MAVZU: CHEMPION SPORTCHINING SHAXSIY SIFATLARI
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM:
CHEMPION SPORTCHINING TAKTIK HARAKATLARIDA KUZATUVCHANLIK VA DIQQATCHANLIK
CHEMPION SPORTCHINING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kurs ishining maqsadi: chempion sportchining shaxsiy sifatlari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari:
Sportchining diqqat va taktik harakatlarida kuzatuvchanlik
Sportchida taktik tayyorgarligida tafakkur xuxusiyatlari
Sportchi xarakteri va temperamenti
Sportchining shaxsiy qobiliyatlari
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.
KIRISH
Mustaqillik yillarida bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. Umid nihollari‖, Barkamol avlod‖ va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog'lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-iyundagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida‖gi PQ-3031-sonli qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15-fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4956 sonli farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug'ullanishga jalb etish, jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o’tkazish, Milliy olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federatsiyalar bilan birgalikda istedodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Yurtboshimiz ommaviy sportning inson va oila hayotidagi o’rni, uning istiqbollari aynan jismoniy va ma'naviy sog’lomlikning asosi, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o’z qobiliyat va iste‘dodini ro’yobga chiqarishda sportning ahamiyati juda katta ekanligini doimo ta‘kidlab kelgan.
Hozirgi vaqtda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash va sportni takomillashtirish uzoq yillik va ko’p bosqichli jarayondir. Zero, sportchining mashg’ulotlariga adaptatsiyasi, musobaqalarga tayyorgarlik vazifalari, sportchi mahoratining jismoniy va psixik sifatlarining dinamikligi hamda strukturasi uning psixologik statusiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Mamlakatimiz aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida sport va sportni keng miqyosda rivojlantirish va sportni bugungi istiqbollari ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarda, Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida turli musobaqalar o’tkazilishi ommalashib borayotgani ayniqsa e'tiborlidir. Ayni bir vaqtda ta'lim oldidagi eng muhim dolzarb masalalardan biri jismoniy madaniyat va sport psixologiyasi fanlarini ham jahon andozalariga javob beradigan o’quv adabiyotlari bilan boyitish va ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sport psixologiyasi‖ fani jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlash, sohaga oid ko’plab muammoli masala va vaziyatlarni to’g’ri hal etish, ilmiy tahlil qilish, sportchi o’quvchi va talabalarda ma‘naviy his-tuyg’u shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu dolzarb masalalarga chuqur ilmiy-uslubiy va metodologik nuqtai nazardan yondashishga to’g’ri keladi.
Mazkur kurs ishida chempion sportchining shaxsiy sifatlari, nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan uning musoboqalarga tayyorlanishda rivojlanish tarixi, sportchilarda milliy mafkuraviy bilim va malakalarni shakllantirish uslublari, sportchi shaxsini bilish jarayonlari, irodaviy emotsional holatlari, individual xususiyatlari, emotsional zo’riqishlari, emotsiyalarni boshqarish uslublari, sportchining imkoniyatlari, sport faoliyatining psixologik xususiyatlari kabi dolzarb mavzular haqida fikr yuritiladi. Yana shu bilan birga mazkur kurs ishida chempion sportchining shaxsiy sifat va qobiliyatlari o’z aksini topgan.
I BOB. CHEMPION SPORTCHINING TAKTIK HARAKATLARIDA KUZATUVCHANLIK VA DIQQATCHANLIK
1.1. Sportchining diqqat va taktik harakatlarida kuzatuvchanlik
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta‘rif beriladi, uni yori-tishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqat-ning obyekti bo’la oladi.
N.F.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, F.N.Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, go’yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqinlashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqatning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o’y va fikrlar to’la, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir obyektga yo’nalishining kuchayishi va ma‘lum vaqt davomida diqqat yo’naltirilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saklanishini ta‘minlaydi.
Shuni alohida ta‘kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shu-ning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta‘sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to’plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta‘minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir. Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohaza-lar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta‘riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psixik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorqin misol bo’la oladi.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va yo’nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko’plab qo’zg‘atuvchilari, ta‘sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to’g‘risidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xususiyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo’ladi. Diqqat bilish jarayonlari singari o’zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo’shqinligi, ildamligini ta‘minlaydi. Demak, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir (Ye.B.Pirogova). Berilgan ta‘rifga binoan, "ushbu yo’naltirilganlik subyektning ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan obyektlarning tanlanganligida, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan obyektlarga to’planishi, to’planganligi (konsentra-siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko’ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohazalar faoliyat yakunlangunga qadar, qo’yilgan maqsadga erishguncha ongda saqlanadi. Ana shu yo’sinda diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko’pgina psixologlar (P.Ya.Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish jarayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta‘kidlaydilar. Diqqatning.biror obyektga yo’nalishiga ko’ra sensor (perseptiv), aqliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko’p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o’lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta‘minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani muhim rol o’ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo’lishi diqqatni to’plashdagi qiyinchiliklarningoqibati bo’lib hisoblanadi.
