|
Mavzu: Chempion sportchining shaxsiy sifatlari
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 32,92 Kb. | | #244742 |
Bog'liq KURS ISHI
Mavzu: Chempion sportchining shaxsiy sifatlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Yuqori toifali sportchi shaxsining o'ziga xos jihatlari
Sportchi shaxs faoliyatiga asab tizimi va
temperamentning ta'siri
Yuqori malakali sportchilarga xos xarakterologik xususiyatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mustaqillik yillarida bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. Umid nihollari‖, Barkamol avlod‖ va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog'lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-iyundagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida‖gi PQ-3031-sonli qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15-fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4956 sonli farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug'ullanishga jalb etish, jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o’tkazish, Milliy olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federatsiyalar bilan birgalikda istedodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi. Yurtboshimiz ommaviy sportning inson va oila hayotidagi o’rni, uning istiqbollari aynan jismoniy va ma'naviy sog’lomlikning asosi, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o’z qobiliyat va iste‘dodini ro’yobga chiqarishda sportning ahamiyati juda katta ekanligini doimo ta‘kidlab kelgan. Hozirgi vaqtda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash va sportni takomillashtirish uzoq yillik va ko’p bosqichli jarayondir. Zero, sportchining mashg’ulotlariga adaptatsiyasi, musobaqalarga tayyorgarlik vazifalari, sportchi mahoratining jismoniy va psixik sifatlarining dinamikligi hamda strukturasi uning psixologik statusiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Mamlakatimiz aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida sport va sportni keng miqyosda rivojlantirish va sportni bugungi istiqbollari ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarda, Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida turli musobaqalar o’tkazilishi ommalashib borayotgani ayniqsa e'tiborlidir. Ayni bir vaqtda ta'lim oldidagi eng muhim dolzarb masalalardan biri jismoniy madaniyat va sport psixologiyasi fanlarini ham jahon andozalariga javob beradigan o’quv adabiyotlari bilan boyitish va ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sport psixologiyasi‖ fani jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlash, sohaga oid ko’plab muammoli masala va vaziyatlarni to’g’ri hal etish, ilmiy tahlil qilish, sportchi o’quvchi va talabalarda ma‘naviy his-tuyg’u shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu dolzarb masalalarga chuqur ilmiy-uslubiy va metodologik nuqtai nazardan yondashishga to’g’ri keladi. Mazkur kurs ishida chempion sportchining shaxsiy sifatlari, nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan uning musoboqalarga tayyorlanishda rivojlanish tarixi, sportchilarda milliy mafkuraviy bilim va malakalarni shakllantirish uslublari, sportchi shaxsini bilish jarayonlari, irodaviy emotsional holatlari, individual xususiyatlari, emotsional zo’riqishlari, emotsiyalarni boshqarish uslublari, sportchining imkoniyatlari, sport faoliyatining psixologik xususiyatlari kabi dolzarb mavzular haqida fikr yuritiladi. Yana shu bilan birga mazkur kurs ishida chempion sportchining shaxsiy sifat va qobiliyatlari o’z aksini topgan.
