|
Pedagogning kreativ ( ijodkorlik ) sifatlari yusupbekova Mavjuda Tursunbek qizi
|
bet | 1/4 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 21,86 Kb. | | #113633 |
Bog'liq maqola2
PEDAGOGNING KREATIV ( IJODKORLIK ) SIFATLARI
Yusupbekova Mavjuda Tursunbek qizi
QDPI Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi 2-kurs talabasi
Tel: +998500031098
Annotasiya:Ushbu maqolada pedagog kadrlarni kreativlik (ijodkorlik) qobiliyatlarini, muammoli vaziyatlarni ijobiy hal qilishga bulgan tayyorgarligi tavsiflovchi qobiliyatlar, ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, o’qituvvchilarni ijodkorligini shakllantiruvchi pedagogik asoslari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Pedagogik mahurat, kasbiy mahurat, mahsuldor, evristik ijodkorlik, кreativ (ijodiy) faoliyat, kreativ sifatlar.
Abstract: This article examines the creative abilities of teachers, the abilities that describe their readiness to positively solve problem situations, create new ideas that serve to ensure the effectiveness of the educational process, as well as the pedagogical foundations that shape the creativity of teachers.
Key words: Pedagogical skills, professional skills, productive, heuristic creativity, creative (creatiоn) activity, creative qualities.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan. Xush zamonaviy pedagog qanday bo'lishi kerak? Ushbu muammo ko‘plab olimlaming, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. Hali ham bu muammo bo'yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o`qituvchidan pedagogik mahoratni, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z kasbiy bilimlarinin chuqur egallashi, yuksak tafakkurga ega bo`lishi, fikrlash doirasi keng va mulohazali boiishni talab qiladi. O'qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga о`rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olish yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zini munosib hissasini qo'shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtd uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holis bo'lish, o'quvchilar, talabar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatni muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. Kasbiy faoiiyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o'qituvchining ijodkorligida namoyon bo'ladi. Ijodkorlik - bu sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi faoliyatdir. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi.
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayѐrlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoѐn bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda ѐki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi
Kreativ - ijodkorlikda o'qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega boigan yangi nazariyalarni yaratadi, o'z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o'qituvchilargina bimga erishishi mumkin.
|
| |