Diqqatning obyektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma‘lumotlarning tahliliga ko’ra, diqqatning obyektga to’planishi va mustahkamlanishi ko’zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta‘minlab turiladi. Faoliyat maqsadini anglash o’z ish-harakatida kishi diqqatining yuksak darajada mujassamlanishini ta‘min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Agar diqqatning manbai ongimizdan tashqarida bo’lsa tashqi deb ataladi. Masalan, haydovchi, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasi-ni tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g‘on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo’la oladi. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir.
Sportchining sezgi bilish jarayonlari: Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma‘lumotlarning ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo’zg‘atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta‘sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuningbilan birga, inson organizmining (uninga‘zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat‘iy nazar, sezgi organlariga ta‘sir qilish mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko’rinishini, ularning xossalarini o’ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos.
Sezgilar to’g‘risidagi ilmiy ta‘limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg‘atuvchilarning sezgi a‘zolariga ta‘sir etishining mahsulidir. Ma‘lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqealikning haqqoniy tasvirini in‘ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmla-rini qo’zg‘atuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta‘siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta‘limotlariga ko’ra analizatorlar uch o’zaro uzviy uyg‘unlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilin-ganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya‘ni reseptordan;
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‘lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan;
periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatla-ri) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlari-dan (uchastkalaridan) iboratdir.
Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta‘sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taaluqlidir):
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda reseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya‘ni eksterioreseptiv sezgilar (reseptorlar);
ichki tana a‘zolari holatlarini in‘ikos etuvchi hamda resep-torlari ichki tana a‘zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya‘ni interoreseptiv sezgilar;
tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma‘lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya‘ni proprioreseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta‘m-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stini tepa burmasining qismida joylashgan bo’dadi. Teri-tuyush, harakat sezgilari miya po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir.
Endi sezgilar klassifikasiyasi, mohiyati va uning negizlari yuzasidan kenfoq mulohaza bildiramiz.
A.R.Luriyaning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub ma‘nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo’lishi yetarli darajada chuqur o’rganilmagan, xuddi shu bois ular «noma‘lum hislar» doirasiga kiritilgandir. Ular to’g‘risidagi bilimlar bilan tanishish, o’zgarib borishlarini tekshirish «kasalliklarning ichki manzarasi»ni ifodalab berishda muhim rol o’ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan).
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg‘onadi, shuning bilan birga ularning ifodalanishi o’ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular «oldindan his qilish» tariqasida paydo bo’lib, hatto inson ularni ta‘riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko’pincha ushbu kechinmalar tush ko’rishda qaysidir kasallik huruj qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o’tmaydi, xolos. Ular insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki, bola o’z tana a‘zolaridagi ichki holatlarning o’zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi belgilaridan buni sezish mumkin. Bu hodisalarning yorqin misoli sifatida quyidagi voqyelikni tahlil qilamiz: bola o’z ichki interoreseptiv sezgilarini namoyish qilish maqsadida «kasal» bo’lib qolgan qo’g‘ircho-g‘ini parvarish qila boshlaydi.
Interoreseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish balansini ta‘minlab turishning asosi hisoblanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, ular organizmlardagi jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo’ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo’riqish, effekt holatlarini yo’qotish (bartaraf qilish, pasaytirish), tug‘ilib kelayotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Oqibat natijada, ichki tana a‘zolarining faoliyatini izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Xuddi shu sababdan tibbiyot psixologiyasida interoreseptiv sezgilar ham muhim rol o’ynaydi. Somatik va visperal jarayonlar, ruhiy holatlar (psixosomatika) o’rtasidagi mu-nosabatlarni o’rganish imkonini yaratadi.
Interoseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interosepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan atroflicha o’rganilgan. Bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan.
Proprioreseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to’g‘risida signallar bilan ta‘minlab turadi. Ular inson harakatining regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar.