2.1. Shaxsning o'ziga xos tomonlaridan biri, bu uning individualligi, ya'ni, faqat ungagina xos bo'lgan va hech kimda takrorlanmaydigan xususiyatlar yig'indisidir. Shaxsning individual xususiyatlarining tuzilishini tushunish va hisobga olish sport amaliyotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Sportchi shaxsining individual xususiyatlarini chuqur bilish va tushunish orqaligina uning barcha imkoniyatlarini yanada rivojlanishini ta'minlash va ulardan samarali foydalanish mumkin. Tadqiqotchi psixologlarning chempion va Olimpiada o'yinlari sovrindorlari bo'lgan sportchilarning individual xususiyatlarini o'rganish borasidagi tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ularning shaxsiyati uchun eng umumiy va muhim bo'lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat: yuqori darajadagi psixik - emotsional barqarorlik, xarakter mustahkamligi, o'ziga ishonch, onglilik, o'z-o'zini nazorat qila bilish, murakkab vaziyatlarni mustaqil baholay bilishi, qat'iyat va matonat, tashabbuskorlik va harakatlardagi jasorat, yetakchilik, tavakkalga moyillik, novatorlik, kashfiyotga o'chlik, samimiy muloqot qilish. Bir qator tadqiqotlarda yutuqlar motivatsiyasi bilan sportchining shaxsiy xususiyati bo'lgan vahimalilik o'rtasidagi mllayyan aloqadorlikning mavjudligi aniqlangan. Yahimalilik - bu individning n'zi tllshgan vaziyatdagi jismoniy yoki ljtimoiy xavfni o'ta bo'rttirib tasavvur qilishi va uning natijasida o'zida salbiy psixik - emotsional holatlarni (qo'rquv, hadiksirash, xavotirlanish va hokazolar) keltirib chiqarishga moyilligidir. Shaxsga xos bo'lgan bu xususiyat, ayniqsa musobaqa oldidan sportchilarda xayajonlanishning ortib ketishiga sabab bo'ladi. Biroq, bu sportchi mutlaqo xavotirlanishdan holi bo'lishi kerak, degani emas. Yahima reaksiyasini organizmning mas'uliyatli va tarang vaziyatga tabiiy moslashllv jarayoni sifatida baholash lozim. Ma'illm daraja va me'yorida bo'lsa ushbu reaktsiya ijobiy hisoblanadi. Faqat haddan tashqari vahimalilik sportchi faoliyatining yomonlashuviga sabab bo'lishi mumkin. Shu sababli yuqori vahimalilikka moyil sportchilarning psixik holatidagi o'zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib borish o'ta mllhimdir. Yahimalilikning 2 ta turilli farqlashadi: ulardan birinchisi muayyan tashqi vaziyatlar bilan bog'liq bo'lgan vaziyatIi vahimalilik bo'lsa, ikkinchisi shaxsning o'ziga hos bo'lgan stabil - barqaror (tug'ma) vahimalilik xususiyatidir. Vahimalilik ekstremal vaziyat arafasida yoki yuz berishidan ancha ilgari oldinda turgan xavf - xatarni "Men sezib turibman – bugun yutqazaman!" tarzida bashorat qilish tufayli paydo bo'lishi mumkin. Bunday vahimani fan tilida antitsipir (oldindan paydo) vohima deb ataladi (A.Y.Rodionov, A. L. Popov). Vahimali holat samarali faoliyatga intilish sur'atiga (motiv kuchiga) bog'liq bo'ladi. Motiv qanchalik kuchli bo'lsa, sportchidagi vahima hissi ham shunchalik yuqori bo'ladi. Shu sababli ham eng mashhur sportchilar odatda vahimalilik hissiga moyil bo'ladilar. Yuqori malakali sportchilarning shaxsiyatidagi o'ziga xos xususiyatlarni o'rganish shuni ko'rsatdiki, sportchilarning yuqori natijalarga erishishlarida ular xarakteriga xos bo'lgan quyidagi sifatlar o'ta muhim ahamiyat kasb etadi, xususan: onglilik, maqsad sari intilish, o'z - o'zini boshqara olish, halollik, mehnatsevarlik, matonatlilik, oriyatlilik, jamoa oldidagi mas'uliyatni his etish. Ayni shu sifatlari tufayli ham sportchilar uzoq vaqt davom etadigan mashqlardagi qiyinchiliklarga bardosh beradilar va eng yuqori darajadagi musobaqalarda o'z vatanining sport sha'nini himoya qilib, olamshumul g'alabalarni qo'lga kiritadilar.
2.2. Sportchilarning faoliyatiga asab tizimi va temperamentning o'ziga xos xususiyatlari juda katta ta'sir ko'rsatadi. I.P.Pavlovning ta'limotiga ko'ra, temperamentning fiziologik asosi - oliy asab faoliyatining muayyan turi hisoblanadi. U asab tizimining qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarini kuchi, muvozanatliligi va xarakatchanliligi orasidagi har xil mutanosibligi bilan xarakterlanadi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi asab hujayralarining ishchanligi, ularning kuchli va uzoq muddatga cho'ziladigan qo'zg'atuvchilarga nisbatan chidamliligini ifodalaydi. Asab jarayonlarining muvozanatliligi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining o'zaro muvozanati - ya'ni balansini ifodalaydi. Asab tizimi qo'zg'alish jarayonining kuchi tormozlanish jarayonining kuchiga teng bo'lgandagina muvozanat holatida bo'ladi. Ulardan birining kuchi