|
Pedagogning kreativ ( ijodkorlik ) sifatlari yusupbekova Mavjuda Tursunbek qizi
|
bet | 2/4 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 21,86 Kb. | | #113633 |
Bog'liq maqola2Kreativlik nima? Amerikalik psixolog Avraam Maslouning fikricha, bu har bir kishiga xos bo'lgan, lekin mavjud tarbiya, ta'lim va ijtimoiy amaliyot tizimi ta'sirida ko'pchilik tomonidan yo'qolgan ijodiy yo'nalishdir.
Kreativlik u qanday namoyon bo`ladi?
Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlar majmuidir.
Kreativlik – bu insonning o`ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish usulidir.
.Kreativlik – bu intellekt (aql) ning maxsulidir.
Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir.
Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.
Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma`naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir.
Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir.
Har qanday qobiliyat - shaxsga tegishli bo'lgan murakkab tushunchadir, u faoiiyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi. Demak, o'qituvchining iqtidori va qobiliyati uning mehnatini har tomonlama mukammal shakllantirib, ilmiy jihatdan ijodkorligini to'g'ri tashkil etishga ta’siri cheksiz ekanligidan dalolat beradi. Iqtidor va qobiliyat o'qituvchining mehnat faoliyatida:
• o'z kasbiga boigan munosabati asosida kasbiy ehtivojini kuchaytiradi;
• kasbiy faoliyatga chinakam qiziqish namunalarini rivojlantiradi;
• pedagogik mahorat asoslarini egallashda bir maqsad sari intiluvchanlikni shakllantiradi;
• o'z ilmiy mehnati uchun ahamiyatga ega boigan ijodkorlik sifatlari majmuasining yuzaga kelishini ta’minlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
L.S.Vigotskiyning fikriga ko'ra, "atrofimizdagi kundalik hayotda ijod mavjudlikning zaruriy shartidir" ,L.M.Popov esa ijodkorlikning boshlanishini tirik materiyaning aks ettirish qobiliyatidan ko'radi va A.S. Makarenko ijodiy ish olib boruvchi yaxshi muvofiqlashtirilgan pedagogik jamoaga alohida ahamiyat berib, bunday jamoada hatto tajribasiz o'qituvchi ham ko'p yutuqlarga erishishi mumkinligini ta'kidladi va agar o'qituvchilar yaxlit ijodiy jamoaga birlashtirilmasa, hatto tajribali va ijodkor o'qituvchi ham ishda yuqori natijalarga erisha olmasligi mumkinligini aytib o’tadi. «Kreativlik otas» nomi bilan mashhur Pol Torrans to'rtta kreativlik konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko'nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun:
|
| |