Periferik reseptorlar muskullarda, paylarda va bo’g‘imlarda joylashgan bo’lib, maxsus tanachalari shakliga egadirlar. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg‘atuvchilar muskullarining taranglashuvi natijasida va bo’g‘imlar holatining o’zgarishida, nerv tolalari (iplari) yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi (stolbasidagi) oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo’zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’stosti tugunlaridan o’tib, bosh miya katta yarim sharining qorong‘ilashgan zonasida o’z harakatini yakunlaydi.
Proprioreseptorlar harakatining afferent asosi ekanligi A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bernshteyn (odamlarda) tomonidan o’rganilgan.
Psixologik ma‘lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib, o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shlikda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
o’zgarish endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo’zg‘alish;
eshitish nervi;
vestibulyator nerv;
bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
miya apparatiga o’tadi.
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo’ldan o’tishi (qatnovi), qalin o’rmonni kesib o’tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, av-tomobilning yo’ldan o’tishi (qatnovi), qalin o’rmonni kesib o’tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Ekstroreseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari intermodal nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (a‘zosi) orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash-vibrasiya sezgirlik deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko’rinishi mana bunday holatda namoyon bo’ladi:
hid, ta‘m va maza sezgilarida;
o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug‘likda;
tricheminal, ya‘ni uch xil ta‘sirning uyg‘unlashgan, integrativ holatida kabilar
Sezgining nospesifik shakli - terining foto sezgirligi ranglarning nozik jilolarini ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yonda-shish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo’l uchiga yashil va qizil rangli yorug‘lik yuborish orqali dunyo yuzini ko’rgan. Rang signallarining og‘riq qo’zg‘atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib borilganda, insonni faol mo’ljallash (oriyentirlash) jarayonida uning qo’l uchi terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farklashga o’rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali yetarli darajada o’rganilgani yo’q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po’st ostining qo’zg‘alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug‘lik se-zish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko’pincha «oltinchi tuyg‘u, hissiyot» sharofat bilan inson tomonidan «masofa»ni sezish, ko’r odamlarda to’siqni his qilish ushbu jarayon uchun yorqin misol bo’la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo to’lqinlarini idrok qilish, to’siq oralig‘ida mavjud bo’lgan tovush to’lqinlarini (tebranishlarini) o’zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan negiz (asos) bo’lib xizmat qilishi mumkin.
1.2. Sportchida taktik tayyorgarligida tafakkur xuxusiyatlari
Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an‘anaviy savol mavjuddir, biroqhozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima, degan savol tug‘ilmokda. Ma‘lumki, psixologiya fani tafakkurni o’rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, mantiq, falsafa, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini anikdash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta‘rif o’z ifodasini topgan: «Tafakkur - ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqyelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlash-tirib aks ettirish jarayonidir». Ta‘rifdan ko’rinib turibdiki, tafakkur yuqorida keltirib o’tilgan ta‘riflardan bir muncha kengroq xususiyatlarni ochib berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to’la qamrab olinmagan.
V.V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta‘rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham uchraydi.
Bizningcha, tafakkur predmetini belgilash uchun to’laroq ta‘rif O.K.Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqyelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog‘liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir». O.K.Tixomirov mazkur ta‘rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta‘kidlab o’tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo’lishi ta‘rifni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta‘riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xarakteristika berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan, tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmeti jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishdir. Muallif tafakkur operasiyalari, shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g‘risidagi g‘oyani rivojlantirib, uni subyekt faolligining paydo bo’lishi deb atadi.
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivasiyasi to’g‘risida nazariy-metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur - bu oriyentirlash-tadqiqot faoliyati, oriyentirovka jarayonidir, ya‘ni oriyentirovka jarayoni, oriyentirovka faoliyati. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarini yechishda subyektning tafakkurga oriyentirovka qilish jarayonini o’rganishdan iborat deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jahatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
Analiz va sintez operasiyalari. Analiz shunday bir tafakkur operasiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini taxdil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong‘oqni chaqishining o’ziyoq boshlang‘ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshirikdar misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan. Darsda biz kimyoviy birikmalarni parchalaymiz. Ma‘ruzalarda gaplarni grammatik taxdil qilish asosida turli gap bo’laklariga, morfema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi va hokazo.