oshib ketganda esa asab tizimida muvozanatsizlik yuzaga keladi. Asab jarayonlarining harakatchanligi asab hujayralarining qo'zg'alish holatidan tormozlanish holatiga tez o'tishi bilan bog'liq, aks holat esa inertlik hisoblanadi. Temperamentning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: senzitivlik, reaktivlik, aktivlik (faollik), reaksiya sur'ati, plastiklik-rigidlik, ekstraversiya-intraversiya (V.S.Merlin). Senzitivlik u yoki bu psixik reaktsiyani keltirib chiqaruvchi qo'zg'atuvchining eng kam kuchi bilan ifodalanadi. Senzitiv kishilar sezgilar qo'zg'atuvchining minimal intensivligini his etadi, chunki ularning sezuvchanligi juda yuqori bo'ladi. Reaktivlik - emotsional javobning kuchi bilan belgilanadi. Reaktiv odam - bu o'ta ta'sirchan bo'lib, u har qanday tashqi va ichki ta'sirlarga emotsional tarzda o'z munosabatini bildiradi. Aktivlik (faollik), ushbu xususiyat kishining shijoati va g'ayratida namoyon bo'lib, bu xususiyatga ega bo'lgan kishilar o'z maqsadlari yo'lidagi barcha to'siqlarni juda katta qat'iyat bilan yengib o'tadilar, o'zlarining maqsadlari yo'lidagi matonat va qat'iyatlilikni namoyon etadilar. Reaksiya sur'ati kishidagi bilish, emotsional, irodaviy, shuningdek nutqiy hamda xatti-harakat reaksiyalari kabi psixik jarayonlarning kechish tezligini anglatadi. Plastiklik-rigidlik. Plastiklik insonning tevarak-atrofida o'zgarayotgan hayotiy shart-sharoitlarga, faoliyat turiga, atrof-muhitga yengil va qiyinchiliklarsiz moslashuvchanligini anglatsa, rigidlik uning bu borada mo'rtligini, ya'ni atrofidagi barcha o'zgarishlarga tez moslasha olmasligini, xatti-harakatlarining bir qolipga tushib qolganligini ifodalaydi. Ekstraversiya-intraversiya. Ushbu xususiyatlar insonning ko'proq tashqi muhitga murojaat qilishi (ekstroversiya) yoki o'zining ichki timsollar olami, tuyg'u va o'ylari (introversiya)ga murojaat qilishini anglatadi. Kishilarning ruhiyatidagi ana shu ikki yo'nalishdan qaysi biri ustun ekanligi ularning reaksiyasini, faoliyatini, ularning kirishimli ekanligini yoki odamoviligini belgilab beradi. Taniqli psixolog olimlarning kO'plab ilmiy tadqiqotlarida aksariyat yuqori malakali sportchilar kuchli asab tizimi tipiga va uning turli ko'rinishlariga mansub ekanliklari ko'rsatilgan. Ularga asab jarayonlarining muvozanatlashganligi xosdir. Asab tizimining mazkur asosiy tipologik xususiyatlari sportchilarning bir qator psixik sifatlarini belgilab beradi va bu sifatlar sportchilarning "katta sportda" ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishlarida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Ular orasida ayniqsa: intellektual va emotsional- irodaviy jarayonlarning yengil va tez paydo bo'lishi, ularning o'zgaruvchanligi va barqarorligi; o'zlariga to'siq bo'layotgan omillarga qarshi kurasha olishi; xatti-harakatlarining faolligi va muvofiqligi; jismoniy yuklamalarga chidashi, ishchanligini tiklay olish qobiliyati va hokazolardir (B.AVyatkin, A.P.Kashin, A.Y.Rodionov, B.N.Smirnov va boshqalar). Ushbu ma'lumotlar sportchilar erishgan yuqori natijalaridan kelib chiqib, ular asab tizimining mazkur xususiyatlarini sport faoliyatiga nisbatan bo'lgan barcha qobiliyatlarining asosi sifatida baholash mumkinligidan dalolat beradi. Biroq, sportchi faqat kuchga va asab jarayonlarining muvozanatlilik va harakatchanligiga ega bo'lsa, u sportda eng yuqori natijalarni qo'lga kiritaveradi, deb o'ylash ham to'g'ri emas. Chunki, bir qator tadqiqotlarda sport faoliyati talablariga tipologik xususiyatlarining kompensatsiyalanishi va temperamentning moslashishi imkoniyati ko'rsatilgan (V.P.Merlin, V.N.Shadrin, B.I.Yakubchik va boshqalar). Yuqori toifali sportchilar orasida ham kuchsiz, muvozanatsiz, inert asab tizimiga ega bo'lganlari uchrab turadi. Ular haddan tashqari jizzaki va psixik jihatdan beqarordirlar. Biroq, temperament va asab tizimining bunday xususiyatlari ularning sportda ulkan yutuqlarni qo'iga kiritishlariga halal bermaydi. Bunga ko'p jihatdan ularda individual faoliyat uslubining shakllanganligi yordam beradi.
