|
Buxoro Davlat Universiteti Fizika matematika fakulteti
|
bet | 1/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #125329 |
Bog'liq Xamidova Feruza 20-mavzu Fizika matematika fakulteti Xamidova Feruzaning Taqdimot ishi
Rivojlangan xorijiy maktablarda ta’lim tizimi
1.Yaponiya ta’lim tizimi
2.Yaponiyada bolalikdan tarbiya berish usullari
3.Germaniya va Aqsh ta’lim tizimi
Insoniyat jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarda o‘z aksini topmoqda. Bunday o‘zgarishlar shak- shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib toptirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Biz foydalanadigan ta’lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o‘rgatishi zarur. Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerak. Misol tariqasida rivojlangan davlatlardan biri bo’lgan Yaponiya ta’lim tizimini ko’rib chiqamiz. Yaponiya - juda tez rivojlanayotgan davlat bo‘lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog‘liqdir.
Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan
Yaponiyada juda qadimdan xalqning aqliy imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash siyosati eng muhim o‘rin tutadi
Hozirgi davrda Yaponiya ilmiy tadqiqotlarga ketgan sarmoya miqdori bo‘yicha dunyoda 2- o‘rinda turadi
Yaponiyalik Masaru Ibuku bolalarning rivojlanishida qo’llaniladigan innovatsion metodlar ishlab chiqqan bo’lib, u o’zining “3 yoshdan keyin kech” asarida ham yuqoridagi fikrlarni ta’kidlab o’tgan. Masaruning ta’kidlashicha inson miyasining 80 foizi 3 yoshgacha shakllanib bo’ladi, biroq ta’limda 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ta’lim dasturlari deyarli mavjud emas Yaponiya o‘z oldiga 2 vazifani:
1-boyish,
2-g‘arb texnologiyalarini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘ydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini angladi
|
| |