay bu ishlar shubxasiz foydali va kerak bolib chiqdi. U, moxiyatan, ta’limni standartlash, Davlat ta’lim standartini ishlab va uni hozirgi bosqichda amaliyotga tadbiq etishning zaminini yuzaga keltirdi. Ta’lim tizimini tuzilishi jihatdan isloh qilish, ta’lim mazmunini tubdan qayta korishning hozirgi sharoitida Davlat ta’lim standartiga munosabat, uni ishlab chiqish va joriy etishga yangicha yondashuvni talab etadi. Standartni ishlab chiqish «Ta’lim togrisida» gi Qonunning 7-moddasi va muayyan bandlarida, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ta’limning mazmuni haqida bayon etilgan umumiy talablarga kora amalga oshiriladi. Ta’lim standarti Qonunning ma’lum qismini joriy etishni ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjatdir. U ta’limning mazmuni, ichki tuzilishi, namoyon bolish darajasiga talabni oshiradi va aniqlashtiradi, ta’lim natijalarini va umumlashtirish metod va shakllarini ko’rsatib beradi, boshqa

turdagi me’yoriy hujjatlar (oquv rejalari, oquv yurtlarini akkreditasiya qilish, kadrlarni attestasiyadan otkazish Nizomlari va b.lar) ning yuzaga keltirilishiga asos boladi. Standart vositasida ta’limning talab etilgan darajasini bir me’yorda saqlash, uni jamiyat taraqqiyoti istiqboliga kora takomillashtirish amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Davlat standartini joriy etish oquv jarayonini bir qolipda ushlab turish degan gap emas, balki, aksincha, u pedagogik ijodkorlik, mazmunda ma’lum ozakni saqlagan holda dastur turlarini tuzish, oqitishning turli-tuman texnologiyasini ishlab chiqishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ta’lim tizimining muxim korsatkichi standartdagi xalqchillikdir, chunki u, eng avvalo, davlat idoralari tomonidan, markazlashgan ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil aniqlashtiriladigan ta’lim berish mohiyatiga mos keladi. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartlari ta’lim oluvchilar va bitiruvchilar tayyorgarligining quyi va yuqori darajadagi chegarasini; maksimal oquv yuklamasi hajmini; ta’lim mazmuniga va uning yuzaga chiqishiga bolgan talablarni; ta’lim muassasalarining faoliyatini baxolash usullari, mexanizmi va tayyorlash sifatiga bolgan standart talablarni bajarmayotgan shaxslar va muassasalarga nisbatan koriladigan chora va boshqalarni aniqlab beradi. Yonalishning kvalifikasion xarakteristikasi Kvalifikasion tavsifnoma davlat me’yori hjjati bolib, kollejlar chiqaradigan kichik mutaxassislarning kasb malakasi va ularga ishlaydigan kvalifikasion talablar bayon etilgan. Kvalifikasion tavsifnoma mutaxassislar tayyorlash va ularga talablarni oldidan rejalashtirishda, kollejlarda oquv - tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, bitiruvchilarni taqsimlash, joylashtirish, kasb boyicha foydalanish darajasini va attestasiyalash natijalarini taxlil qilishda ishlaniladi. Shunga kora kvalifikasion tavsifnoma quyidagi bilimlardan iborat: Mutaxassislarning kasb vazifasi va ulardan foydalanish shart-sharoitlari; Mutaxassislarga kvalifikasion talablar (mutaxassisning faoliyatini ijtimoiy yonalishi; ob’ekt va mutaxassisning faoliyatini maqsadi; asosiy faoliyatning turlarini toplami; ma’lum soxa uchun amaliyotning asosiy muammolari); Kollej bitiruvchilarini yakuniy tayyorlov sifatini attestasiyasi;

Yakuniy tayyorlov sifati va kollej bitiruvchilarini ishlatishdagi javobgarlik.

Namunaviy va ishchi oquv rejalari, fan dasturlari; Namunaviy va ishchi oquv rejalar kasbiy ta’limning har qaysi yonalishi uchun Davlat ta’lim standarti va mutaxassisning kvalifikasion tavsifnomasiga kora tayanch ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi. Oquv rejasi quyidagi bolimlardan iborat:

1. Oquv jarayonining jadvali - bunda korsalar va semestrlar boyicha haftalik hajmlarda nazariy va amaliy mashgulotlar ishlab chiqarish amaliyoti davlat attestasiyasi va ta’tillar keltiriladi.

2. Oquv jarayonining rejasi - bunda quyidagi bloklarga bolingan fanlar korsatiladi: 1) umumta’lim fanlari; 2) maxsus fanlar, shuningdek ishlab chiqarish ta’limi, ishlab chiqarish amaliyoti davlat attestasiyasi, kurs va semestrlardagi mustaqil ishlar.

Fanlarning namunaviy dasturlari tayanch oquv yurtlari tomonidan kasbiy ta’limning Davlat standarti va namunaviy oquv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Fanning namunaviy dasturi asosan quyidagi bolimlardan tuzilgan:

1. Soz boshi

1.1. Oquv fanining maqsad va vazifalari

1.2. Fan boyicha talabalarning bilimiga, oquviga va konikmasiga qoyıladıgan talablar

1.3. Oquv rejasiga boshqa fanlar bilan aloqasi

1.4. Fanni oqitishdagi yangi texnologiyalar

1.5. Fanni oqitish semestrlari va uslubiy korsatmalar

1.6. Umumiy va oquv ishlari turlari boyicha xajm

2. Oquv materiallarining mazmuni

2.1. Fanning mazmuni

2.2. Tavsiya etiluvchi amaliy mashgulotlar

2.3. Laboratoriya mashgulotlarining mavzusi

2.4. Kurs ishlari loyixalarining mavzusi va mazmuni

2.5. Mustaqil ta’lim mazmuni

2.6. Mustaqil ish mazmuni

3. Axborot - uslubiy ta’minot

3.1. Asosiy adabiyotlar

3.2. Qo shimcha adabiyotlar

3.3. Informasion texnik vositalar



Download 1.31 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Download 1.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi

Download 1.31 Mb.