2.3. Rossiyalik taniqli psixolog R.M.Zagaynov Olimpiada chempionlari bo'lgan - S.Bubka, y'Saneyev (yengil atletika), jahon chempionlari A. Karpov, G.Kasparov, N.Gaprindashvili, M.Chcbu rdanidze (shaxmat), A. Fadeyeva, Y. Petrenko, YeVodorezova (figurali uchish), N.Deryugina, A.Anpilogova (sport o'yinlari) va boshqa ko'plab sportchilarning shaxsiy psixologi sifatida faoliyat yuritgan davridagi o'z amaliy tajribalaridan kelib chiqib, ularning tarjimai holini o'rganib, shuni ta'kidlaydiki, bu oliy maqom toifa vakillari go'yo asosiy sportchilar guruhining yuqori qismida joylashgandek taassurot qoldiradilar, agar ularni tavsiflashda odatiy sifatlash<,lan foydalanilsa (mardlik, jasorat, o'z kayfiyatini boshqara olish va hokazolar), ular uchun mazkur sifatlar soni yetishmas ekan. Ularning xatti-harakatlari, reaksiyasi, o'z - o'zini boshqarishi (ayniqsa inqiroz holatlarida) shu qadar o'ziga xos va individualki, ularni ta'riflash uchun maxsus, nostandart individual shaxsiy tavsifnomalarni qidirib topish lozim bo'ladi. Bunday darajadagi sportchilar shaxsini tavsiflash uchun R.M.Zagaynov quyidagi asosiy, eng muhim (super) sifatlarni belgilaydi: "yengilmaslik", "irodalilik" (hamma narsaga qodir irodaviy kuch-qudrat .- muallif-Z.Gapparov), "konsentratsiya", "motivatsiya-ustanovka", "professionallik", "sirlilik ", "irimchilik", "qarshilik ko'rsata olish ", "barqarorlik". Tilga olingan ushbu eng muhim sifatlar orasida "yengilmaslik" va "irodalilik" chempionsportchilar shaxsining yetakchi fazilati sifatida alohida ajralib turadi. “Yengilmaslik" -shaxsiy fazilat sifatida, sportchilarning o'z oldiga sportdan tashqari hayotida ham eng maksimal – yuqori vazifalarni qo'yib yashashlarini ifodalaydi. Shuni e'tirof etish lozimki, odatda ular hamisha ana shu intilishlariga muvaffaqiyatli tarzda erisha oladilar. "Yengilmaslik" kabi shaxsiy fazilat bo'lg'usi chempion-sportchilarda, ular ilk bor rasmiy musobaqalarda ishtirok etib, doimo birdek g'alabalarni qo'lga kirita bosh lagan chog'laridayoq shakllanadi. Tajriba guruhi a'zolarining tarjimai hollarini o'rganish shuni ko'rsatdiki, ulaming aksariyati lahon chempioni yoki Olimpiada o'yinlarining chempioni unvoniga to'g'ridan - to'g'ri (ketma-ket va faqat g'alaba qozonish bilan) erishganlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, zamonaviy professional sport - faoliyat turi sifatida katta g'alabalarni qo'iga kiritish uchun mutlaqo mag'lub bo'lmaslikni taqozo etadi. Chunki mag'lubiyat sportchi shaxsiyatidagi o'z sha'niga hurmat, imkoniyatlariga ishonch kabi eng muhim fazilatlarga qaqshatqich zarba berib, ularni barbod etadi. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, chempion-sportchining yoshlik davridayoq shakllanadigan yengilmaslik tuyg'usi sportchining shaxsiy fazilati sifatida uning tashqi "qiyofasida" (imidjida) ham o'z ifodasini topadi. Binobarin bu, uning asosiy raqiblariga kuchli psixologik ta'sir ko'rsatadi. Chempion sportchilarning shaxsiy ma'iumotiarini o'rganish, ularning sportdagi dastlabki va keyingi qadamlarini tadqiq etish, shuningdek har birining shaxsiyatidagi alohida jihatlarni o'rganish, yengilmaslik fazilati to'g'ridan -to'g'ri ulardagi motivatsiya doirasiga bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Chempion sportchi motivatsiyasining o'ziga xosligi shundaki, u "mutloq motivatsiyalangan" bo'ladi va bu sportchi hali juda yoshligida, sportga kirib kelmasdan avval shakllangan bo'lib (tcngdosh bolalar bilan turli o'yinlar o'ynaganda ham, doimo g'olib bo'lishga intilish, o'z izzat nafsini yuqori qo'yish, sha'nini yerga uruvchi har qanday xatti-harakatlarga yoki tanqidlarga keskin munosabat bildirish, boshqalarga o'zining yetakchi ekanligini singdirish) ehtimol uning irsiy, ongostiga singdirilgan. Va "g'alaba" hissi motiv sifatida chempion sportchilar uchun bir umrga o'zgarmas bo'lib qoladi. (R.M.Zagaynov). Tajriba guruhi a'zolarining shaxsiy ma'lumotnomalaridan: Garri