Ma‘ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operasiyasi juda muhim rol o’ynaydi. Insonga savod o’rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So’ng bu holat matnni gaplarga, gaplarni so’zlarga, so’zlarni o’z navbatida bo’g‘inlarga, fonemalar-ga, ularni esa tovushlarga bo’lish singari aqliy faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, fizika, yoinki O’zbekiston tarixi, falsafa, iqgisod, politologiya, psixologiya va boshqa fan asoslarini o’rganish muammoli topshiriqlarni, masalalarni yechish ham analiz qilishdan boshlanadi.
Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta‘rifdan ham ko’rinib turibdi. Analiz amaliy bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig‘ishtirib o’rni-o’rniga joylashtirilganda, ya‘ni sintez qilinganda motor yoki dvigatel hosil bo’ladi. Avtomashinaning kuzovni, kabinasini, motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir butun avtomashinani bunyod etish mumkin. Turli psixologik mavzularni o’rganish orqali psixologiya fani to’g‘risida yaxlit tushuncha paydo bo’ladi. Kimyoviy elementni reaksiyaga kiritish yo’li bilangina istalgan birikma hosil qilish imkoniyati tug‘iladi. Rassomlar ko’z, qosh, burun va kishining boshqa organlarini mutanosib ravishda chiziq orqali bir butun inson shaklini yasash, yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar va hokazo.
Sportchining xayol bilish jarayoni: Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri hisoblanib, u insonining ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega bo’lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning hal qilinishida ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan bo’lsa, u albatta insonning mehnati mahsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya‘ni kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go’yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning mutlaqtarkiblari bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi. Odamning har qanday izlanishli, mehnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi, kashfiyotningdastlabki obrazlari,tarkiblari aniqvoqyeliqdan uzoq bo’lishidan qat‘i nazar, taraqqiyot (rivojlanish) turtkisi vazifasini bajaradi. Odatda, xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, muhim sharti sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan ifo-dalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy izlanishli, musiqaviy, loyihaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), ijodiy faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo’lgan har qanday faoliyatning mahsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko’z o’ngiga keltirilishi shart.
Analiz va sintez operasiyalari. Analiz shunday bir tafakkur operasiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini taxdil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong‘oqni chaqishining o’ziyoq boshlang‘ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshirikdar misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan. Darsda biz kimyoviy birikmalarni parchalaymiz. Ma‘ruzalarda gaplarni grammatik taxdil qilish asosida turli gap bo’laklariga, morfema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi va hokazo.
Yuqorida aytib o’tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun yolg‘iz analizning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirilgan holda bir-biriga ta‘sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashini ekanligini anglash mumkin.
Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta‘rifdan ham ko’rinib turibdi. Analiz amaliy bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig‘ishtirib o’rni-o’rniga joylashtirilganda, ya‘ni sintez qilinganda motor yoki dvigatel hosil bo’ladi. Avtomashinaning kuzovni, kabinasini, motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir butun avtomashinani bunyod etish mumkin. Turli psixologik mavzularni o’rganish orqali psixologiya fani to’g‘risida yaxlit tushuncha paydo bo’ladi. Kimyoviy elementni reaksiyaga kiritish yo’li bilangina istalgan birikma hosil qilish imkoniyati tug‘iladi. Rassomlar ko’z, qosh, burun va kishining boshqa organlarini mutanosib ravishda chiziq orqali bir butun inson shaklini yasash, yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar va hokazo.
Talaba va o’quvchilarni analiz va sintez qilishga o’rgatishda fikrlarni muayyan obyektlarga yo’naltirish asosiy rol o’ynaydi. Bunda ular, albatta, qanday va qay yo’sinda ish bajarilishlari kerakligini bilib olishlari zarur. Masalan, o’smirlarni ona tili darslarida analiz va sintez faoliyatiga o’rgatish uchun istalgan jumlani, chunonchi «It bo’ynini burmasdan g‘alatiroq bukildi, och ko’zlari bilan menga bir qarash qildida, dumini qisib o’zini o’rmonga urdi» gapini mustaqil holda tahlil etish vazifasini qo’yish (agar sinaluvchilar bu vazifani bajarishga qiynalsalar, eksperimentatorning o’zi yordam berishi) mumkin. Ular predmet nomini anglatadigan so’zlarni alohida ko’chirib yozishlari va so’zlarning qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashlari, ot va so’z turkumlariga ta‘rif berishlari, shu so’z turkumiga xos belgilarni (predmetni bildirib, kim va nima so’roqlarga javob bo’lishini) alohida ifodalashlari kerak.
