Ravonlik. Ko'plab g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi ko'p degan so'zga asoslanadi. Moslashuvchanlik




Download 21,86 Kb.
bet3/4
Sana08.12.2023
Hajmi21,86 Kb.
#113633
1   2   3   4
Bog'liq
maqola2
Biznes-reja ishlab chiqish, DINSHUNOSLIK TAQDIMOT 2, Rudalarni boyitish (I.Umarova) (1), amaliy ish 6-7- Qorg\'oshin Rux-1
Ravonlik. Ko'plab g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi ko'p degan so'zga asoslanadi.
Moslashuvchanlik. Turli g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi o'zgartirish degan so'zga asoslanadi.
O'ziga xoslik. Boshqalarga o'xshamagan, ajralib turuvchi g'oyani o'ylabtopish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi.
Yaratuvchanlik. G'oyalarni kengaytirish ko'nikmasi qo'shish degan so'zga asoslanadi.
Psixologiyada P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlabchiqilgan. “Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) pedagoglar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan o'quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;
2) pedagoglarga o‘quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati muammoga mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash, har qanday muammolarni tahlil qilish qobiliyati, analitik fikrlash, ular uchun yechim topish qobiliyati, bilim olish, malaka va ta’lim berish usullarini yangi holatga o‘tkazish imkoniyati, ilgari o‘rganilgan usullarni yangilarga birlashtira olish kabi ko‘nikmalarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Kreativ fikrlaydigan o'qituvchiga qo'yiladigan zamonaviy talablar shundan iboratki, u axborotchi emas, balki o'quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtiruvchi (koordinator), boshqaruvchi (menejer), muloqot tashkilotchisi, maslahatchisi bo'lishi kerak. O'qituvchi bilimlarni o'zlashtirishning eng samarali usullarini izlashni qo'llab-quvvatlaydi va boshqaradi.
Demak, Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Pedagog qanchalik kreativ bo'lsa, o'quv auditoriyasi va ma'naviy- ma'rifiytadbirlar tashkil etiladigan imkoniyatlari, kreativlik layoqatlariga tayangan holda jihozlashga muvaffaq bo'ladi. Natijada ham talabalarning kreativ faolligi oshadi, ham mashg'ulot, tadbirning ta'sirchanligi kuchayadi.

Download 21,86 Kb.
1   2   3   4




Download 21,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ravonlik. Ko'plab g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi ko'p degan so'zga asoslanadi. Moslashuvchanlik

Download 21,86 Kb.