Kasparov (15 yil davomida mutloqjahon chempioni bo'lib turgan): "Karpov bilan bo'ladigan har bir hal qiluvchi jangdan oldin men xudodan, har bir g'alabam uchun mening umrimdan bir yilini olib tashlashni o'tinib so'rardim. O'shanda g'alaba qozonish men uchun hayotimdan ham muhimroq edi" (l988-yil). Anatoliy Karpov (11 yil davomida mutloq jahon chempioni bo'lgan): "mening instinktlarim. mening ongostim darajasida mag'lubiyat va o'lim o'z tabiatiga ko'ra bir-biriga juda yaqindir. G'alaba esa aksincha, xayotga shu qadar yaqindir. Men uchun g'alaba bo'lmasa, hayotning qiymati yo'q. lahon chempioni unvonini yo'qotish men uchun qanchalar qimmatga tushganini yolg'iz o'zim bilaman. Holbuki, bu noto'g'ri holat bo'lib, buni men endi angladim. Bu aslida betob falsafa, ammo menga o'xshaganlarning taqdiri ayni shunday" (1992 -yil). Xo'sh, boshqa sportchilarning motivlaridagi o'ziga xos alohida jihatlari nimalardan iborat? Sportchilarning asosiy qismida motivatsiya mexanizmi ongli soha darajasida amal qilib, deyarli doimo o'zini keltirib chiqaruvchi, optimallashtiruvchi qo'zg'atuvchiga ehtiyoj sezadi. Bu yerda har bir shaxsning o'ziga xos tanlangan va bir necha bor sinab ko'rilgan yo'li mavjud. Bular - o'z Vataniga muhabbat, jamoasiga sadoqat va hokazolardan tortib raqibga, uning malakasiga nisbatan nafratgacha, yoki o'z faoliyatining ommaviyligi belgilaridan ilhomlanish (sahna tomoshabinlar, tclevideniye) dan tortib, to moddiy extiyojlargacha qamrab oladi. O'ta yuqori iste'dodli (motivlashgan) chcmpion sportchilar o'z tayyorgarligining ayni shu jihatida boshqalardan ancha yuqori turadilar (zero ular o'zlaridagi shunday imkoniyat bilan boshqalarni yenga oladilar) ularning ayni shu fazilatlari bunday sportchilarga o'zlarini ham (o'z - o'zlari bilan kurashda yoki charchoqlarini yengishda) so'ngra raqiblarni ham yengishga yordam beradi. R.M.Zagaynovning ta'kidlashicha, chempion sportchi irodasining alohida ajralib turuvchi xususiyati, uning irodasi shaxsning faoliyatda ishtirok etuvchi barcha psixologik tizimlari bilan "bog'lanish kanallariga" ega ekanligidadir, ya'ni: shaxsning ma'naviy jihatdan quvvatini ta'minlovchi (oziqlantiruvchi), ichki dunyosi bilan; tafakkuri bilan, bunda iroda aql - idrokka "rahbarlik qiladi", ya'ni faoliyat manfaatlaridan kelib chiqib, eng muhim qarorni qabul qilishga "undaydi"; motivatsiya bilan, bunda iroda motivatsiyani yoki uni optimallashtirish vositasini izlashni boshqaradi. Psixofiziologik holat bilan, bunda faqat iroda kuchigina o'ta kuchli charchoqni yengib o'tishi, deyarli mavjud bo'lmagan zaxira kuchlarini topadi va hokazo. Maxsus so'rovnomalardan birida sobiq SSSR terma jamoasining hamda Tbilisining" Dinamo" jamoasining kapitani, xizmat ko'rsatgan sport ustasi Aleksandr Chivadze shunday javob qaytargan edi: "O'yin kunlarida menga nimadir yetishmasa, odatda menga ba'zan tetiklik yetishmaydi, men uni o'z irodam bilan ta'minlayman" (1984 -yil). Chempion sportchilar yana bir jihatlari bilan boshqa oddiy sportchilarommasidan, shujumladan yuqori malakali sportchilardan ham ajralib turadilar. Chempion sportchi hatto kasal bo'lganda ham, jarohat olganda ham, psixologik ko'makka muhtoj bo'lgan sharoitlarda ham startoldi inqiroz vaziyatlarini bartaraf eta oladi va startga optimal jangovarlik holatida chiqishga erishadi. Kontsentratsiya (diqqatnijamlash) - shaxsning xususiyati sifatida uzoq vaqt (ideal holda esa doimiy tarzda) hayotiy faoliyatning barcha jabhalariga, ayniqsa o'zining asosiy faoliyatini takomillashtirish muammolariga asosiy e'tiborni qarata bilishni anglatadi. Shaxsning ayni shu fazilati boshqa fazilatlarga nisbatan, ayniqsa champion sportchilarga xosdir; chempion sportchilar xuddi mana shu jihati bilangina bir-birlarigajuda-juda o'xshaydilar, deb ta'kidlaydi tadqiqot muallifi. Binobarin, bu juda jiddiy va muhim masaladir. Diqqatni jamlashni shaxsning irodasi hisobiga ta'minlangan vaqtinchalik holat, diqqatni jamlash