Sportchining xayol bilish jarayoni: Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri hisoblanib, u insonining ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega bo’lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning hal qilinishida ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan bo’lsa, u albatta insonning mehnati mahsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya‘ni kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go’yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning mutlaqtarkiblari bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi. Odamning har qanday izlanishli, mehnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi, kashfiyotningdastlabki obrazlari,tarkiblari aniqvoqyeliqdan uzoq bo’lishidan qat‘i nazar, taraqqiyot (rivojlanish) turtkisi vazifasini bajaradi. Odatda, xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, muhim sharti sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan ifo-dalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy izlanishli, musiqaviy, loyihaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), ijodiy faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo’lgan har qanday faoliyatning mahsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko’z o’ngiga keltirilishi shart.
Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam o’ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi qo’shimchalar kiritadi, xullas mahsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida namoyon bo’lishini xayol uzluksiz ravishda ta‘minlab turadi. Aytaylik, inson stul yasamoqchi bo’lsa, u eng avval unga oid qismlarni tayyorlaydi, shaxs xayolan uning sifatiga e‘tibor beradi, keyin ularni yaxlitlaydi, o’zaro birlashtiradi hamda buyum shaklida gavdalantiradi. Binobarin, xayol ishning har bir bosqichida bevosita ishtirok qiladi, yo’l-yo’lakay ko’rsatmalar, qo’shimchalar kiritib boradi.
II BOB. CHEMPION SPORTCHINING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Sportchi xarakteri va temperamenti
Sportchining ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to’g‘risidagi taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlana-i. Ruhiy olam kechishi, uning sur‘ati, mazmuni, shakli, qo’lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta‘sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko’rsatadilar.
Nerv tizimining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta‘limotini eslash maqsadga muvofiq, chunonchi, irsiyat yo’li bilan shartlangan tip - bu genotip demakdir. Hozirgi davrda asab tizimining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog‘liq ekanligi haqidagi ma‘lumotlar, omillar juda ko’p bo’lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni o’rganishda topilgandir. Masalan, asab tizimining kuchi, epchlligi hayvonlarni chatishtirish yo’li bilan yuzaga keltirilgan, leki barcha xususiyatlar to’g‘risida bunday dadil fikrlarni bildirish mumkin emas.
Temperament tipologiyasi, mabodo insonlar temperamentlari bo’yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o’zaro o’xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo’ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to’g‘risida materiallar to’plangan. Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig‘indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma‘lum insonlar guruhi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o’zaro bog‘likligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o’zaro bog‘liqligi turlicha aks etishi mumkin.
Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko’rinishiga qarab o’lchash mumkin. Shaxsning shiddatlilik (tezlik, impulsivlik) darajasini ikkita harakatdan bittasini tanlanmaydigan harakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo’sinda temperamentning bir nechta xususiyatlari o’lchansa, u holda uning bir xususiyati qancha ko’p miqdorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko’p yoki, aksincha oz aks etishi kuzatiladi.
Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari nafaqat uning munosabatlariga aloqador, balki insonning irodaviy, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarining individual xususiyatlariga ham bog‘likdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan tirishqoklik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga: a) diqqatningto’planishiga (markazlashuviga), b) harakatlarninganiq-ligi, maqsadga yo’nalganligi, v) irodaviy zo’r berishga, g) usullar mahsuldorligiga, d) aklning tiyrakligiga bog‘liq. Xarakterning akliy, hissiy, irodaviy xislatlariga ajratishni harakat usullaridan hamda xilmaxil ruhiy jarayonlarning ustuvorlik qiluvchi ta‘siridan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkin.
Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga undovchi omil sifatida maydonga chiqishi mumkin. Ma‘lumki, xarakterning aksariyat xislatlari shaxsning xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgilovchi turtki va faol mayllar bo’lib hisoblanadi. Odatda, shaxslar o’zaro o’xshash sharoitlarda bir xil motivlar va munosabatlarga asoslanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib harakat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyilliklar negizida xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta‘siri tufayli inson tabiiy sharoitga zid, maqsadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi.
Shaxs ba‘zida o’z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiklashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o’z yutuklarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo’l urishida davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho’chiydilar, o’ta ehtiyotkor bo’ladilar, qiyinchilikdan yuz o’giradi, yengil ishga qo’l urishni lozim topadilar.
Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o’ziga xos harakat usullarini tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo’r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo’riqish) vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o’ziga xos harakat usuli favquloddagi sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o’z xislatiga nomuvofiq, bir xil yo’sindagi usullaridan foydalanishga qaraganda ko’p kuch-quvvat, qat‘iylik, ishchanlik namoyish qilinishni ma‘qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari tabiiy (obyektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o’ziga xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharoit, vaziyat talablariga muvofiq tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko’rsatadi, butun kuchquvvatini jamlab harakat qilishga imkon tug‘iladi.
Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo’sinda intilishiga, ba‘zida sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda yorqin ro’yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to’g‘rilik shaxsni noxush kechinmalarga olib kelishiga qaramay, uni davralarda haqiqatni tik aytishga undaydi, sobitqadamlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
2.2. Sportchining shaxsiy qobiliyatlari
Qobiliyatlar to’g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo’yicha ayrim ma‘lumotlar kel-tirish maqsadga muvofiq: a) qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlari ekanligi; b) mazkur xususiyatlarga bilim, ko’nikma, malaka orttirish bog‘liq; v) ushbu xususiyatlarning o’zi bilim, ko’nikma va malakalarga taallukli emasdir. Yuqoridagi voqyeliklarning tahlilidan kelib chiqilganida, tovarga berilgan baho, tanlovlardagi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ishtirok etishga asoslanib, shaxslarning qobiliyatlari yuzasidan qat‘iy qarorga kelinishi mumkin edi. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, oliy ta‘lim jarayonida o’zlashtirish ko’rsatkichi bo’yicha «o’rtamiyona» talaba keyinchalik ijobiy tomonga o’zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda o’zini ko’rsatishi mumkin. Ta‘lim va ijtimoiy turmushda uquvsiz, «yaroqsiz» deb baholangan insonlar keyinchalik biron-bir sohaning yetakchi mutaxassisi sifatida elga tanilishi, yuqori lavozim egallashi, tadbirkor shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko’p uchraydi. Shuning uchun bilim, ko’nikma va malakalarni egallash (o’zlashtirish) jarayonida qobiliyatlar namoyon bo’lsada, lekin ular bilim, ko’nikma, malakalarga bevosita taallukli emasdir. Xuddi shu boisdan, ular bir-biri bilan o’zaro munosabat va nisbatan nuqgai nazardan tahlil qilinganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobili-yatlar bilan ko’nikmalar mohiyat, mazmun, ma‘no jihatidan birbiridan tafovut qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, bilim ko’nikma, malaka mashkdanish tufayli egallaniladigan aniq voqyelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxsning ruhiy olamidagi hali ro’yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masalan, talabaning o’qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamolot uchun imkoniyattarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, obyektiv va subyektiv muhit, salomatligi va boshqalar), shaxsning qobiliyatlari kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallash uchun imkoniyat tariqasida namoyon bo’ladi. Kasbiy bilim va ko’nikmalar egallandimi yoki yo’qmi, imkoniyat ro’yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi - bularning barchasi ko’pgina omillarga va sharoitlarga bog‘liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamoasi a‘zolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim hamda ko’nikmalarni egallashga manfaatdorligi, o’qish, o’rgatishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisbatan mas‘uliyat his qilish kabilarning barchasi - imkoniyatning ro’yobga chiqarish, uning voqyelikka aylantirishning kafolatidir. Psixologiyaning metodologik asosining ko’rsatishicha, qobiliyatlar - imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo’lib, u yoki bu faoliyatidagi zaruriy mahorat darajasi haqiqat hisoblanadi. Insonda namoyon bo’layotgan tasviriy san‘at qobiliyati uning rassom sifatida shakllanishiga kafolat bera olmaydi. Rassomlikni egallashi uchun maxsus ta‘lim berilishi, tabiatga o’zgacha munosabati, idrok qilish xayoloti, shaxsiy fazilati, salomatligi, matolar, mo’yqalamlar, bo’yoqlar, moslama asboblar va boshqalar muhayyo bo’lishi lozim. Ta‘kidlab o’tilgan vositalar, shart-sharoitlarsiz tasviriy san‘at qobiliyatlari taraqqiy etmay turiboq, ilk ko’rinishidayoq so’na borishi mumkin. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot pallasida bunday hodisalar son-sanoqsiz bo’lib o’tganligi hech kimga sir emas, albatta.