qobiliyati deb ko'rmasdan, uni sutkasiga 24 soat davomida jamlashni ta'minlaydigan, mustahkam shakllangan shaxsiy ko' nikma tarzida tushunmoq darkor. Bu borada dUl1yoga mashhur futbolchi Pelening o'ziga berilgan: "Nima uchun "Santos" jamoasida o'ynaydiganlarning barchasi kuniga 5-6 soat mashq qilishadi-yu, siz bor-yo'g'i 1,5 soat mashq qilasiz?" deban savolga - "Chunki men qolgan 22,5 soatda ham faqat futbol haqida o'ylayman", - deb bergan javobi o'ta ibratlidir. Ya'ni, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, uning butun diqqat e'tibori jamlangan bir sharoitda unga 1,5 soatlik mashg'ulotning o'zi yetarli bo'lgan. Kishi o'z hayotida doimiy ravishda fikri hamda diqqat-e'tiborini jamlab yurishini balandlikka sakrash bo'yicha jahon chempioni Tamara Bikova ramziy tarzda shunday izohlaydi: "Men hamisha irodaviy korsetdaman"(l988 y.). SSSRda xizmat ko'rsatgan murabbiy, uzoq yillar suzish bo'yicha SSSR terma jamoasining bosh murabbiysi bo'lib ishlagan Sergey Voysexovskiy shunday degan: "Yuz foizli diqqatni jamlash (uning kuchli o'chog'i miya qobig'ida) inson organizmining barcha tizimlarini: harakat tizimlarini ham, emotsional tizimlarini ham, shuningdek, o'z-o'zini tartibga solish tizimlarini ham o'z tasarrufiga bo'ysundirib oladi. Shaxsning bunday holati (diqqatning mutloq jamlangan holati) unga eng zarur holatni va eng zarur tarzda faoliyat yuritish imkoniyatini yaratib beradi. Ko'pgina murabbiylar noto'g'ri yo'ldan boradilar. Ya'ni ular shaxsning diqqat-e'tiborini og'ir yuklamalar bilan, qiyin ishlar bilan bir joyga jamlamoqchi bo'ladilar. Chunki ular shaxsda diqqatni qanday shakllantirish va tarbiyalash mumkinligini bilmaydilar. Natijada ular sportchilarni holdan toyguncha ishlatadilar" (1990 y.). Sportchining diqqatini jamlashi bevosita uning motivatsiyasi bilan bog'liq. Ustanovka - motivatsiya. Ushbu tushunchani shaxsning o'z faoliyati va hayoti davornida faqat muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan maqsadlari tarzida tushunmoq lozim. Motivatsiya muammosi aksariyat sportchilar uchun eng dolzarb asaladir, ammo yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, champion sportchilar bu borada o'zlariga to'qdirlar. Profossionallik. Professionallik chempionlarning o'zlari tanlagan mutaxassislik bo'yicha nafaqat egallagan malaka va ko'nikmalarini ifodalaydi, balki chernpion bo'lish uchun kerak bo'ladigan ko'plab bilimlarga egaligini ham ifodalaydi. Ushbu jihatlar ayniqsa ularning aniq raqib bilan jangga kirishishdan oldin unga qanday tayyorgarlik ko'rishi borasida yanada yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan ular o'z raqiblari to'g'risida har tornonlama ma'lurnot yig'adilar, ularni tahlil qiladilar, ushbu tahlillar asosida raqibning taktik va psixologik jihatdan tutadigan yo'Uarini, turnir yoki o'yin davomidagi strategiyasini oldindan bashorat qila biladilar. Bundan tashqari ular o'yin, jang, shaxmat partiyalari orasida qanday qilib o'z vaqtida o'zlarini psixo-fiziologik qayta tiklashni ham biladilar. Shuningdek, qulay startoldi holatini yaratishni, uzoq vaqt davomida optimal darajadagi musobaqalashuv holatini qanday saqlab qolishni va yana ko'plab o'z sohalariga oid sirlarni biladilar. Sirlilik("niqoblanish ''). Chern pion sportchini hamma taniganligi, hamma uni o'rganishga intilishi sababli, u vaqt o'tishi bilan o'ziga xos tashqi obrazga, qiyofaga ega bo'lib boradi, sababi bu qiyofa uning boshqalar uchun olisroq, bir pog'ona balandroqda turishi, hamma qatori bo'lmasligi uchun xizrnat qilib, uni o'ziga tanish bo'lrnagan har xiI kishilarning turli kutilmagan va u qadar zaruriyati bo'lmagan muloqotlaridan, uning hayotiga, faoliyatiga, ayniqsa mas'uliyatli musobaqalar sharoitida huda-behuda aralashuvlaridan saqlaydi. Agar sportchi "ochiq ko'ngil" odamlar toifasidan bo'lsa, odamlardan o'zini olib qochishni istamasa, u "niqoblanish" usulini qo'llashga majbur bo'ladi, ya'ni u biroz sun'iyroq