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo’lmish bilim, ko’nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e‘tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro’yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko’rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm solishga hali o’rganmagan bo’lsa, mabodo u tasviriy faoliyatning malakalarini uddalay olmasa, uning tasviriy san‘atga nisbatan qobiliyatlari yuzasidan mulohaza yuritishga o’rin ham yo’q. Bularning barchasi bo’lg‘usi rassomning ish uslubi, usullari, rangga munosabatlarini qanchalik tez va oson o’zlashtirishida hamda borlikdagi go’zallikni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi. Talabada kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar tizimi, ularning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, tashxis qilmasdan turib, shoshilinch tarzda unda qobiliyatlar yo’q degan xulosa chiqarish oliy maktab o’qituvchisining qo’pol psixologik nuqsoni hisoblanadi. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo’lgan juda ko’p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yo’nalishi asoschisi) va boshqalar o’qishida genial olim bo’lib voyaga yetishishi dalolatnomasi yo’q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi. Faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyat-ni aniqdash uchun ba‘zi bir omillarni taxdil qilish maqsadga muvofiq; a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa - psixologik sifatlar, ya‘ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin bunday xususiyatli shaxs ko’nikma va malakalarni egallay olmaydi degan ma‘no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho’zilib ketadi, xolos.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyatlariga, xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan bir qatorga qo’yish, ularni ayniylashtirish ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta‘kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba‘zi biri yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularni ta‘sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xusu-siyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘iladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birinchidan, maqsadga turlicha yo’llar orqali erishishga imkon beruvchi «o’zgaruvchan miqdor» to’plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi shaxsning individual psixologik xislatlari (fazilatlari) murakkab majmuasi ko’rinishida gavdalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o’qituvchilar jamoasi tomonidan yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deb baholangan IV kurs sardori Sardorda mana bunday psixologik xususiyatlar majmuasini ko’rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, talabchanlik, mehribonlik, e‘tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshlarini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdardlik, jozibadorlik, hamkorlik, samimiylik, hissiy yaqinlik kabilar. Mahkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilar qobiliyati bilan qiyoslanganda ko’lami keng, mohiyati chuqur bo’lish bilan birga, balki o’zining sifati bilan ham ajralib turadi. Xuddi shu fakultetning III bosqich sardorii Temur ham tashkilotchi, uddaburon shaxs, lekin faoliyatni amalga oshirish, o’zgalarga ta‘sir ko’rsatish mutlaqo boshqa omillarga asoslanadi. Shuning uchun tashkilotchilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini (turkumini) tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga nisbatan shafqatsizlik, jamoa a‘zolariga tazyiq o’tkazishlik, uddaburonlik, amalparastlik, maqtanchoqlik va boshqalar.
Sportchining qobiliyatida mavjud bo’lgan o’rnini bosish (kompensator)lik imkoniyati eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o’qitish orqali ro’yobga chiqadi. Hayotda ko’r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi ko’p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo’qligi ham kasbiy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin xalaqit bermasligi mumkin. Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordami bilan o’stirish, ya‘ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng qo’lamdagi imko-niyatlarni ochadi. Ushbu voqyelikni tasdiklovchi qator misollarning o’zida silliq duradgor mohir tikuvchi bo’lishi; yirik fan allomasi yirik san‘atkor, yetuk sportchi ekanligi uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o’z o’rnini topa oladilar hamda yuksak yutuklarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin.
Imkoniyat bilan bab-baravar kuch quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o’zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo’lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o’rinlidir.
XULOSA
Prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tiborlari sportchilarimizga hech kimdan kam bo’lmagan sharoitlarning yaratib berilishi ularning jahonda yetakchi bo’lgan davlatlarning sportchilari bilan tengma teng hatto ulardan ancha ildamlab ketishini yaqqol misol qilib ko’rsatishimiz mumkin bo’ladi.
Sportchining hayot yoʼlida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissiy irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan fazilatlar, sogʼlom fikr, ustuvor hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish jarayonlariga taʼsir qilib, umumiy hamkorlik tizimida oʼz izini qoldiradi. Javobgarlik hissi shaxs maʼnaviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon boʼlishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining koʼtaruvchisi funktsiyasini bajaradi.
Sporchi hissiyotlari, agar irodasiga qaratilgan maqsadga mos kelmasa, u holda hissiyotlar irodaga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bunday hollarda hissiyotlarning salbiy taʼsiri irodani tormozlashtiradi. Koʼpincha qatʼiyatsizlik, beqarorlik va irodani ojizligi shunday hissiyotlar taʼsiri ostida voqe boʼladi. Baʼzan iroda kuchini ishga solib ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni quvvatlovchi hissiyotlarni cheklashga, ularni kuchsizlantirishga yoki batamom yoʼqotib yuborishga toʼgʼri keladi. Yuqorida aytib oʼtilganidek, mana shunday hollarda iroda kuchining alohida sifatlari boʼlgan vazminlik va oʼzini tuta bilish sifatlari koʼrinadi.
Xususan, Ye.V.Eydman oʼpkada nafasni ushlab turish mashqidan foydalangan xolda sabr-toqatlilik sifatining yosh bilan bogʼliq hususiyatlarini ochib bera olmaydi. Balkim bu tadqiqot olib borilgan tekshiriluvchilarning kamsonliligi bilan bogʼliqdir. Bu vaqtda bu bilan birga shu narsa aniq boʼldiki, kichik sinf oʼquvchilarida hissiy irodaviy zoʼr berish tashqi stimulyatsiya bilan bogʼliq boʼlsa, yuqori sinf oʼquvchilarida esa bunda ichki qiziqish bilan kechar ekan. Masalan, oʼzini yengish, xayoliy musobaqa. Sport psixologiyasida irodaning oʼrganilishida asosan, hissiy irodaviy sifatlar va hissiy irodaviy zoʼr berishlikka eʼtibor qaratiladi.
Xususan, Ye.V.Eydman oʼpkada nafasni ushlab turish mashqidan foydalangan xolda sabr-toqatlilik sifatining yosh bilan bogʼliq hususiyatlarini ochib bera olmaydi. Balkim bu tadqiqot olib borilgan tekshiriluvchilarning kamsonliligi bilan bogʼliqdir. Bu vaqtda bu bilan birga shu narsa aniq boʼldiki, kichik sinf oʼquvchilarida hissiy irodaviy zoʼr berish tashqi stimulyatsiya bilan bogʼliq boʼlsa, yuqori sinf oʼquvchilarida esa bunda ichki qiziqish bilan kechar ekan. Masalan, oʼzini yengish, xayoliy musobaqa.
Hissiyot faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilma va oʼz-oʼzini boshqarish sifatida eng avvalo oʼziga, oʼz hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil sporchilarda har xil darajada ifodalanishi hammaga maʼlumdir. Oddiy ong oʼzining namoyon boʼlishi tezligiga qarab farqlanadigan, bir qutbda irodaning kuchi, boshqa birida esa kuchsizligini ifodalaydigan irodaning individual xususiyatlarining spektrini qayd qiladi. Kuchli irodaga ega boʼlgan sportchi qoʼyilgan maqsadlarga erishish yoʼlida uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chogʼda qatʼiylik, mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi hissiy irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi. Irodasi sust sportchilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, qatʼiyatlik, sabr matonat koʼrsatmaydilar, xulqatvor va faoliyatning ancha yuksak, maʼnaviy jihatdan oqlangan motivlari uchun oʼzlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik maylni yoʼqota olmaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Анастази А., Урбина С. Психологическое тестирование. – СПб., 2001.
2. Вяткин Б.А. Спорт и развитие индивидуалности человека. Теория и практика физкултуры, 1993, №,2.
3. Вяткин Б.А. Интегралная индивидуалност человека в спорте: познание, проявление, развитие. Перм, 1999.
4. Вяткин Б.А. Рол темперамента в спортивной деятелности. М.: ФиС, 1978.
5. Генов Ф. Психологические особенности мобилизационной готовности спортсмена. М.,1971
6. Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi: Jismoniy tarbiya instituti talabalari uchun darslik.Tarj. M. Omon; – T.: ―Mehridaryo‖, 2011.
7. Гогунов Е.Н., Мартянов Б.И. Психология физического воспитания и спорта: Учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб, заведений. – М.: Издателский сентр «Академия», 2000.
8. Головаха Е.И. Жизненная перспектива и сенностные ориентации личности // Психология личности в трудах отечественных психологов / Сост. и общая редаксия Л.В. Куликова. – СПб.: Питер, 2001. С. 256-269.
9. Гончаров В.Д. Человек в мире спорта. – М., Физкулътура,1978
10. Зобов А.С. Особенности волевой регулясии поведения в эмосиогенных условиях (на примере школников старшего возроста): Автореф. Дис. … канд. Наук. Л.,1983.
11. G’aybulloyev, A. A. (2021). Sportchilarda hissiy-irodaviy sifatlar shakllanishining psixologik mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali, 92-96.
12. Abdurozikovna, S. D. (2014). Social intelligence: general defining moment. Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (3-4), 154-155.
|