tarzda hayot kechirishga, xuddi artistlar kabi "obraz"da yashashga majbur bo'ladi. Bunday sportchi hamisha, hamma joyda, o'z xatti-harakatlarini o'zi kuchli nazorat qilishi, har bir so'zini o'ylab gapirishi kerak bo'ladi. "Irimchilik" - ushbu xususiyat sportchining o'z atrofidagi tashqi hayotda va o'zga kishilarning (unga halaqit beradigan) xatti-harakatlariga nisbatan o'zini tezkor va kutilmagan qororlar chiqarishdan xalos qilish maqsadida am alga oshiradigan reaksiyalari hamda harakatlarining o'ziga xos dasturidan iboratdir. Bu holat uning asosiy (yetakchi) faoliyatidagi vazifalarni bajarishida o'z diqqat - e'tiborini jamlash imkoniyatini beradi. Sportchi turli ikkilanishlardan so’ng, ya'ni bir necha irimsirimlarni o'zgartirib, ulardan mexanik tarzda foydalanib, o'z tumorlarini, musobaqalashuv kuni kun tartibi, ovqatlanish tartibi va hokazolarni o'zgartirib o'z shaxsiyatini rivojlantirishda yangi sifat o'zgarishiga yuz tutadi va mutloqo irimchiga aylanadi. Chempion sportchi o'z hayotidagi barcha narsani "kun chiqishidan, to kun botguncha" bo'lib o'tadigan har bir narsani irimlashtiradi. Uning hayoti quyidagicha ko'rinishdan iborat bo'ladi: ibodat qilish, jismoniy tarbiya, ovqatlanish, har kuni 2-3 marotaba zo'r berib mashq qilish, shaxsiy kundalikni to'ldirish va uyqu oldidan ibodat. Sportchi bunday hayotni o'zi uchunjuda samarali deb o'ylaydi, (uning shaxsiyati kamol topganligi ham shunda) chunki u sportchini, uning shaxsiyatini (shu jumladan asab tizimini ham) begonalarning kutilmaganda uning hayotiga aralashishlaridan saqlaydi. "Qarshilik ko'rsatish" - bu shaxsni turli buzilishlardan himoya qiluvchi o'ta mustahkam shaxsiy fazilatdir. Sportda shaxsni buzuvchi omiIIar sifatida quyidagilarni ta'kidlab o'tish mumkin: keskin raqobat, parda ortidagijanglar, hakamlarning nohaqligi, raqiblarning, muxlislarning, matbuotning va boshqalarning dushmanlarcha munosabati. Ilk bor ushbu shaxsiy fazilatni A.Karpov izohlab bergan -"Qarama-qarshilikka qarshi ichki kuchingiz bo'lmasa, - degan edi u - katta shaxmatda sizning yo'lingiz faqat bir joyga olib boradi, u ham bo'lsa - jinnixona". Bunday shaxsiy fazilatga ega bo'lmagan sportchi o'sha olimpiada janglarining so'nggi kuniga borib, albatta betob bo'ladi (shamollaydi, harorati ko'tariladi, jarohat oladi va hokazo). Unda asab tizimlarining buzilishi va hokazolar yuz beradi. Bunday sharoitda o'z faoliyatini barqaror ushlab turishga qodir sportchichempionlar o'zlarining yuqorida tilga olingan shaxsiy fazilatlari evazigagina oqibatda g'alabaga erishganlar. Demak, champion sportchilarning fazilatlaridan eng muhimlari bu - qarshilik ko'rsata bilish fazilatidir (R. M. Zagaynov). "Barqarorlik"- chempion sportchilar garchi o'zlarining xususiy jihatlariga ko'ra juda ko'p farqlarga ega bo'lsalar-da, bir jihatdan bir-birlariga juda o'xshaydilar. Bu jihat ularning asosiy faoliyatlarida barqaror ekanliklaridir. Ushbu barqarorlik avvalo ularning musobaqalashuv faoliyatida belgilangan darajadan hech qachon tushib ketmasliklarida, jangovor sifatlarini va texnik-taktik mahoratlarini ko'rsata bilishlarida namoyon bo'ladi. Shuningdek, champion sportchilar o'zlarining xarakterlariga oid va xatti-harakatlariga oid ko'rsatkichlarda ham barqarordirlar. Ushbu barqarorlikning asosi esa ularning o'zlarini-o'zlari nihoyatda qattiqqo'llik bilan nazorat qila olishlaridadir. Ularning tashqi "obrazi"ning o'ta kuchli jozibasi ham ayni mana shundadir, bu jozibali obraz - qiyofa ortida yashiringan nihoyatda ulkan qudrat, o'ziga ishonch, ko'pchilik tomonidan afsungarlik, magnetizm, gipnotizm deb ataladigan g'ayrat va shijoatni osongina uqib olish mumkin. Yuqori toifali aksariyat murabbiylar "barqarorlik"ni shaxsiy fazilat sifatida faqatgina bir yo'l bilan yillab davom etadigan izchil mashg'"ulotlar orqaligina tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydilar. Bunday og'ir zahmatga esa kamdan kam sportchilar bardosh bera oladilar.
XULOSA
Prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tiborlari sportchilarimizga hech kimdan kam bo’lmagan sharoitlarning yaratib berilishi ularning jahonda yetakchi bo’lgan davlatlarning sportchilari bilan tengma teng hatto ulardan ancha ildamlab ketishini yaqqol misol qilib ko’rsatishimiz mumkin bo’ladi. Sportchining hayot yoʼlida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissiy irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan fazilatlar, sogʼlom fikr, ustuvor hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish jarayonlariga taʼsir qilib, umumiy hamkorlik tizimida oʼz izini qoldiradi. Javobgarlik hissi shaxs maʼnaviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon boʼlishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining koʼtaruvchisi funktsiyasini bajaradi. Sporchi hissiyotlari, agar irodasiga qaratilgan maqsadga mos kelmasa, u holda hissiyotlar irodaga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bunday hollarda hissiyotlarning salbiy taʼsiri irodani tormozlashtiradi. Koʼpincha qatʼiyatsizlik, beqarorlik va irodani ojizligi shunday hissiyotlar taʼsiri ostida voqe boʼladi. Baʼzan iroda kuchini ishga solib ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni quvvatlovchi hissiyotlarni cheklashga, ularni kuchsizlantirishga yoki batamom yoʼqotib yuborishga toʼgʼri keladi. Yuqorida aytib oʼtilganidek, mana shunday hollarda iroda kuchining alohida sifatlari boʼlgan vazminlik va oʼzini tuta bilish sifatlari koʼrinadi. Xususan, Ye.V.Eydman oʼpkada nafasni ushlab turish mashqidan foydalangan xolda sabr-toqatlilik sifatining yosh bilan bogʼliq hususiyatlarini ochib bera olmaydi. Balkim bu tadqiqot olib borilgan tekshiriluvchilarning kamsonliligi bilan bogʼliqdir. Bu vaqtda bu bilan birga shu narsa aniq boʼldiki, kichik sinf oʼquvchilarida hissiy irodaviy zoʼr berish tashqi stimulyatsiya bilan bogʼliq boʼlsa, yuqori sinf oʼquvchilarida esa bunda ichki qiziqish bilan kechar ekan. Masalan, oʼzini yengish, xayoliy musobaqa. Sport psixologiyasida irodaning oʼrganilishida asosan, hissiy irodaviy sifatlar va hissiy irodaviy zoʼr berishlikka eʼtibor qaratiladi.
Xususan, Ye.V.Eydman oʼpkada nafasni ushlab turish mashqidan foydalangan xolda sabr-toqatlilik sifatining yosh bilan bogʼliq hususiyatlarini ochib bera olmaydi. Balkim bu tadqiqot olib borilgan tekshiriluvchilarning kamsonliligi bilan bogʼliqdir. Bu vaqtda bu bilan birga shu narsa aniq boʼldiki, kichik sinf oʼquvchilarida hissiy irodaviy zoʼr berish tashqi stimulyatsiya bilan bogʼliq boʼlsa, yuqori sinf oʼquvchilarida esa bunda ichki qiziqish bilan kechar ekan. Masalan, oʼzini yengish, xayoliy musobaqa.
Hissiyot faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilma va oʼz-oʼzini boshqarish sifatida eng avvalo oʼziga, oʼz hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil sporchilarda har xil darajada ifodalanishi hammaga maʼlumdir. Oddiy ong oʼzining namoyon boʼlishi tezligiga qarab farqlanadigan, bir qutbda irodaning kuchi, boshqa birida esa kuchsizligini ifodalaydigan irodaning individual xususiyatlarining spektrini qayd qiladi. Kuchli irodaga ega boʼlgan sportchi qoʼyilgan maqsadlarga erishish yoʼlida uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chogʼda qatʼiylik, mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi hissiy irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi. Irodasi sust sportchilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, qatʼiyatlik, sabr matonat koʼrsatmaydilar, xulqatvor va faoliyatning ancha yuksak, maʼnaviy jihatdan oqlangan motivlari uchun oʼzlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik maylni yoʼqota olmaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Анастази А., Урбина С. Психологическое тестирование. – СПб., 2001.
2. Вяткин Б.А. Спорт и развитие индивидуалности человека. Теория и практика физкултуры, 1993, №,2.
3. Вяткин Б.А. Интегралная индивидуалност человека в спорте: познание, проявление, развитие. Перм, 1999.
4. Вяткин Б.А. Рол темперамента в спортивной деятелности. М.: ФиС, 1978.
5. Генов Ф. Психологические особенности мобилизационной готовности спортсмена. М.,1971
6. Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi: Jismoniy tarbiya instituti talabalari uchun darslik.Tarj. M. Omon; – T.: ―Mehridaryo‖, 2011.
7. Гогунов Е.Н., Мартянов Б.И. Психология физического воспитания и спорта: Учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб, заведений. – М.: Издателский сентр «Академия», 2000.
8. Головаха Е.И. Жизненная перспектива и сенностные ориентации личности // Психология личности в трудах отечественных психологов / Сост. и общая редаксия Л.В. Куликова. – СПб.: Питер, 2001. С. 256-269.
9. Гончаров В.Д. Человек в мире спорта. – М., Физкулътура,1978
10. Зобов А.С. Особенности волевой регулясии поведения в эмосиогенных условиях (на примере школников старшего возроста): Автореф. Дис. … канд. Наук. Л.,1983.
11. G’aybulloyev, A. A. (2021). Sportchilarda hissiy-irodaviy sifatlar shakllanishining psixologik mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali, 92-96.
12. Abdurozikovna, S. D. (2014). Social intelligence: general defining moment. Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (3-4), 154-155.
|
| |